O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 4.35 Mb.
bet71/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

ingl.: data



rus.: данные



1. Rasmiylashtirilgan, ya’ni uzatish, izohlash va qayta ishlash uchun mos shaklda taqdim etilgan axborot.
2. Kompyuterda qayta ishlanishi jarayonida aylanayotgan hujjatlashtirilgan axborot.

drayver

ingl.: driver



rus.: драйвер

Boshqaruvchi dastur. Odatda, bu bajarilayotgan dasturning ma’lum moslama bilan o‘zaro ishlashini ta’minlovchi va undan qulay foydalanishga yordam beruvchi amaliy tizimning dasturidir.Masalan,klaviatura,displey, sichqoncha,printer va shular kabi drayverlar mavjud. Drayver dasturlarning moslamaga qaratilgan buyruqlarini qabul qilib, ularni moslamani boshqarish buyruqlariga aylantiradi, shuningdek u xizmat ko‘rsatilayotgan moslamadan uzilishlarni qayta ishlaydi. Bunda drayver moslamaning tuzilishidagi xususiyatlar va vaqtning voqeiy ko‘lamidagi ishlash xususiyatlarini hisobga oladi. Moslama mumkin bo‘lgan moslamalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, bunday moslama drayveri odatda amaliy tizim tarkibiga kiradi. Moslamalar drayverlari kompyuter yoqilganda avtomatik tarzda yuklanib, undan keyin foydalanuvchi uchun ko‘rinmas tarzda bajariladi.

ekran



ingl.: screen



rus.: экран



Axborot aks ettirilayotgan yuza. Ekran display va monitorning asosiy qismidir. Oddiy ekranning kengligi bilan balandligiga nisbati 4:3 ga teng, kengyo‘l-yo‘lli ekran esa 16:9 nisbatga ega bo‘ladi. Ish prinsipiga ko‘ra ekranlar faol va sust turga bo‘linadi. Faol ekran unda yuz berayotgan fizik jarayonlar evaziga yoritiladi, masalan, lyuminessensiya evaziga. Sust ekran tashqi yorug‘lik manbalarining nurlarini aks ettirish hisobiga ishlaydi (masalan, proyeksion ekran, matodan yoki plastmassadan yasalgan oq tekis yuza). Foydalanuvchi yoki operator foydalanadigan axborot ekranga chiqariladi. Shu bilan birga, sezgir qurilmalar bilan uyg‘unlashgan ekranlar yaratilgan bo‘lib, ularda qo‘l barmoqlarini tekkizish yo‘li bilan kompyuterga axborot kiriladi.

ekran ajrata olishi



ingl.: display resolution



rus.: разрешение экрана



Ekranda aks ettirish mumkin bo‘lgan eng ko‘p piksellar soni. U gorizontal bo‘yicha piksellar sonini vertikal bo‘yicha piksellar soniga ko‘paytmasiga teng, masalan, 1024x768. Gorizontal ajrata olishni vertikal ajrata olishga nisbati, odatda 4:3 ni tashkil qiladi, bu oddiy televizorning ekranidagi nisbatga mos keladi.

ekran dasturi



ingl.: screen program



rus.: экранная программа



Ekranda aks ettirilgan qurilma harakatlarini uning ishiga taqlid natijasi sifatida ko‘rsatadigan amaliy dastur. Ekran dasturi qator vazifalar bajarilishini juda sodda va ko‘rgazmali namoyish qiladi. Masalan, dastur kalkulatorning klaviaturasini kompyuter ekranida aks ettiradi. Bu kursorni tugmachaga keltirib sichqonchaning tugmasini «bosish», kompyuterning klaviaturasining o‘sha tugmachasini barmoq bilan bosish o‘rniga EDI o‘tadi. Shu usulda yaratilgan taqvim-xotira ekranda varaqlanayotgan sahifalarni vaqt va sana bilan birga aks ettiriladi. Dastur – soat ham juda ko‘rgazmali tarzda taqdim qilingan.

elektr aloqasi




Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling