On-line o‘quv-seminar
Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida chet tilini o‘qitish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish maqsadida videokonferensiya asosida o‘quv-seminar o‘tkazildi. O‘quv-seminarda hududlardagi videokonferensiya studiyalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va malaka oshirish institutlari, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining chet tili bo‘yicha metodistlar, trenerlar va ilg‘or o‘qituvchilar hamda boshqa tegishli mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. 7.4-rasm.
Asosiy adabiyotlar
Evans V., Dooley J., Wright S. Information Technology. Express Publishing
Gromov Yu.Yu. Informatsionnыe texnologii. Tambov 2015
Zaxarova I.G. Informatsionnыe texnologii v obrazovanii. Moskva ACADEM'A 2003
David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Examinations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.
Stelle Cottrell, Neil Morris Study Skills Connected. Buyuk Britaniya/Palgrave Macmillan
3-Amaliy mashg’ulot: Kompyuter lingafon sinflarida amaliy ishlash.
Mashg’ulotning maqsadi: Lingafon xonasi - audiovizual usulda o'quvchilarga og'zaki nutq qobiliyatlari, ona tili so'zlashuvi, mutaxassislik bo'yicha kasbiy mahorat va boshqalarni o'rgatish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishga imkon beruvchi kompleks video, audio va multimediya uskunalari bilan jihozlangan maxsus auditoriya.
Lingafon so’zi lotincha linqua — til va yunoncha phone — tovush, nutq so’zlaridan olingan. Zamonaviy o'quv jarayonida lingofon xonalaridan foydalanish doirasi kengayib bormoqda. Zamonaviy lingofon xonalarini ishlatish bugungi kunda juda oson bo’lib ulardan foydalanish o'qituvchilar va talabalardan qo'shimcha bilimlar talab qilmaydi. 8.1-rasm.
Lingafon xonalari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
Web-kamera va eshitish vositasi bo'lgan o’qituvchi kompyuteri
Ovozli ma'lumotlarni yozish va saqlash uchun server
MP3 pleer yoki DVD pleer
Eshitish vositasi (yoki kompyuter) bilan tinglovchining ovozli paneli
Kommutatsiya tizimi
Maxsus dasturiy ta'minot to'plami
Tizimning asosiy funksiya va vazifalari:
• Tinglovchilar bilan mashg’ulotlar o’tkazish
8.2-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |