O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti


Download 237.5 Kb.
bet11/13
Sana03.11.2023
Hajmi237.5 Kb.
#1745049
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
biology 2 tarix sillabus

2. Akademik va etik talablar:
nazorat topshiriqlarini bajarishda ko‘chirmakashlikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaydi.
test, o‘quv loyihalari, mustaqil ishlar, oraliq, joriy, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa shaxslardan ko‘chirib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa talabalarning o‘rniga imtihon topshirish ta’qiqlanadi.
kurs bo‘yicha har qanday nazorat topshirig‘ini soxtalashtirgan talaba “fanni o‘zlashtirmagan” (“F”) hisoblanadi.
mashg‘ulotlar paytida mobil aloqa va boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
mashg‘ulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish mumkin emas.
boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda bo‘lish talab etiladi.
3. Oraliq, joriy va yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari asosida talabalarga fan bo‘yicha kreditlar beriladi. Fandan belgilangan hajmdagi o‘quv yutuqlarini qo‘lga kiritmagan talabalarga kredit berilmaydi.
4. Semestr davomida bir fanga ajratilgan auditoriya soatidan 25% va undan ortiq soatini sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda akademik qarzdor deb hisoblanadi. Semestr davomida bir fanga ajratilgan auditoriya soatidan 25% va undan ortiq soatini sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda akademik qarzdor deb hisoblanadi.
5. Nazorat turlaridan saralash ballarini yig‘a olmagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi va qarzdor deb hisoblanadi.

  1. Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.

  2. Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr oliy ta’lim muassasasi tomonidan odatda ta’til vaqtida pulli asosda tashkil etiladi.

  3. Talabalarni kursdan-kursga o‘tkazishda GPA (Grade Point Average-dastur bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘satkichi) 2,8 ball qilib belgilanadi. GPA ko‘rsatkichi ushbu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 4-bandida ko‘rsatilgan formula yordamida hisoblanadi.



Download 237.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling