O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti «umumiy psixologiyа»


Download 1 Mb.
bet59/158
Sana31.01.2024
Hajmi1 Mb.
#1829490
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158
Bog'liq
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-fayllar.org

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla­rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o‘zidir. Bu jarayonda nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi. So‘zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo‘linadi. Tashqi nutq – yozma va og‘zaki nutqqa, og‘zaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bo‘linadi. Monolog – bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o‘qituvchining bayoni, o‘quvchining to‘laroq javobi, ma’ruza va boshqalardir. Mono­logik nutq ma’lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e’tibor berishi kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda o‘qituvchilar o‘quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasidagi nutq-dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko‘p jihatdan undan oldingi fikrga bog‘liq bo‘ladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo‘lgan ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo‘lmasligi mumkin: Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya’ni odatlanib qolingan so‘z birikmasi ko‘p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon bo‘ladi. Biz so‘zni chala-yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og‘zaki nutq aktlaridan ilgariroq, xususan ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq bo‘lgan og‘zaki nutqdan ilgariroq sodir bo‘lishi mum­kin. Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo‘lib, yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. N. deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Lingvistik nazariyada N. tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl N. (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi. Asl nutq ("tashqi nutq") bilan bir qatorda ichki N. ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki N. tashki N. asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli N.dagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma N. ogʻza-ki N.dan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki N. uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. N.ning monologik (qarang Monolog) va dialogi k (qarang Dialog) turlari mavjud. N. aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. N.ning alohida koʻrinishi oʻqishdir. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Har bir kishining Nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; va-holonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. N. kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. N.da kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. N. tufayli va N. asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. N. kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. N. qoʻllanish sohasiga qarab badiiy N., ilmiy N., rasmiy N. kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik N.ning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak. Til-imkoniyat sifatida aloqa-aralashuv, fikr almashuv quroli. Nutq - tildan fikr almashuv maqsadida foydalanish usuli, jarayoni. Demak, bu tushunchalar bir-biridan farqli va mohiyatan oʻziga xos tushunchalar ekan. Til oʻrnida nutqni, nutq oʻrnida tilni tushunishimiz xato hisoblanadi. Til va nutq oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganish hozirgi zamon tilshunosligining eng muhim vazifalardan biridir. Bu masala alohida bir milliy tilni yoki umuman tillarni nazariy taʼriflashdagi boshlangʻich nuqtadir. Til va nutq hodisalarini farqlash aksariyat tilshunoslar tomonidan tan olinadi, ammo ularning mohiyatini, chegarasini aniqlash mezonlari haqidagi fikrlar turli-tuman. F.Sossyur til va nutqni nutq faoliyatining ikki ajralmas boʻlagi deb hisoblab, ularni "bir paytning oʻzida fizik, fiziologik va psixik, bundan tashqari, individual va ijtimoiy munosabatlarga daxldor" jarayonlar deb ta'riflagan edi. Til, Sossyurning fikricha, nutq faoliyatining ijtimoiy va psixik tomonlaridir, nutq esa uning individual va psixofizik tomonlari, yoli "odamlar nimani gapirsa, oʻshalarning yigʻindisidir". "Til faoliyat mahsuli emas, balki faoliyatning oʻzidir" degan gʻoyani ilgari surgan V.Fon Gumboltdan farqli oʻlaroq, Sossyur "til faoliyat emas, balki soʻzlovchi tomonidan passiv qayd qilinadigan tayyor mahsulot, nutq mahsulidir" deydi. Uning ta'kidlashicha, "tilning voqeligi, oʻz tabiatiga koʻra nutqqa nisbatan kam emas". Analiz va tahlillar. A.I.Smirniskiy til va nutq munosabatlarini tahlil qilar ekan, nutqiy faoliyat tushunchasini chetlab oʻtadi, ammo u Sossyurga qaraganda umumiy insoniyat nutqi tushunchasiga koʻproq mazmun bagʻishlashga harakat qiladi. Jumladan, olim nutq quyidagi shakllarda mavjudligini alohida ta'kidlaydi: 1) tashqi tovushli belgili ogʻzaki nutq; 2) tashqi grafik belgili yozma nutq; 3) hech qanday real belgilarga ega boʻlmagan botiniy nutq. A.I.Smirniskiy fikricha, nutqning ogʻzaki va yozma shakllarda mavjud boʻlishi uning obʼektiv tomonini tashkil etadi va ular tashqi nutqqa tegishli boʻladi, ichki nutq esa faqat subʼektiv shaklda mavjud boʻladi va tafakkurdagi fikrni ifodalaydi. Shuningdek, "inson nutqi son-sanoqsiz va cheklanmagan miqdordagi turli-tuman nutqiy harakatlar natijasidir" va uning turlicha koʻrinishida aynan bir xil komponentlar va bu komponentlarning qoʻllanishidagi qonuniyatlar aniqlanadi. Turlicha nutq boʻlaklarining majmuasi va bu komponentlarning ishlatilishi toʻgʻrisidagi qonuniyatlar va qoidalar umumiylikda muayyan bir sistemani tashkil qiladi, yaʼni oʻzaro bir-birlariga bogʻlangan birliklar majmuasini va ular orasidagi munosabatlarni hosil qiladi. Birliklarning bunday tizimi tildir.1 Olimlarning fikricha, nutq umuman olganda "tadqiqot uchun xom materialdir", til esa bu "materialga asoslangan tadqiqot predmatidir". F. de Sossyur va A.I.Smirniskiy faqat bir masalada hamfikrdirlar, yaʼni til nutqdan hosil boʻladigan mahsulotdir va u tilshunoslar uchun ilmiy tadqiq predmetidir. Ayrim tadqiqotchilar til va nutq munosabatiga boshqacha yondashadilar. Ularning fikricha, nutq tildan hosil boʻladi, yaʼni til mutaxassislarning lingvistik faoliyatning natijasi emas, balki nutqda oʻz ifodasini topadigan obʼektiv mavjud hodisadir. Masalan, T.P.Lomtevning fikricha, "Til shunday maʼno-mazmunni anglatadiki, uning mavjud boʻlishi va ifodalanishi nutq orqali amalga oshadi". Oʻzbek olimi Sh.Rahmatullayev ham xuddi shunday fikrni bildiradi. Uning taʼkidlashicha, til nutq uchun xomashyo boʻlganidek, nutq ham til uchun xomashyo vazifasini oʻtaydi. Olimning fikricha, chaqaloq tugʻilganda uning til zahirasi boʻsh boʻladi va atrofdagilarning nutqi hisobiga boyib boradi. Biz bu fikrni maʼqullaymiz, yaʼni til va nutq oʻrtasida qarama-qarshilik emas, balki oʻzaro aloqadorlik mavjud deb hisoblaymiz. Oʻrganilayotgan masala boʻyicha bildirilgan turli-tuman nuqtai nazarlarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, til nutqiy faoliyatning koʻchmasidir, biroq turli tushunchalarni ifodalovchi bu atamalar turli maʼnolarda ishlatib kelinmoqda. Til bir tomondan nutq hosil qilinadigan va tushuniladigan qurilma sifatida talqin qilinsa, ikkinchi tomondan, mutaxassislar nutq faktlaridan xulosa qiladigan qoidalar tizimi, birliklar majmuasidir. Bu tushunchalarning har ikkalasi ham oʻzaro bir-birlariga bogʻliqdir, chunki til qurilma sifatida mohiyatni anglatadi, bu mohiyatni unda mavjud boʻlgan qoida va birliklar orqali bilish mumkin. Nutq, birinchidan, fikr-mulohaza bildirish jarayoni, ikkinchidan, u til qurilmasi faoliyati natijasidir. Til va nutq haqida bildirilgan bunday fikrlarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, ular oʻzaro bogʻliq, bir-birini taqozo etuvchi hodisalardir. Til asosida inson ichki dunyosining o'ziga xos shaklda obrazlashuvi sodir bo'ladi. Shuning uchun ham til ma'naviy va moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va ijtimoiy munosabatlarga bog'liq. Shu bilan birga, u o'z qonuniyatlariga ega mustaqil barqaror va turg'un tizim, (masalan, undagi jumlalar, til birliklari, ya'ni o'z birikmalari, so'z, morfema va boshqalarga ajraladi). Til insonlar xotirasida saqlansada, biroq u o'z - o'zidan ishlab ketmaydi. Til muayyan ijtimoiy faoliyat (ya'ni muloqot) quroli bo'lgani uchun, asosan, nutqiy faoliyat jarayonida unga nisbatan kuchli ehtiyoj seziladi. Natijada insonlar o'rtasidagi turlicha munosabat shakllanadi. Nutq - mustaqil faoliyat, u orqali til tizimi o'zligini to'liq namoyon etadi. Nutq - muloqot, unda jamiyatning u yoki bu qatlamiga tegishli madaniyati ham ma'lum darajada o'z aksini topadi. Til va nutqni o'zaro taqqoslaganda quyidagilar yaqqol ko'zga tashlanadi: 1 Til muloqot uchun xizmat qiladi va insonning dunyo haqidagi bor tasavvurlarini ma'lum bir belgilar orqali ifodalashga qodir. 2. Nutq tilning amaliyot jarayonida tatbiq etilishidir; u harakatdagi til bo'lib, muloqot vositalarini aniq qo'llash paytidagi ketma- ketligi sifatida namoyon bo'ladi. Til biror bir ijtimoiy jamoaga (biror bir millatga) tegishli belgilar tizimi va nutqiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo'lsa-da, biroq u nutq bilan teng bo'la olmaydi. Nutq jarayonida til tizimlari ishga solinadi. Nutq - individual ong va hohishistak shakli. U bir tomondan so'zlovchi til shakllari orqali o'z fikrlarini ifodalashdagi almashinuvni taqozo etsa, ikkinchi tomondan - u psixofiziologik mexanizm sifatida ushbu almashinuvlar mustaqilligini ta'minlaydi. Til va nutq tushunchalarining mohiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, til madaniyati tilning leksik, sintaktik, semantik, ifodalilik va turfa o'zgaruvchanligi qay darajada rivojlangan va boy ekanligini ko'rsatsa, nutq madaniyati nutqiy muloqot asosida borliq va shaxs haqidagi axborotni yuzaga keltirish, uni til tizimi belgilari orqali ifodalash va aniq yetkazish usulidir. Yoki til madaniyati tilning "madaniylashganlik", adabiylashganlik, normalashganlik darajasini, lug'at tarkibi, grammatik, semantik, stilistik jihatlardan rivojlanganlik, boylik darajasini, potentsial ifoda imkoniyatlarining ko'lamdorligini ifoda etadi. Nutq madaniyati esa bemalol, maqsadga muvofiq va ta'sirchan bir tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko'nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir. Xulosa. Boshqacha aytganda, nutq madaniyati tilda mavjud bo'lgan xilma-xil ifoda shakllaridan fikr uchun eng maqbulini tanlay bilish va shu asosda to'g'ri va ta'sirchan nutq tuza olish mahoratidir. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchi (o'quvchi) ga yetkazish, shu yo'l bilan unga ta'sir qilishdan iborat. Til va nutq o'zaro dialektik bog'liq ijtimoiy - tarixiy, ijtimoiy - psixologik hodisalar bo'lib, til aloqa quroli sifatida, nutq esa aloqa usuli sifatida mavjuddir. Nutq - bu til deb ataluvchi, ijtimoiy - individual noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari, imkoniyatlarining ob'ektiv borliq, tafakkur hamda vaziyat bilan o'zaro zaruriy, doimiy munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq bu rasmiy tildir. U keng ma'noda so'zlardan, so'z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Nutq so'zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matn ko'rinishining ifodasi bo'lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ruhiyat va nafosat hodisasi hisoblanadi.
Til vа nutq hоdisаlаrini o‘zаrо fаrqlаsh ulаrning munоsаbаt
mоhiyatini o‘rgаnish аrаb tilshunоsligidа VIII-IX аsrlаrdаyoq
mаvjud edi. Mazkur tushunchаlarning munоsаbаt shаkli hozirga
qadar dunyo tilshunоslаrining diqqаtini o‘zigа jаlb qilib kеlmоqdа.
Smеrnitskiy А. I., Pаnfilоv V.Z., Mеlnichuk А.S., Sоlnsоv V.M. kаbi
Prаgа tilshunоslаri sistеm tilshunоslik tаrаqiyotigа ulkаn hissа
qo‘shib, til vа nutq munоsаbаti tаriхi хususidа o‘z mulоhаzаlаrini
bildirgаn edilаr. Lеkin til vа nutq hоdisаlаrini vа ulаrgа хоs
birliklаrni tоm mа’nоdа ilmiy-nаzаriy hаmdа аmаliy fаrqlаsh; «til»
vа «nutq» tushunchаlаrigа bаtаmоm yangi mа’zmun bеrilishi F.dе
Sоssyur vа uning izdоshlаri yarаtgаn tа’limоt bilаn bоqliqdir. Til va
nutq maslalariga munosabat dunyoning muayyan taraqqiyot
darajasidagi tillarda o‘ziga xos tarzda talqin qilinmoqda. Jumladan,
hоzirgi o‘zbеk tilshunоsligidа o‘zаrо diаlеktik bоg‘liq bo‘lgаn til vа
nutq hоdisаlаrining fаrqigа оid аyrim fikrlаr bаyon qilinаyotgаn bo‘lishigа qаrаmаy, bu mаsаlаning hal qilinishi lozim bo‘lgan
jihatlari ko‘p. Tilshunoslik bоshqа fаnlаrdаn аjrаlib, o‘zichа а’lоhidа mustаqil
fаn dеb tаnilgаn dаvrdаyoq, til vа nutqni fаriqlаshgа e’tibоr bеrilgаn
edi. Аmmо fаn tаrаqqiyoti tаriхi dаvоmidа hаmmа sohada hаm til vа
nutq bir-biridаn fаrqlаnаvеrmаydi. Shuning uchun, ko‘pinchа nutqqа
хоs hоdisаlаr til hоdisаsi sifаtidа tаlqin qilinib kеldi.
Keyingi davrlarda til bilаn nutqni fаrqlаb yondashish o‘zbеk tili
tаdqiqоtlаri uchun аsоs qilib оlinа boshlagani nutq tоvushi vа
fоnеmа, fоnеtik vа fоnеmаtik o‘zgаrishlаr, lеksеmа, lеksik vа situаtiv
nоminаtsiya, qurilmа vа ulаrning yuzаgа chiqishi, lug‘аviy
birliklаrning mаkrо vа mikrо tеkstdаgi xususiyatlаrini, o‘zbеk tili
sintаksisi sаthidа mоhiyat vа hоdisа kаbi mаsаlаlаrni аtrоflichа
chuqur tаdqiq etish imkonini yaratmoqda.
Til va nutq tushunchаlarining tаriхiy taraqqiyotdagi mаdаniy
хizmаti chеksiz. Birоq, tilning ifoda imkоniyatlаri nutq оrqаli, nutq
jаrаyonidа оchilаdi. Nutq bo‘lmаs ekаn, tilning chеksiz imkоniyatlаri
yuzаgа chiqmаy qоlаvеrаdi.
Buyuk mutаffаkirimiz Аlishеr Nаvоiy «Mаhbub-ul qulub»
аsаridа til vа nutq munоsаbаtlаrini shundаy ifоdаlаydi:
«Til shunchа shаrаfi bilаn nutqning qurоlidir, аgаr nutq nоmа’qul
bo‘lib chiqsа tilning оfаtidir».
Nutqiy fаоliyat nаtijаsidа nutq shаkllаnаdi, nutq elеmеntlаrdаn
tuzilаdi vа til elеmеntlаrigа аjrаlib kеtаdi. Til elеmеntlаri esа nutq
fаоliyati uchun хizmаt qilаdi. Lеkin bu хulоsа F.dе Sоssyurning
fikrini qisman rad etаdi. U «аvvаl nutq fаоliyati yuz bеrаdi, undаn til
yuzаgа kеlаdi, tildаn nutq hоsil bo‘lаdi», dеgаn «o‘tish» tаrtibi
hаqidаgi fikrini ilgаri surgаn hamda til vа nutq diхоtоmiyasini
shаtrаnj o‘yini qоidаlаri misоlidа tushuntirib bеrishgа hаrаkаt qilgаn
edi.
Hаqiqаtаn hаm shаtrаnj tаxtаsidаgi 64 kаtаk tеng hоlаtdа 2 хil
rаngdа, 2 guruhgа 32 tаdаn аjrаtilib qаrаmа qаrshi qo‘yilаdi, hаr 2 guruhdаgi dоnаlаrning vаzifаsi vа qiymаti jihаtidаn bir-birigа tеng,
dоnаlаrning o‘zigа хоs jоylаshish tаrtibi vа yurish qоidаlаri bir хil;
shаtrаnj o‘yini qоidаlаri o‘yinchilаr uchun mаjburiy, аvvаldаn
mа’lum bo‘lib, ulаr dоim o‘yinchilаr хоtirаsidа sаqlаnаdi. Hаr ikkаlа
o‘yinchi bir хil imkоniyatlаrgа egа bo‘lib shаtrаnj o‘yini qоidаlаrigа
bir хil bo‘ysunsа hаm o‘yinchilаrning o‘zlаri imkоniyatlаridаn
fоydаlаnish mаhоrаtigа ko‘rа biri kuchli, biri kuchsiz mаvqеdа
bo‘lаdi. Qаysi biri shаtrаnj imkоniyatlаrini o‘z mаqsаdi yo‘ligа
izchillik bilаn bo‘ysundirа оlsа, u shu imkоniyatlаrdаn fоydаlаnа
оlmаgаn rаqibini yеngаdi.
Lеkin Sоssyur shаtrаnjdа durаng hоlаtlаri hаm bоr ekаnligini
e’tiborga olmаgаn. Dеmаk, u tа’riflаgаn hаrаkatdа kuchlаr tеngligigа
berilmagаn. Shuning uchun bu tаsаvvur bugungа kеlib o‘zini
оqlаmаy qo‘ydi.
Shundаy ekаn til vа nutq, Sоssyur tа’riflаgаnidеk, bir-birigа zid
tushunchа bo‘lgani holda ( Sossyur bu o‘rinda bir-birini taqozo
qiluvchi zidlikni nazarda tutgan, deb hisoblansa), bir-birigа bоg‘liq
rаvishdа bir birini tаlаb qilаdi, to‘ldirаdi. Hоzirgi dаvr sistеm
tilshunоsligidа til vа nutq оppоzitsiyasidаn kеlib chiqib, nutq
fаоliyati quyidаgi 3 tаrkibiy qismdаn ibоrаt dеb hisоblаnаdi. Til dеgаndа mа’lum bir jаmiyatning bаrchа а’zоlаri uchun
аvvаldаn tаyyor hоlgа kеltirilgаn, hаmmа uchun umumiy, qаbul
qilinishi mаjburiy, fikrni shаkllаntirish, ifоdаlаsh vа bоshqа
mаqsаdlаr uchun хizmаt etаdigаn birliklаr vа shu birliklаrning o‘zаrо
birikishi vа bоg‘lаnishini bеlgilоvchi qоnun-qоidаlаr yig‘indisi
tushuniladi.
So‘zlаsh qоbiliyati tushunchаsi оstidа mа’lum bir jаmiyatgа
mаnsub shахsning, shu jаmiyatgа mаnsub tildаn оgоhligi, uning imkоniyatlаridаn fоydаlаnа оlish ko‘nikmаsi vа dаrаjаsi аnglаshilаdi.
Nutq esа yuqоridа tа’riflаngаn tilning til qоbiliyati аsоsidа аyrim
shаxs tоmоnidаn so‘zlаsh qоbiliyati ko‘mаgidа mа’lum bir
kоmmunikаtsiya mаqsаdi uchun ishgа sоlinish yoki qo‘llаnish
nаtijаsidir. Shu nuqtаyi nаzаrdаn til vа nutqning bir-birigа хоs
bo‘lgаn mаvhum-kоnkrеt tаrzdаgi kоrrеlyat nisbiy mustаqil
birliklаrigа e’tibоr qaratamiz.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling