Izoh: Maruza mavzulari rejasini tuzishda asosiy qismdagi mazmun to’liq qamrab olinishi shart.
IV.Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar davomida jahon, mintaqalar va davlatlar bo‘yicha karta, jadval va statistik ma’lumotlarni to‘playdilar va tahlil qiladilar va turli karta - sxema, grafikli topshiriqlarni bajaradilar.
Amaliy mashg‘ulotlarning tahminiy mavzulari:
Dunyo siyosiy xaritasini chizish va unda jahon mamlakatlari va mintaqalarining tutgan o‘rni va roliga baho berish;
Jahon mamlakatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘ra turlarga ajratish.
Jahon sivilizatsiyasi va uning asosiy markazlari.
Jahon mamlaktlari va mintaqalarining demografik rivojlanishi xususiyatlari
Jahon aholisi va uning joylashuvi xususiyatlarini o‘rganish;
Mamlakatlar va mintaqalarning agroiqlimiy va mineral xomashyo salohiyati.
Jahon mamlakatlari va mintaqalari xo‘jaligining rivojlanishini statistik tahlil qilish.
Alohida olingan mamlakat va mintaqaning tabiati, aholisi, xo‘jaligi, madaniyati, etnografiyasiga kompleks tavsif berish.
Izoh: O‘quv kursining ishchi dasturini tuzish jarayonida mazkur mavzular ro‘yxatidan amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan soat hajmiga mos holda mavzular tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |