O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat pеdagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 165 Kb.
bet3/10
Sana23.01.2023
Hajmi165 Kb.
#1113442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Keldiyorova Madina Kurs ishiii

Jismoniy quvvatni ta’minlash funksiyasi – oila a’zolarining jismonan sog‘, tetik va o‘zini yaxshi his qilishlarini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni nazarda tutadi, masalan, har birimiz oilada boshpanamizga egamiz, bundan tashqari, mana shu o‘z hududimizda, ya’ni, xonadonimizda dam olish, yaxshi sifatli, to‘yimli taomlardan bahramand bo‘lish, ijod qilish va o‘qishimiz uchun zarur, qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishimiz shart. Zero, agar shulardan birortasi ta’minlanmagan bo‘lsa, bunday oila o‘zini baxtli deb hisoblay olmaydi va qator noqulayliklarni his qiladi. Masalan, uysiz, boshpanasiz qolgan odamlarning nafaqat ruhiy, balki jismoniy azoblarga duchor bo‘lganliklarini tasdiqlovchi psixologik tadqiqotlar mavjud.
Ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiyasi – odamning o‘z nasl-nasabi, ma’naviy-madaniy an’analari bo‘lishiga intilishidan kelib chiqadi, har bir shaxs o‘zini kimning avlodi, qanday an’analarning vorisi ekanligidan cheksiz faxrlanadi, u qanday oila bo‘lishidan qat’iy nazar, albatta, o‘z a’zolarini muayyan yaxshi urf-odatlar, muomala maromlari doirasida birlashtirishga qodir bo‘lgandagina mustahkam va baxtiyor bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan farzand teta-poya qilib yura boshlagan onlardanoq oilaning kattalari uni erkalatishlar orqali shirin muomalaga o‘rgatadi, kattalarga xurmat, kichiklarka g‘amxo‘rlik, izzat tushunchalari xam oilada tarbiyalanadi. Shu funksiyani ado eta olmagan oilada hamisha ko‘ngilxiraliklar, janjal, ziddiyatlar bo‘lishi ehtimoli kattadir.
Jinsiy-hirsiy muloqot funksiyasi – er va xotin o‘rtasidagi ikkalasigagina taalluqli bo‘lgan seksual ehtiyojlarni qondirish, shu orqali avlodlar bardavomligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu funksiyaning bajarilishi er-xotin munosabatlariga bevosita ta’sir qiladi, ularning bir-birlariga vafo-sadoqatda bo‘lishlarini, salomatliklari va to‘g‘ri turmush tarzini barqaror etishlariga xizmat qiladi.
1.2. Oilaviy tarbiyani samarali tashkil etish yo’llari.
Oila tarbiyasi — oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida oila tarbiyasi muhim oʻrin tutadi.
Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va hokazolar. Oila tarbiyasi, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas’ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o‘zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularni ijtimoiyfoydali mehnatga tayyorlash, turli ko‘rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og‘ishmay rioya etish, sog‘lom turmush tarzini yaratish, o‘z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so‘z va faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko‘rsatadi. Oila tarbiyasida obyektiv va subyektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila budjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog‘lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar obyektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o‘rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o‘zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar subyektiv omillar sirasiga kiradi.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri yuritish ularni vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo‘nalishlari — jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g‘oyaviy hamda jinsiy ta’lim berish, ularda faoliyat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko‘rsatuv, eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g‘oya!ar yuzasidan o‘tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faollik, mas’ullik, e’tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi. Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berib borish, o‘z navbatida huquqlaridan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi. Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularini hosil qiluvchi o‘ziga xos maskan sanaladi.
Bolalar «Vatan», «xalq» tushunchalarining mohiyatini dastlab ana shu maskanda o‘zlashtiradilar. Binobarin, oilaning o‘zi Vatanning bir bo‘lagidir. Oila sha’nini himoya qilish, uni saqlash to‘g‘risida qayg‘urishning Vatanning sha’ni, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg‘ulari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning asosi bo‘lishi lozim. Yuqorida qayd etilgan tarzda oila tarbiyasini tashkil etish komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish muvaffaqiyati uchun poydevor bo‘ladi. Farzandlarning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishlarida ota- ona, oilaning boshqa a’zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma’naviy dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi.



Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling