Buxgalteriya hujjatlarini saqlash:
Boshlang‘ich hisob hujjatlari, buxgalteriya hisobi registrlari, moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlar, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin kamida besh yil buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan saqlanadi. Buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Buxgalterlarning jamoat birlashmalari:
Buxgalterlar umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalterlarning jamoat birlashmalarini tuzish huquqiga ega.
Nizolarni hal etish:
Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik:
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
8-mavzu: Bankning depozit va qimmatli qog`ozlar operatsiyalari bilan tanishish.
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari: -
qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish va sotish hisobini yuritish, ularni saqlash;
-
qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish;
-
mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash;
-
dilerlik, depozitor va aksionerlar reyestrini yuritish va saqlash;
-
tijorat, brokerlik, trast operatsiyalarni bajarish va maslahatlar berish;
-
mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish va h.k.
Mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalashdagi turli xil qimmatli qog‘ozlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |