O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti
O‘z likvidligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo‘lmagan summani boshqa qimmatli qog‘ozlar
Download 333,15 Kb.
|
sayibnazarov alimuhammad hisobot
O‘z likvidligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo‘lmagan summani boshqa qimmatli qog‘ozlar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga va muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish amaldagi qonunlarga ko‘ra noqonuniy hisoblanadi. Tijorat banklari quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishlari mumkin:
Aksiyalarni chiqarish tartibi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilinishi qayd qilish tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Agar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti qayd (registratsiya) qilinmaydigan bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
Aksiya chiqaruvchi bank so‘nggi uch yil davomida yoxud tashkil topganiga uch yil to‘lmagan vaqt davomida zararsiz ishlayotgan bo‘lishi kerak. Yangi tashkil topgan bank bo‘lsa, u holda eng kamida mazkur moliyaviy yilda rentabelli bo‘lishi shart. Agar emitent faoliyati yoki amaldagi yoxud rejalashtirilayotgan bank investitsiyalari miqdori omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda bank tajribasi yetarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank istalgan emitent qimmatli qog‘ozlariga bank tomonidan kiritiladigan investitsiyalar miqdoriga qo‘shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega. Garov huquqlarini amalga oshirish natijasida qimmatli qog‘ozlar olingan hollarda bank bir oy muddat ichida olingan qimmatli qog‘oz-larni sotishi shart. Agar qimmatli qog‘ozlar ko‘rsatilgan muddatda sotilmasa, ular «qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» yoki «investitsiyalar» hisob varaqlariga o‘tkaziladi. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchibanklar zarur monitoring va operatsiyalarni amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim etish uchun keng qamrovli boshqaruv axborot tizimiga ega bo‘lishini taqozo etadi. Shu o‘rinda shuni aytish lozimki, qimmatli qog‘ozlar portfeli bo‘yicha ichki hisobotlar:
Bankning turli bo‘limlari o‘rtasida majburiyatlarning keraklicha taqsimlanishi, qarorlar qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir cheklovlar belgilash bo‘yicha vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek, suiiste’molchiliklarning oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshiradi. Bunday ichki nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Agar bank brokerlik operatsiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun hisob varaqlar ochishi va mijozning qimmatli qog‘ozlari bilan ba-jariladigan barcha operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning tur-lari, operatsiyalar sanasi, sotilgan (sotib olingan) qimmatli qog‘ozlar narxi va soni ko‘rsatilgan holda yozuvlarni olib borishi kerak. Qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni tashkil etishda qimmatli qog‘ozlar emitent anketasining namunaviy shakli va moliyaviy ahvoli quyidagicha bo‘ladi: Download 333,15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling