O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 297.96 Kb.
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi297.96 Kb.
#195172
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI

Xulosa

Ma’rifatli va madaniyatli dunyoning ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo'lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati katta bo’ladi. Zero, shaxs mansub bo‘lgan muhitda uning tafakkuri, ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan obyektiv va subyektiv omillar mavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ham alohida o'rni bor. O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim sohasida olib borilayotgan kadrlar tayyorlash bo'yicha islohotlar mamlakat iqtisodiyotini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga imkon beradi. Mazkur masalaning dolzarbligini ta’kidlab, Prezidentimiz I.A.Karimov “-O'zbekiston innovatsion rivojlantirishning hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega”, degan edi. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko'paytirishga asoslanadi. Bu mamlakatimizning jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

Fizika o’qitishda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun o’quv tajribasi imkoniyatlarini kuchaytirish zarur. O’quv tajribasining barcha turlarida axborot texnologiyasi tarkibiga kirishiluvchi radio, televidenie, kompyuter tizimi, telefon va telegraf tizimi, o’qitishning texnik vositalari (O’TV), o’quv-tarbiya vositalari (audiokameralar, videokassetalar, videofilm, kinofilm, diapozitivlar, slaydlar, grammplastinkalar, magnitlentalar, kinofilm lentalari, kompyuter disketlari va fleyshlari, . . .) kompyuter tizimida muloqot va internet tarmogi, kompyuter vositasida bilim olish, multimediadan foydalanish, radio, telefidenie va kompyuter

yordamida konferentsiya va seminarlar uyushtirishdan foydalanish fizika o’qitish samaradorligini yanada oshiradi.

Hozirgi kunda o’qitishning texnik vositalari ta’minoti (texnik ta’minoti), o’quv-tarbiyaviy vositalar ta’minoti (dasturiy ta’minot) va axborot vositalari ta’minoti (informatsion ta’minot) alohida mavjud bo’lsada, ulardan foydalanib fizika o’qitishni tashkil etish (tashkiliy ta’minot) va ulami o’quv tajribasi sifatida amalda qo’llash (tadbiqetish ta’minoti) amalga oshirilmagan. Uni amalga oshirishda kompyuterlashtirish va kompyuter savodxonligini kuchaytirish muammosini hal etish vazifasi turadi.


Download 297.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling