O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 297.96 Kb.
|
KURS ISHI
2.Fizika fanini dasturiy o’qitish.
O‘qitish metodlari – o‘qituvchi va o‘quvchilarning qo‘yilgan ta’lim maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘langan faoliyatining tartibli usullaridir. Har bir o‘qitish metodi usullar tizimi orqali amalga oshiriladi.Metodik usul o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning alohida amallarini ifodalovchi element, metodning bir qismi hisoblanadi. Metodik usullarning ko‘pligi ularni bir tizimga keltirishni talab etadi. Birinchi navbatda u yoki bu metodga taalluqli usullar ajratiladi. Biroq batafsil tahlil qilish metodik usullarning yanada umumiyroq guruhlarga ajratish imkonini beradi: mantiqiy, tashkiliy, texnik. Mantiqiy usullarga hodisalar va obyektlarning belgilarini aniqlovchi ularni farqi va o‘xshashligiga qarab taqqoslovchi, xulosalar va umumlashtirishlarni shakllantiruvchi, muammolarni ilgari suruvchi usullar kiritiladi. Tashkiliy usullar, yordamida o‘quvchilarning e’tibori, qabul qilishi va ishiga yo‘nalish beriladi. Maxsus tarqatma materiallar qo‘llaniladigan texnik usullar tashkiliy usullar bilan uzviy bog‘liq (masalan, frontal tajribalar uchun –asbob va materiallar). Keyingi yillarda o‘quvchilarning har tomonlama mustaqilligini va ijodiy layoqatini rivojlantirishdek maktab oldiga qo‘yilgan yangi vazifaga bog‘liq holda metodlarni o‘quvchilar va o‘qituvchilar faoliyati xususiyatiga qarab turkumlarga ajratish takomillashdi, natijada, og‘irlik markazi metodlarning ichki mohiyatiga ko‘chdi. M.N.Skatkin va I.Ya. Lerner o‘zlari taklif qilgan turkumlarga ajratishda beshta o‘qitish metodini alohida ko‘rsatib o‘tishgan; 1) tushuntirish – tasviriy yoki axborot – ko‘rsatmali; 2) sermahsul; 3) muammoli bayon; 4) qisman izlanishli yoki evristik; 5)tadqiqotli. Didaktikada ko‘pincha metodlarni o‘qituvchidan o‘quvchiga ma’lumot uzatish usuli bo‘yicha turkumlarga ajratish qo‘llaniladi. Shuning uchun, asosiy o‘qitish metodlari materialni o‘qituvchi bayon qiladigan (hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza) va kitob (darslik, spravochnik, ilmiy – ommabop adabiyotlar) bilan ishlashdan iborat verbal (og‘zaki), ko‘rgazmali (demonstratsion, tajribalar, amaliy va statistik modellardan, plakatlar, rasmlar, diapozitivlar, dia - va kinofilmlar va h.k. lardan foydalanish) va amaliy (laboratoriya ishlarini bajarish, fizik praktikumlar, sinfdan tashqari kuzatishlar va tajribalar, masala yechish va h.k.) metodlarga bo‘linadi. Metodlarni darsda hal qilinadigan asosiy didaktik vazifalarga qarab turkumlarga ajratishni ham uchratamiz: bilimlarni egallash, malakalarni shakllantirish, bilimlarni amalda qo‘llash, ijodiy faoliyat, bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash, tekshirish metodlari. Yu.K. Babanskiy hamma o‘qitish metodlarini uch guruhga bo‘linishini taklif etadi: 1) o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodlari; 2) o‘quv-bilish faoliyatini asoslash va rag‘batlantirish metodlari; 3) o‘quv-bilish faoliyatining saamradorligini nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari. Hech bir metodni barcha o‘quv masalalarni hal qilish uchun universal va yaroqli deb hisoblash mumkin emas. Fizikadan o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorlik sharti – dars maqsadi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va boshqa omillardan kelib chiqqan holda turli xil o‘qitish metodlaridan foydalanishdir. O‘quv ishini tahlil qilish va rejalashtirish uchun qator hollarda fizika o‘qituvchisiga qator metodlarni o‘quv jarayonining bosqichlari bo‘yicha turlarga ajratish afzalroq bo‘ladi. Fizikani o‘qitish amaliyotida o‘qitish metodlarini foydalaniladigan o‘qitish vositalariga qarab turkumlarga ajratish keng tarqalgan bo‘lib, ular quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1) og‘zaki (hikoya, tushuntirish, ma’ruza, suhbat; ular muammoli va nomuammoli xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.); 2) demonstratsion (o‘qituvchi real va modelli tajribalarni ko‘rsatadi.); 3) laboratoriya (frontal laboratoriya ishlari, uyda bajariladigan tajriba va kuzatishlar, fizik praktikum); 4) kitob va qo‘llanmalar bilan ishlash; 5) masala yechish ( sifat, miqdoriy, eksperimental, grafik va h.k.); 6) ......rasmlar, plakatlar va turli xil O‘TV lardan foydalanish; 7) bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish va hisobga olish metodlari. O‘qituvchi bilimlarni o‘quvchilarga fizik hodisalar yoki ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan boyitilgan so‘z vositasida uzatiladigan metodlar og‘zaki metodlar deyiladi. Bunday holda o‘quvchilar faoliyati tinglash, fikrlash va undan keyingi og‘zaki va yozma javoblarda ifodalanadi. Metodlarning bu guruhida so‘z bilimlarning asosiy manbai hisoblanadi. Fizika o‘qitish metodlari bilish masalalarini hal qilishga xizmat qilar ekan, ularda mantiqiy fikrlash metodlaridan: induksiya va deduksiya, mavhumlashtirish va umumlashtirish, tahlil va sintez, o‘xshatish va modellashtirishdan foydalaniladi. Bilimlarni umumlashtirish va chuqurlashtirish o‘rganilgan metodlarni takrorlash va bilimlarni amalda qo‘llash jarayonlarida amalga oshiriladi. Umumlashtiruvchi darslar o‘quvchilarning bilish va ijodiy qobiliyatlarini, shuningdek, bilimlarni mustaqil to‘ldirish malakalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar beradi. Umumlashtirish jarayonida o‘quvchilarda fikrlash faoliyatining muhim usullari (analiz, sintez, solishtirish, abstrktlash, sistemelshtirish va boshqalar) rivojlanadi. O‘quvchilarni ahloqiy jihatdan tarbiyalashda, ayniqsa vatanparvarlik va baynanmilal ruhda tarbiyalashda umumlashtiruvchi darslarning imkoniyatlari kattadir. Darslarda vatanimiz va chet el olimlarining, ixtirochilarning ishlari va ilmiy xizmatlari haqidagi materialdan, shuningdek biografik ma’lumotlardan foydalanish, atoqli olimlarning fanga, texnikaga qo‘shgan hissalari bilan, ular hayotlari va faoliyatlari bilan o‘quvchilarni tanishtirishga imkoniyat beradi. Bo‘limlar o‘rganilgandan keyin uning oxirida o‘tkaziladigan bilimlarni umumlashtiruvchi va chuqurlshtiruvchi darslar uchun unga takrorlash va mustahkamlashning ikkita yo‘nalishi harakterlidir. Ulardan birinchisi –nazariy bilish sikliga tegishli bo‘lib, bunda bilimlarni sistemalashtirish, o‘rganiladigan hodisalar, qonunlar, nazariyalarni solishtirish, taqqoslash orqali ayrim falsafiy tushunchalar konkretlashtiriladi, xulosalar chiqariladi, umumlashtiriladi. Ikkinchi yo‘nalish – halq xo‘jaligining ayrim sohalari bo‘yicha bilimlarni umumlashtirish va chuqurlashtirish amalga oshiriladi (masalani mexanizatsiyalashtirish, elektrlashtirish, energiya va h.k.). Bu umumlashtiruvchi darslarda fizikaning barcha tabiiy fanlarga va texnikaning eng muhim yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatishning ahamiyati ochib beriladi. Umumlashtiruvchi darslarda metodologik masalalar takrorlash materiallariga o‘z-o‘zidan kirib ketishini ta’kidlab o‘tish zarur. O‘qituvchi molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasini takrorlash bilan tenglamaga kiruvchi kattaliklarning sabab-oqibat bog‘lanishli harakterga ega ekanligiga o‘quvchilar diqqatini qaratadi. O‘quvchilar tenglamani tahlil qiladilar, unga bitta molekulaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha kinetik energiya qiymati to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadilar. Molekulalarni tartibsiz harakat qilishi hisobga olinsa ularni hajm bo‘yicha bir tekis taqsimlanish ehtimolligi katta bo‘ladi. Demak, molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi ehtimollik harakterdagi qonunni ifodalaydi, degan xulosa chiqariladi. Bu o‘z navbatida nazariy yo‘l bilan fizik hodisalarni oldindan aytib berishga imkon beradi. Umumlashtiruvchi darslar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular umumlashtirish qaysi darajada olib borilishi bilan aniqlanadi. Odatda, mavzuni o‘rganish oxirida tushuncha va qonunlar darajasida bilimlar umumlashtiriladi, bunda yana masalalar yechish, masalalarni umumlashtirish va shakllantirish, bo‘limni o‘rganish oxirida nazariya darajasida, fizika kursini to‘liq o‘rganib bo‘lingach – olamning ilmiy manzarasi darajasida amalga oshiriladi. Olamning fizik manzarasi o‘zida hamma o‘rganilgan falsafiy holatlarni, fizik g‘oya va nazariyalarni ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Bu ularda ilmiy bilimlarning tarixiy rivojlanishi Olamning fizik manzarasi evolyutsiyasini ko‘rsatish yo‘li bilan ochib beriladi. Bu yakunlovchi darslar ma’ruza, seminar, konferensiya va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Ular qanday shaklda amalga oshirilishidan qat’iy nazar, o‘qituvchi oldiga qo‘ygan maqsadga erishishi muhimdir.
Download 297.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling