O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya ta‘lim yo‘nalishi 3-kurs g-119-guruh talabasi toshpo‘latov dilshodbekning “davlat tilida ish yuritish” fanidan tayyorlagan taqdimot


Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnoma namunasi


Download 474.15 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2023
Hajmi474.15 Kb.
#1211044
1   2
Bog'liq
TOSHPO`LATOV 210522150651

Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnoma namunasi

Maxsus ishonchnoma namunalari

Uy-joyni sotish ishonchnomasi namunasi

Uy-joyni sotib olish uchun ishonchnoma namunasi

ISHONCHNOMANING BOSHQA TURLARI

  • Ish haqini olish ishonchnomasining namunasi
  • Nafaqa pulini olish ishonchnomasining namunasi
  • Jamg'armadan pulni olish ishonchnomasining namunasi
  • Avtomototransportdan foydalanish va uni sotish huquqini beruvchi ish mchnomalar namunasi
  • Mulk huquqi guvohnomasini olish uchun beriladigan ishonchnomaning namunasi
  • Ishonchnomalar, ilovalarda keltirilganidek, oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Hozirgi kunda xizmat sohasidagi rasmiy ishonchnomalarga maxsus tartib raqami ham qo'yib berilmoqda. Bunday ishonchnomalar matnida ishonchnoma berilgan shaxsning pasport seriyasi va raqami ham keltirilmoqda. Ishonchnomaning bunday ko'rinishi maxsus bosma ish qog'ozlarida rasmiylashtiriladi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 136-, 137- va 138-moddalarida ko'zda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning o'zgacha shakli belgilab qo'yilgan boshqa hollar bundan mustasno. Ishonchnomaning amal qilish muddatlari yuqorida aytib o'tildi. Qo'shimcha ravishda shuni aytish kerakki, notarius tomonidan tasdiqlanib, O'zbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moijallangan, amal qilish muddati ko'rsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha o'z kuchini saqlaydi. Fuqarolik kodeksining 141-moddasida ishonchnomaning bekor boiish hollari bayon qilingan. Ishonchnomaning amal qilishi quyidagi hollarda bekor bo'ladi: 1) ishonchnoma muddatining
  • tamom boiishi; 2) ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi; 3) ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi; 4) nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to'xtatilishi; 5) nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to'xtatilishi; 6) ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo' qolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot etishi; 7) ishonchnoma oigan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot etishi. Ishonchnoma bergan shaxs istagan vaqtda ishonchnomani bekor qilishi, ishonchnoma berilgan shaxs esa undan voz kechishi mumkin. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish uchun berilgan ishonchnoma, qonunda ko'zda tutilgan hollardan tashqari, notarial tasdiqlanishi kerak. Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma uning rahbari yoki ta'sis hujjatlariga binoan vakolat berilgan boshqa shaxs tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi; pul va boshqa mulkiy boyliklarni olish yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma, yuqorida aytilganidek, shu yuridik shaxsning bosh (katta) hisobchisi tomonidan ham imzolanishi kerak. Yuridik shaxsning talabiga binoan, uning nomidan beriladigan ishonchnomalar notarial tasdiqlanishi ham mumkin. Bunday hollarda ishonchnomani imzolagan mansabdor shaxsning vakolatlari tekshirilishi kerak. Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnomada yuridik shaxsning toiiq nomi, rahbariy idoraning manzili va ishonchnomani imzolagan shaxsning mansabi ko'rsatilishi shart. 14 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar nomidan, shuningdek, sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilgan kishilar nomidan ishonchnomalarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylari tuzadilar (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-moddasi).
  • 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar nomidan ishonchnomalar ularning ota-onalari, bolalikka oluvchilari yoki homiylari roziligi bilan tuzilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin (Fuqarolik kodeksi, 27-modda). Mansabdor shaxs bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxsga beriladigan ishonchnomalarni tasdiqlaydi. Bir necha shaxslar nomidan berilgan ishonchnoma, agar unda ko'rsatilgan harakatlar vakolat beruvchi shaxslardan har birining emas, balki hammasining bir turdagi manfaatlariga taalluqli bo'lgandagina tasdiqlanadi (masalan, bir necha vorislarning nomidan ularning meros ishlarini yuritish uchun ishonchnoma berilishi). Vakolat beruvchi o'zi bergan ishonchnomani bekor qilish huquqiga ega. Bu holda vakolat beruvchi shaxs ishonchnoma qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonaga taqdim etish uchun berilgan bo'lsa, shu muassasa, tashkilot yoki korxonaga, bergan vakolatlari bekor qilinganini bildirib, yozma ravishda ariza yuboradi. Notarial tasdiqdan o'tadigan ishonchnoma ikki nusxada tasdiqlanadi. Ishonchnoma matnida, yuqorida aytilganidek, uning tuzilish joyi va vaqti, vakolat beruvchi va vakolat oluvchining ismi, otaismi va familiyasi va yashash joylari toiiq hamda aniq ko'rsatiladi. Vakolat oluvchining yashash joyi vakolat beruvchining so'zlariga asosan ko'rsatilishi mumkin. Avtotransport vositalaridan foydalanish huquqini beruvchi ishonchnomalarda vakolat oluvchining yashash joyi uning hujjatlari asosida ko'rsatiladi. Ishonchnomada vakolat oluvchiga berilgan vakolatlar aniq ko'rsatilishi kerak. Ishonchnoma uni berayotgan shaxs tomonidan imzolanganidan keyingina mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi. U tuzilib tasdiqlangach, vakolat beruvchi shaxs qo'liga beriladi yoki uning iltimosiga ko'ra va uning hisobidan vakolat oluvchi shaxsga yuboriladi. Notarial tasdiqdan o'tadigan ishonchnomalar ham turlicha mazmunda bo'ladi. Masalan, mulkni umumiy boshqarish, uyjoyni sotish uchun, oylik ish haqini yoki nafaqani olish, vorislik huquqi guvohnomasini olish, avtotransport vositasidan foydalanish va uni sotish, uy-joyni (kvartirani) sotish yoki sotib olish, jamg'armadan pulni olish uchun ishonchnomalar beriladi. E'tiboringizni ana shunday ishonchnoma namunalariga qaratamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[M. Aminov], A. Madvaliyev, N. Mahkamov, N. Mahmudov, Y. Odilov

“DAVLAT TILIDA ISH YURITISH “

«O'ZBEKISTON NASHRIYOTI» Toshkent -2020


Download 474.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling