O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti Qurilish materiyallari buyumlari va ularning konstruksiyasini ishlab chiqarish ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 318-guruh talabasi


Download 17.03 Kb.
bet3/7
Sana07.03.2023
Hajmi17.03 Kb.
#1246416
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu ora yopma plitalar va quyiladigan talablar-fayllar.org (3)

11
12
Mineral paxta ishlab chiqarish uchun domna shlaklaridan tashqari, marten shlaklari, hamda nikel, rux va qo'rg'oshin za- vodlari shlaklari ham ishlatiladi. Odatda, temir va marganes ok- sidlariga ega marten shlaklari mineral paxta ishlab chiqarishda asosan qotishma qovushoqligini kamaytirish uchun qo'shimcha sifatida ishlatiladi. Asosiy xomashyo turi sifatida marten shlaklarini ishlatishda unga mergel tuprog'i, silikat g'isht bo'laklari yoki boshqa qumtuproqli (kremnezem) xomashyo qo'shiladi. Mineral paxtadan quyidagi issiqlik izolatsiya mahsulot turlari tayyorlanadi: a) yumshoq — namatlar (voylok), bordonlar (matlar), bog'ich- lar (shnurlar); b) qattiq — plitalar, qobiqlar, segmentlar. Bu ikki guruhdan tashqari, yarim qattiq plitalar deb nomla- nuvchi, mohiyati bo'yicha zichroq voylokni o'zida aks ettirgan plitalar ham ishlab chiqariladi. Matlaming alohida turi — simli setka yoki qattiq qog'oz qo- biqU tikilgan matlardir. Bunday matlar ko'pincha matraslar de- yiladi. Shnurlar qog'oz bilan o'ralgan mineral paxtadan tashkil top- gan. Ular paxta bilan to'ldirilgan qog'oz shlanglarni eslatadi; ular
dan turar-uy devorlari choklarini isitish uchun pakla o‘rnida ishlatiladi.
13
14
Mineral paxtali mahsulotlarni tayyorlashda paxta tolalarini bog'lash uchun ko'p bog'lovchi mod,- dalar tavsiya qilingan: organik (neftli bitumlar, sintetik smolalar) va noorganik (eruvchan shisha, sement, ayrim tuproqlar). Mineral paxtali mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanuvchi bog'lovchi moddalar quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo'lishi kerak: — mustahkam materiallar olishga imkon beruvchi yuqori yelimlash qobiliyati; — tolani qoplovchi yupqa va tekis yuza hosil bo'lishi uchun yupqa disperglash imkoniyati; — haroratga chidamlilik, suvga chidamlilik, kamyob emaslik va past qiymati. Mahsulot tayyorlash uchun bog'lovchi modda turini tanlash, ko'pincha, bu mahsulotlarni qo'llash sharoitlari bilan aniqlanadi.
15
16
Mineral paxtali mahsulotlar ishlab chiqarishda eng samarali bog'lovchi moddalar — bu sintetik smolalardir. Ushbu maqsadda ishlatiluvchi sintetik smolalar quyidagi shart- larga javob berishi kerak: a) suv va boshqa eritmalarda yaxshi erishi; b) tolalar yupqa qatlam bilan qoplanishi uchun oson disperg- lanishi; d) tolaga nisbatan yaxshi adgeziyaga ega bo'lishi; e) termoreaktiv, ya’ni qayta isitilganda yumshamasligi; f) o'zicha eskirishga moyil bo'lmasligi kerak. Bu shartlarga ko'proq fenol-formaldegid va karbamid-formal- degid smolalar javob beradi. Mineral tolani yelimlash uchun qo'llaniluvchi fenolspirtlar quyidagi tarkibga ega bo'lishi kerak: a) 50% dan kam bo'lmagan quruq qoldiq; b) 9% dan ko'p bo'lmagan erkin fenol.
17
Mineral paxtali mahsulotlarga eruvchan shisha, portlandsement va ayrim boshqa noorganik bog'lovchi moddalar* qo'shish imkoniyati XX asrning 30-yillarida A.I. Jilin tomonidan o'rganilgan. Bunday mahsulotlarning harorat chidamliligi organik bog'lovchi moddali mahsulotlarga qaraganda yuqori, lekin ular katta hajmiy og'irlikka (400—500 kg/m3), kichik chidamlilikka (0,5— 1,5 kg/sm2) va kamroq elastiklikka ega. Bu xususiyatlar ularni organik bog'lovchi moddalardan tayyorlangan mahsulotlarga nis- batan kam samarali qiladi.

Download 17.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling