O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Ekotizim xizmatlarini iqtisodiy tahlil qilish


Download 1.07 Mb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1252781
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamanazorov Jasur Mustaqil ish

1. Ekotizim xizmatlarini iqtisodiy tahlil qilish.

Redutsentlar—organik moddalar hisobiga yashaydi va ular moddalarni qayta o’zlashtiriladigan birikmalarga aylantiradi. Tabiatda turli ekosistemalar uchraydi. Masalan daraxtlardagi lishayniklar yostiqchasi, yoki kichikroq muvaqqat suv havzasi, o’tloq, o’rmon, dasht, cho’l, okean, butun yer yuzining hayot bilan band qismi. Ekotizim va biogeotsenoz terminlari bir-biriga yaqindir. “Ekotizim” modda almashinuvi amalga oshib turadigan sistemani bildiradi.Ozuqa zanjiri deganda biz nimani tushunamiz? Jamoalardagi ozuqa zanjiri bu energiyaning bir organizmdan ikkinchisiga berilish ketmaketligidir. “O’simlik-hashorat-baqa-ilon-kalxat” ozuqa zanjirida birinchi bo’g’indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi. Ekotizimlar oziq to’rlari orqali o’zaro bog’langandir (2-rasm).

  • Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi. Ma’lum vaqt davomida o’simliklar tomonidan hosil qilingan organik massa jamoaning birinchi darajadagi mahsuldorligi deyiladi. U o’simliklarning quruq yoki ho’l massasi tarzida ifodalanadi. Konsument massaning ma’lum vaqt ichidagi o’sishi — bu jamoaning ikkinchi darajali mahsuldorligi deyiladi.

Har bir ozuqa zanjiri, birlamchi va Ikkilamchi hosildorlik hosil qilish tezligi va mahsulotlarning taqsimlanishi bo’yicha turlichadir. Ekotizimlarda birlamchi va Ikkilamchi hosildorlikning miqdoriy ko’rsatkichlari mavjud. O’rmon ekotizimi bo’ylab sayohatni tasavvur qilib ko’raylik: daraxtlar, butalar, mayda o’simliklardan iborat. Bu yerda siz olmaxon, qushlar va hasharotlarni korishimiz va ularning ovozini eshitishingiz mumkin. Yana maymun va qo’ziqorinlarni ham ko’rishingiz mumkin. Bu yerda yuzlab turlar yashaydi. Hozir esa bug’doy dalasini tasavvur qiling. Siz bu yerda bir nechtagina turni uchratishingiz mumkin: bug’doy o’simligi, hasharotlar va begona o’tlardir. O’rmon bug’doy dalasidan ko’ra ko’proq turdagi o’simliklardan iborat. O’rmon yuqori darjadagi biologik xilma-xillik yani bioxilma-xillikdan iborat. Bioxilma-xillik ekotizimda hayotning turli tumanligini anglatadi.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling