Mavzu: Ekotizim tovarlari va xizmatlari: tabiatga taxdid solish. Talaba 2-kurs 221-guruh talabasi MAMANAZAROV JASUR OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI IQTISODIYOT YO`NALISHI MUSTAQIL ISH Mavzu: Ekotizim tovarlari va xizmatlari: tabiatga taxdid solish. Mavzu: Ekotizim tovarlari va xizmatlari: tabiatga taxdid solish. Reja: 1. Ekotizim xizmatlarini iqtisodiy tahlil qilish. 2. Tabiatni muhofaza qilishning institutsional mexanizmlari. 3. Ekoturizm. Ekologik tizim deb birga yashovchi har xil organizmlar va ularning yashash muhiti orasidagi qonuniyatli bog’lanishga aytiladi. Bunga o’rmon, o’tloq, ko’l va boshqalar misol bo’ladi. Masalan, o’rmonni shunday ta’riflasa bo’ladi: “o’rmon bu geografik shakllangan, o’z-o’zini boshqaruvchi o’simlik va hayvonlar pouliyatsiyalari yig’indisi bo’lib, ular uchun muhitni boshqaruvchi asosiy rolni bir tur, yoki bir necha turga mansub pouliyatsiya o’ynaydi”. Ana shunday jamoalarni ifodalash uchun akademik V.N.Sukachev(1942) biogeotsenoz terminini tavsiya etgan. Organizmlar va anorganik komponentlar birligida, modda almashinuvini amalga oshiradi. Shu tarzda ekologik tizim tashkil topadi. “Ekotizim” tushunchasi ilk bor ingliz ekologi Albert Tensli (1935) tomonidan qo’llanildi. U ekotizimlarni tabiatning yer yuzidagi eng asosiy birligi deb hisobladi. Modda aylanishining amalga oshishi uchun anorganik moddalar va yana 3 ekologik guruh organizmlari—produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar bo’lishi lozim. Produtsentlar—bu avtotrof organizmlar bo’lib, anorganik birikmalaridan foydalanadi. Konsumentlar—bu geterotrof organizmlar bo’lib, produtsentlar va boshqa konsumentlar hosil qilgan organik moddalardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |