O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti s port boshqaruvi kafedrasi chaqiriqqacha harbiy ta`lim yo`nalishi


Download 121.96 Kb.
bet5/7
Sana15.03.2023
Hajmi121.96 Kb.
#1268712
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BOZOROV KURS ISHI (3)

CHQBT FANINI NAZORAT QILISH
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda mazkur qarorga muvofiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbar va o‘qituvchilari lavozimlariga oliy ma’lumotli, kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan, shuningdek, yuqori tajriba va malakaga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablaridagi mavjud chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikka oid o‘quv-moddiy bazani o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari balansiga topshirish va qabul qilib olish ishlarini amalga oshirsin. har yili ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarga oid o‘quv-moddiy bazani yaratish va uni yanada takomillashtirishga doir qarorlar qabul qilish, tadbirlar rejasini ishlab chiqish; ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari ishtirokidagi o‘quv yig‘inlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi;
Ta’lim muassasalari o‘quvchilarining uch kunlik o‘quv-dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayoniga amaliy yordam ko‘rsatadi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarini muddatli harbiy xizmatchi va kursantlarning kundalik faoliyati, ularning maishiy ta’minoti, shuningdek.
2 O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonuni.2001

Qurol-aslaha, harbiy texnika namunalari bilan tanishtirib borish maqsadida ta’lim muassasalari bilan harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; ChQBTga oid qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar hisobini yuritishga, ularni saqlash va topshirishga oid yo‘riqnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek sohaga doir tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar tayyorlaydi; Ta’lim muassasalarida ChQBT rejasi butun o‘quv yili uchun haftalarga taqsimlangan holda ishlab chiqiladi, shuningdek umumiy dars jadvaliga kiritilgan holda o‘quv guruhlariga bo‘linib o‘tkaziladi, ushbu guruhlar o‘quvchilar soniga ko‘ra seksiyalarga bo‘linadi. Ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga muvofiq eng ibratli o‘quvchilar orasidan guruh va seksiya komandirlari tayinlanadi. Ta’lim muassasalari o‘quvchilariga quroldan o‘t otishni o‘rgatish mashg‘ulotlari faqat o‘t otish maydonlarida yoki tirlarda “O‘qli qurollardan o‘t otish kursi” talablariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkaziladi. Ta’lim muassasasi ixtiyoridagi ko‘chmas tirda tashkil etiladigan otish tayyorgarligi mashg‘ulotlarida faqat pnevmatik va kichik kalibrli miltiqlar qo‘llaniladi.


Bunday mashqlarni amaliy bajarishga faqat o‘t otish mashqlarining shartlari va xavfsizlik qoidalariga oid bilim va ko‘nikmalar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga ruxsat beriladi. Ta`lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar ta’lim muassasalari o‘quvchilari qalbida Vatanga sodiqlik, yurt tarixiga va xalqimizning ezgu an’analariga hurmat bilan qarash tuyg‘ularini shakllantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga so‘zsiz amal qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ular o‘rtasida yurt an’analarini targ‘ib qilish, harbiy xizmatga hurmat bilan qarash, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar, Vatanga qasamyod va umumqo‘shin nizomlarida bayon etilgan talablar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish fazilatlarini, intizomlilik, jasurlik, tashabbuskorlik va Vatan himoyasiga shaylik sifatlarini tarbiyalash maqsadlarida tashkil etiladi va olib boriladi. Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ChQBT fani bilan uyg‘unlashtirilib, ular tomonidan harbiy ishning sir-asrorlari, shu jumladan ommaviy qirg‘in qurollari ta’siridan saqlanish vosita va usullari, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan sharoitda amalga oshiriladigan xatti-harakatlar puxta o‘zlashtiriladigan tarzda tashkil etiladi.
ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining malakasini oshirish o‘z ichiga, ularni oliy ta’lim muassasalari huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida tahsil olishi, shuningdek har yili o‘tkaziladigan besh kunlik o‘quv-uslubiy yig‘inlar, har oyda bir marta o‘tkaziladigan uslubiy mashg‘ulotlar, ta’til vaqtida o‘tkaziladigan uch kunlik seminar kabi uslubiy tayyorgarliklarni qamrab oladi ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida tashkil etiladi. ChQBT fani uchun xona, ushbu tayyorgarlikning amaliy masalalarini o‘tkazish uchun joy va maydonlar ajratish, shuningdek ushbu fanga oid o‘quv-moddiy bazani mazkur Nizom hamda ChQBT dasturida belgilangan talablarga muvofiq muntazam ravishda takomillashtirib borish choralarini ko‘rish;
O`quvchilarning ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning sifatini oshirish maqsadida ta’lim muassasasiga biriktirilgan harbiy qism, oliy harbiy ta’lim muassasasi va jamoat tashkilotlari yordamidan doimiy ravishda foydalanish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan o‘quvchilarni tanlash va tayyorlash ishlarida mudofaa ishlari bo‘limiga yaqindan yordam berish, guruh rahbarlari bilan hamkorlikda chaqiruv uchastkasida qayd etilishi lozim bo‘lgan o‘smirlarga tavsifnomalar tayyorlash. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasalari o‘quvchilarining harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyasini tashkillashtirish borasida o‘quvchilar tarbiyasi bo‘yicha mas’ul (direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari), jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, guruh rahbarlari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va ta’lim muassasasining pedagoglar jamoasi bilan hamkorlikda ish olib boradi.


3 Inoyatov I.YU. Abilov M.X. «Vatan himoyasi muqaddas burch». 2001

ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi ta’lim muassasasida joriy etilgan navbatchilik xizmatiga jalb etilishi mumkin. Uning zimmasiga mazkur Nizomda nazarda tutilmagan boshqa majburiyatlar yuklanmaydi.



Download 121.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling