O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti s port boshqaruvi kafedrasi chaqiriqqacha harbiy ta`lim yo`nalishi


Download 121.96 Kb.
bet6/7
Sana15.03.2023
Hajmi121.96 Kb.
#1268712
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BOZOROV KURS ISHI (3)

CHQBT RAHBARI VAZIFASI
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (keyingi o‘rinlarda ChQBT deb ataladi) chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etiladi va olib boriladi. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashni tashkil etish, amalga oshirish, natijalarini nazorat qilib borish, ChQBTni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Markaz tomonidan amalga oshiriladi. ChQBT, fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslari fani bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, ta’lim muassasalari o‘quvchilariga ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi. har yili ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarga oid o‘quv-moddiy bazani yaratish va uni yanada takomillashtirishga doir qarorlar qabul qilish, tadbirlar rejasini ishlab chiqish; ta’lim muassasalari o‘quvchilarini muddatli harbiy xizmatchi va kursantlarning kundalik faoliyati, ularning maishiy ta’minoti, shuningdek qurol-aslaha, harbiy texnika namunalari bilan tanishtirib borish maqsadida ta’lim muassasalari bilan harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; ta’lim muassasalari direktorlari, ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida qayta tayyorgarlikdan o‘tishini va malaka oshirishini tashkillashtiradi;ta’lim muassasalari o‘quvchilarida amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida har yilgi “Fuqaro muhofazasi” kunlarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatadi; Ta’lim muassasalari o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularda Vatanga chuqur muhabbat va vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-ruhiy, faol hayotiy pozitsiya, diniy ekstremizm va fundamentalizm g‘oyalariga qarshi immunitet hosil qilish, harbiy burchni ongli ravishda bajarishga bo‘lgan munosabatni shakllantirish, mamlakatda
4 Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash» o‘quv dasturi. 2005

Olib borilayotgan islohotlarning aniq maqsadi va mohiyatini anglab yetish, shuningdek yurt kelajagi va taqdiri uchun yuksak javobgarlik hissi kabi fazilatlarni shakllantirishga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi; . Ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar ta’lim muassasalari o‘quvchilari qalbida Vatanga sodiqlik, yurt tarixiga va xalqimizning ezgu an’analariga hurmat bilan qarash tuyg‘ularini shakllantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga so‘zsiz amal qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ular o‘rtasida yurt an’analarini targ‘ib qilish, harbiy xizmatga hurmat bilan qarash, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar, Vatanga qasamyod va umumqo‘shin nizomlarida bayon etilgan talablar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish fazilatlarini, intizomlilik, jasurlik, tashabbuskorlik va Vatan himoyasiga shaylik sifatlarini tarbiyalash maqsadlarida tashkil etiladi va olib boriladi. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining malakasini oshirish o‘z ichiga, ularni oliy ta’lim muassasalari huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida tahsil olishi, shuningdek har yili o‘tkaziladigan besh kunlik o‘quv-uslubiy yig‘inlar, har oyda bir marta o‘tkaziladigan uslubiy mashg‘ulotlar, ta’til vaqtida o‘tkaziladigan uch kunlik seminar kabi uslubiy tayyorgarliklarni qamrab oladi. ChQBT fani rahbari hamda o‘qituvchisiga uslubiy ishlarni va fanga oid o‘quv-moddiy bazani yanada takomillashtirish, shuningdek uslubiy ishlarga oid shaxsiy topshiriqlarni bajarish, uslubiy qo‘llanmalar yaratish, navbatdagi mavzularga oid mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, sohaga oid to‘plangan shaxsiy tajribani umumlashtirish uchun ish haftasining bir kuni ajratiladi. Ta’lim muassasasi direktori yoshlarning ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyasini puxta tashkillashtirilishi, sifatli o‘tkazilishi, sohaga doir ijobiy natijalarga erishilishi, ta’lim muassasasi ixtiyoriga berilgan o‘quv qurol-yarog‘lari, kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlar, ularda qo‘llaniladigan patronlar but saqlanishi uchun javob beradi. ChQBT fani bo‘yicha o‘qishning boshlanishi va yakunlari, guruhlarni tuzish, guruh va seksiya komandirlarini tayinlash, kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlardan o‘t otish mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va o‘tkazish, bir oylik harbiy-vatanparvarlik oyligini tashkil etish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun targ‘ibot-tashviqot va nomzodlarni saralab olish ishlarini tashkillashtirish hamda o‘tkazish, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha eng yaxshi ta’lim muassasasi va eng yaxshi o‘qituvchi” ko‘rik- tanlovlarini, shuningdek, uch kunlik o‘quv-dala mashg‘ulotlari hamda “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqalarining dastlabki bosqichini tashkil etish va o‘tkazish, ChQBT, jismoniy tarbiya va tibbiy bilim asoslari fanlari metodikasini takomillashtirish komissiyasini tuzish bo‘yicha buyruqlarni o‘z vaqtida chiqarish

Xulosa
Vatannni sevmoq bizga sunnatdir. «Vatannni sevmoq iymondandir», deyiladi Hadisi sharifda. Vatanni sevgan, Vatan nima ekanini his etgan, Vatanidan uzoqiashganda uni sog'inadigan, Vataniga qayerda boimasin talpinib yuradigan har bir iymonli kishi umr bo‘yi el-yurt qayg‘usi bilan yashaydi Hozirgi kunda bilimlar juda ko’p bo`lib, ularni egallash uslublari ham zamon va makon talablari asosida tubdan o’zgarmoqda, ular nafaqat zamonaviy zarur bilimlar yig’indisida, balki yangi bilimlarni o’rganish uslublarida ham katta o’zgarishlar ro’y bermoqda. respublikamizda ta’lim tizimining modernizatsiyasi amalga oshirilayotgan ayni paytda yangi mazmun, yondashuv, pedagogik mentalitet taklif etilmoqda.
Bunday sharoitlarda fan o’qituvchilari zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g’oyalar, yo’nalishlarning keng qamrovida harakatlanishlariga to’g’ri keladi.Ma’lum narsalarni ochish emas, balki respublikamizda mavjud, qolaversa, xalqaro ijobiy pedagogik tajribalardan foydalanishlari zarur. Bugungi ta’lim texnologiyalarini o’rganmay turib, pedagogik savodli mutaxassis bo’lishi mumkin emas. Zero, “Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish. O`zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni.


Download 121.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling