O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


Opera va balet san’at yo’nalishida Madaniyat sohasi


Download 72.31 Kb.
bet5/9
Sana16.03.2023
Hajmi72.31 Kb.
#1278210
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doc kurs ishi metodika (2)

1.1 Opera va balet san’at yo’nalishida Madaniyat sohasi.
Jumladan, respublikada opera va balet san’atini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida milliy opera va balet san’atida ustoz-shogird an’analari va mahorat maktablarini rivojlantirish, opera va balet san’atidagi iste’dodli va yuqori malakali ijodkorlarning mahorat maktablarini tashkil etish, mahorat maktabini yaratgan ijodkorlarni Davlat budjeti hisobidan asosiy ish joyi orqali har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida qo‘shimcha rag‘batlantirib borish va boshqa chora-tadbirlar belgilandi. 
Opera va balet san’ati uchun amaliy ko‘nikma va zarur mahoratga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash, teatr va ta’lim tashkilotlari uzviyligini ta’minlash hamda bunga sohadagi faxriylar va ustoz ijodkorlarni keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi huzurida Xoreografiya o‘quv teatri, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Vokal akademiyasi hamda Opera va balet asarlarini yaratish ijodiy ustaxonasi, 70 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Faxriylar orkestri tashkil etiladi.
Shuningdek, teatr bilan madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim tashkilotlarining uzviy hamkorligi sifatida teatr buyurtmasiga asosan vokal xonandalar, orkestr va xor artistlari, balet sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun madaniyat va san’at sohasidagi tegishli ta’lim tashkilotlariga har yili maxsus kvota ajratiladi. V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari konsert-pedagogik dasturini shakllantirishda teatrning repertuarlari inobatga olinadi.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Balet rejissyorligi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
Qarorga muvofiq, madaniyat va san’at, shu jumladan opera va balet san’ati uchun texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni, xususan grim ustasi, rekvizitor, sahna montajchisi va yorituvchini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab texnikum tashkil qilanadi. 
Hujjatda madaniyat va san’at sohasi, shu jumladan opera va balet san’ati bo‘yicha yirik ijodiy ishlarni amalga oshirgan soha vakillari uchun Madaniyat sohasi akademigi maxsus unvoni ta’sis etilishi belgilandi. 
Maxsus unvon sohiblariga Badiiy akademiyaning akademiklari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi, shu jumladan ularga daromad solig‘idan ozod qilinadigan oylik gonorar to‘lanadi.
Madaniyat sohasi akademigi madaniyat va san’at sohalarida yirik ijodiy ishlarni amalga oshirgan ijodkorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan saylov natijalariga ko‘ra beriladi.
Bundan tashqari teatrga har yili kamida to‘rtta milliy hamda jahon klassik opera va balet asarlarini sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasini berish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Davlat budjeti hisobidan tarixiy va zamonaviy mavzularda tegishliligi bo‘yicha milliy hamda jahon klassik opera va balet asarlarini yaratish jarayoniga teatr tomonidan tanlov e’lon qilinadi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan milliy hamda zamonaviy jahon klassik opera va balet asarlarini yaratish va sahnalashtirish uchun xalqaro darajadagi mutaxassislar jalb qilish nazarda tutilmoqda.
Hujjatda, shuningdek, opera va balet san’ati bo‘yicha iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish maqsadida har yili fevral oyida yosh vokal ijrochilari, aprel oyida yosh balet ijrochilari, iyun oyida dirijor, rejissyor va baletmeysterlar respublika ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishi belgilandi.
Ushbu respublika ko‘rik-tanlovlarining bosh sovrini va 1-o‘rinni qo‘lga kiritganlar mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Bundan tashqari, qarorda 2022 yildan boshlab Davlat budjeti hisobidan har ikki yilda Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar ko‘rik-tanlovi va «Toshkent bahori» xalqaro opera va balet festivali o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
Opera va faqat opera sizni odamlarga yaqinlashtiradi, musiqangizni haqiqiy tomoshabinga o'xshatadi, sizni nafaqat alohida davralarning, balki qulay sharoitlarda - butun xalqning mulkiga aylantiradi.
Opera - musiqali dramatik san'at janri. Opera qorishma (sintetik) janr bo'lib, o'zida bir nechta san'at turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san'at va raqs san'ati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bog'lanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi o'rin egallaydi. Operaning adabiy asosi - librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida o'z ifodasini topadi. Operadagi rechitativ tugal musiqa shakllarini o'zaro bog'lab, musiqiy dramaturgiya jarayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambllarda qahramonlarning o'zaro munosabatlari, dramatik voqealar o'z aksini topadi. Xor ro'y berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida halq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta o'rin egallaydi: Vokal shakllarga jo'r bo'ladi, mustaqil cholg'u qismlarda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning g'oyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab an'analari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bog'liq.

Download 72.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling