2. Hujjat sahifalarini bildiruvchi piktogrammalar.
Keyingi sahifaga o`tishning eng sodda usuli F12 klaviaturasini bosishdir. F12 bosilsa, bitta avvalgi sahifaga qaytamiz. Agar siz ko`proq sichqonchani ishlatishni ma`qul ko`rsangiz, hujjat sahifalari bo`ylab surilishning yana bir usuli bor. Hujjat oynasining chap tomondagi quyi burchagida sahifa ko`rinishidagi piktogrammalar joylashgan. Chap tomondagi piktogrammalar shablon-sahifalarga mos keladi. o`ngroqdagi piktogrammalar esa hujjat sahifalariga mos keladi.
Uskunalar paneli (Toolbox)
Uskunalar panelini ekranga chiqansh uchun Window tavsiyanomasing
Toolbox buyrug`ini ishga tushiramiz.
Uskunalar paneli
- «Strelka» (Pointer) asbobi biror-bir obyektni tanlash uchun ishlatladi.
- «Matn» (Text) asbobi klaviaturadan matn kiritish uchun ishlatiladi.
- «Burilish» (Rotating) obyektlarni burish imkonini beradi.
- «To`g`ri chiziq» (Line) asbobi yordamida to`g`ri chiziq chizish mumkin.
- «Ramka» (Cropping) asbobi tasvirlarni ramka ichiga joylashtirish imkonini beradi.
- «To`g`ri chiziq» (Line) asbobi yordamida to`g`ri chiziq chizish mumkin.
Abzaslarni formatlash
Abzasni formatlash atributlarini o`rnatish uchun Paragraph Ipecification (Abzas parametrlari) muloqot oynasidan foydalanamiz. Muloqot oynasini ochish uchun Type (Matn) tavsiyanomasining Paragraph (Abzas) buyrug`ini ishga tushiramiz yoki Ctrl+M klaviaturalar kombinatsiyasidan foydalanamiz.
Tavsiyanoma yordamida abzasni formatlash uchun Type (Matn) tavsiyanomasining Alignment (Выключка) ost tavsiyanomasidan foydalanamiz.
Boshqaruvchi palitra yordamida abzasni formatlash eng tez usul hisoblanadi. Abzasni formatlash klaviaturalari abzas oxiri belgisi bor klaviaturadan o`ngda joylashgandir. Abzasni formatlash vaqtida abzas chegaralarini o`rnatishimiz va o`zgartirishimiz, abzas stilini o`zgartirishimiz, abzasning birinchi satr surilishi (otstup)ni belgilashimiz va sanab o`tiluvchi ro`yxatlarni fonmatlashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |