O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining natija va ilmiy farazi


Download 1.16 Mb.
bet6/11
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1354735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JAVG`ASHOV OBID

Bitiruv malakaviy ishining natija va ilmiy farazi: Yaxshi darsliklar, didaktik va metodik o‘quv ko‘rsatmali qurollar hamda texnik vositalar;
Guruhda yaxshi psixologik muhit bo‘lishi;
O‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro munosabatlar bo‘lishi.
Umumiy pedagogik shart-sharoitlarga amal qilib, mavzuning didaktik maqsadini to‘g`ri tashkil qilinsa darsning sifati yuqori va samarali dars ishlanma yaratiladi.
Ta’limning samaradorlik mezoni, uning xalqaro standartlar talabiga javob berishi bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi davlat standarti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (2002-yil 21-fevral 54-sonli) buyrug’i bilan tasdiqlanib hayotga joriy qilinmoqda. Uzluksiz ta’lim standartlarining davlat tizimidagi Oliy ta’lim talablari ishlab chiqilgan. Xamma fanlar qatori tasviriy san’at bo‘yicha Davlat ta’lim standarti, qo‘yilgan talablar maqsad va vazifalar ishlab chiqilgan.
Bezak san'atida qo‘llanadigan materiallarning estetik jiqatdan eng kerakli sifatlari — yorqinligi, rangi, fakturasi, hajmi, vazni yoki pishiqligi sanaladi. Bular yaratilayotgan shakllarning aniqlik darajasi, umumiy hajmning mutanosibligi va boshqalarda ko‘rinadi. Materiallarning mana shu sifatlarini nazarda tutib to‘g‘ri tanlanishi asar shakli va qiyofasini yaratayotganda bu sifatlardan to‘g‘ri foydalanish mazkur asar beradigan taassurotlarning (masalan, bayram, sport o‘yinlari, tantanalar va sh.k. ruhini) yorqinligini ta'minlaydi. Intererni badiiy bezashda dekorativ–amaliy san'atning yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, dekorativ haykaltaroshlik, mozaika, vitraj, chekanka va boshqa turlaridan foydalaniladi. Badiiy bezash ishlarida amaliy bezak san'atining ana shu turlarini qo‘llashdan maqsad ta'lim va tarbiya maskani bo‘lmish o‘quv yurti intererining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘laroq yoritishdan, yoshlarda san'atga 15 1–rasm. Temuriylar tarixi Davlat muzeyi. qiziqish uyg‘otishdan va amaliy bezak san'at sirlarinidan voqif bo‘lishlari va bu san'atga yaqinroq bo‘lishlarini ta'minlashdan iboratdir.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling