O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifasi


Download 1.16 Mb.
bet4/11
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1354735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JAVG`ASHOV OBID

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifasi. Amaliy va badiiy bezak san'ati fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar:
— o‘zbek milliy san'atida badiiy naqqoshlikning roli;
— badiiy naqqoshlikning o‘ziga xosligi va estetik mohiyati;
— amaliy va badiiy bezak san'atida kompozitsiya masalalari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar;
— tasviriy san'atda amaliy san'atning o‘rni va roli;
— naqsh turlari, badiiy naqqoshlikda zamonaviy ramzlar va milliy qadriyatlar;
— murakkab naqshli kompozitsiyalar tuzish;
— amaliy–dekorativ san'atda kompozitsiya;
— amaliy bezak san'atida kompozitsiyaning qo‘llanilishini o‘rganadi va ulardan foydalanadi;
— kompozitsion markaz, konstruktsiya, mavzu, harakat, yaxlitlik, kolorit, nisbatlar, me'yor, mutanosib va nomutanosiblik;
— dekorativ san'at turlarida janrli kompozitsiya;
— o‘quv va tarbiya jarayonida badiiy bezak san'atining o‘rni;
— amaliy bezak san'atida kompozitsiya, rang masalalari;
— shriftlar va materiallarda ishlash texnikasi;
— interer va ekstererda badiiy bezash;
— kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlari, frontal kompozitsiya elementlari, zamonaviy ekspozitsiya va konstruktsiyalar;
— badiiy bezak san'atida xalq amaliy san'ati turlaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti: Rassom ustaxonasida ijodkor bilan hamkorlik manzara kompozitsiya asoslari va uning amaliyotda qo‘llash usullarini o‘rganish.
Manzara kompozitsiya qalamtasvir asoslari, buyum naturada perspektiva, yorug’-soya nisbatlarini tasvirlanishini amaliyotda o‘rganish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: kasb-hunar kollejlarining tasviriy san’at darslarida narsaning o‘ziga qarab rasmini chizish darslari.
Amaliyotda tutgan o‘rni: Inson hayoti va faoliyati davomida zarur bo‘lgan bilimlar sarhadi tobora kengayib borayotgan hozirgi sharoitda muayyan faktlar yig‘indisini o‘zlashtirish bilan chegaralanib qolishi uni ma'naviy qashshoqlikka olib keladi. Shuning uchun talabalarga o‘z bilimlarini mustaqil ravishda to‘ldirib va boyitib borishni, o‘zining diqqat–e'tiborini axborotlarning eng muhimlariga qaratishni o‘rgatish talab etiladi. Bu vazifa talabalarning badiiy bezash ishlarini ta'lim–tarbiya jarayoni bilan uzviy bog‘liq holda kengaytirish va rivojlantirishni taqazo etadi. Amaliy va badiiy bezak san'ati turlari ijodiy mehnat bilan chambarchas bog‘liq va shuning uchun talabalarda ishga ijodiy munosabatni tarkib toptiradi, ularni ma'naviy jihatdan boyitadi. Amaliy va badiiy bezak san'ati bugungi hayotimizning turli sohalarini, har xil voqealarni to‘la qamrab olishi lozim. U davlatning tashqi va ichki siyosatini, xalqning mehnatdagi yutuqlarini, mamlakat tarixi, ilmiy, badiiy hayotidagi yangiliklarni, tabiat va boshqalarni ifodalashi kerak.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling