AMINLARNINGSIFAT REAKSIYALARI.
1. HNO3 bilan reaksiya.
Birlamchi alifatik aminlar nitrat kislota ta’sirida ularga mos keluvchi spirtlarga aylanadi.Reaksiya tenglamasini yozing.Aramatik aminlar diazobrikmalarga aylanadi va ular o’z navbatida azo bo’yoqlariga aylanadi.
2. a) 0,2 gr sulfaanil kislotaning 0,5 ml 2 normalli natriy ishqordagi eritmasini tayyorlaymiz va uning bir tomchisini filtr qoqozga tomizamiz.Hosil bo’lgan dog’ga 10 % li natriy nitritdan tomizamiz. 1 normal HCl dan va 2 n NaOH dan tomizamiz. 1n HCl dagi va 2 n NaOH dagi betta naftal eritmasidan tomizamiz.Birdan zargaron rang hosil bo’ladi.
b) 2 lamchi aminlan alifatik aminlar singari nitrat kislota ta’sirida nitroza aminlar hosil qiladi.Ular harakterli reaksiyalar yordamida aniqlanadi.
v) Alifatik va aromatik uchlamchi aminlar nitrat kislota bilan reaksiga kirishadi.Alifatik aramotik uchlamchi aminlarga ishlov berilganda uglerodli nitroza brikmalar hosil qiladi.
Tajriba 2.
Probirkaga 1 ml dimetilanilin solinadi va 2 tomchi kons.HCl qo’shiladi.Probirkadagi modda sovuq suvda sovutiladi.Shunday so’ng 2 tomchi 30 % natriy nitrit qo’shladi. Har tomchidan so’ng probirka chayqatilib sovutiladi.Aralashma sariq jigar rangga kirishiga sabab nitroza dimetilanilin hosil bo’ladi.Sof 2-nitroza dimetil anilin ajratib olish uchun probirkaga asta sekin tomchilatib 5 % natriy korbanat solinadi.Yashil rang paydo bo’lgandan so’ng 2 ml efir qo’shilib chayqatiladi.Efir qatlami 2-nitroza dimetilanilin zumrad yashil rangga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |