АRОMАTIK QATORDA ELEKTROFIL ALMASHINISH ЕАKSIYALАRI BO`YICHА SINTЕZ
NITROLASH BO`YICHA BAJARILADIGAN SINTEZ
NITROBENZOL
N6 + NОNO2S6N5NО2 + N2О
Reaktivlar
Benzol 18 ml yoki 15,6 g
NNO3 (d=1,4) 20 ml (0,29 mol)
N2SО4(d=1,84) 25 ml
Nа2SО3,SаS12
Tajriba mo‘rili shkafda o‘tkaziladi.
200 ml sig‘imli yumaloq tubli kolbada NNО3 va N2SO4 sovitib turilgan holda oxistalik bilan aralashtiriladi. Kolbaga havo sovitgichi o‘rnatilib, uy temperaturasigacha sovitilgan aralashmaga chayqatib turilgan holda, oz-ozdan 2-3 ml S6N6 quyiladi. Temperaturani 50°S atrofida ushlab turish uchun kolba suv hammomiga tushiriladi. Ko‘rsatilgan miqdordagi S6N6 quyib bo‘lingandan so‘ng, suv hammomining temperaturasi 60°S ga ko‘tarilib, aralashtirilib turilgan holda reaktsiya 45 minut davom etadi. Reaktsiya davomida m-dinitrobenzol hosil bo‘lmasligi uchun temperaturani bir me‘yorda ushlash kerak, so‘ngra reaktsion aralashma sovitilib ajratgich voronkaga kuyiladi va kislotali qavatni nitrobenzolli qavatdan ajratiladi. Nitrobenzol oldin suv, so‘ngra 3,5% li soda eritmasi karbonat angidrid gazi chiqib ketguncha yuviladi. (Bunda ajratkich voronkaning yuqori qismi ochiq bo‘lishi kerak)
Nitrobenzolni suvli kismdan ajratib, quritish uchun SаSl bo‘lagi va havo sovitgichi bilan jihozlangan kolbaga quyiladi, hamda sutsimon mahsulot tiniq holga kelguncha suv hammomida qizdiriladi. Quritilgan nitrobenzol kichikroq Vyurts kolbasiga quyilib, havo sovitgichi orqali haydaladi va uni 207-211°C dagi fraktsiyasi yig‘ib olinib, haydash to‘xtatiladi. Haydashni batamom oxirigacha olib borish xavfli, chunki nitrobenzol dinitrobenzol bilan aralashgan bo‘lsa portlash yuz berishi mumkin. Toza nitrobenzolning qaynash temperaturasi 210,9°Sga teng.
;
Miqdori 25 g atrofida.
Do'stlaringiz bilan baham: |