O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 1.52 Mb.
bet22/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#237780
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Bog'liq
2 5199505026493449831

NITROANILIN

Reaktivlar:

4-nitroatsetanilid —15 g,

25% li sulfat kislota —70 ml,

10% li natriy ishqori eritmasi,



10% li xlorid kislota.

1- usul.

Avvalgi tajribada sintez qilingan yoki laboratoriyada saqlanayotgan 4-nitroatsetaniliddan 15 g olib, hajmi 250 ml bo‘lgan yumaloq tubli kolbaga soling, unga qaytar sovitgich ulash oldidan asta-sekin 70 ml 25% li sulfat kislota quying. So‘ngra aralashmani 4-atsetanilid erib ketguncha qizdiring, eritma qo‘ng‘ir tusga kiradi. Qaynoq eritmani buklama filtr qog‘oz yordamida filtrlang. Filtratga muhit ishqoriy bo‘lguncha (rN- indikator qog‘oz) 10% li natriy gidroksid eritmasi qo‘shing. Bunda 4-nitroanilinning to‘liq cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Uni nutch - filtrlang, suv bilan yaxshilab yuving. Suvda qaynatib, qayta kristallab olsangiz ham bo‘ladi. Issiq shkafda quriting, harorat 60°S dan oshib ketmasin. Unumi 11-12 g.



4- nitroanilin ignasimon sariq kristall, Tsuyuq = 147,5°S.

. Spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi. Oson sublimatsiyaga uchraydi.

–NITRONAFTALIN





Reaktivlar.

Naftalin 12,8 g (0,1 mol)

Nitrat kislota (d=1,4) 10 g (0,1 mol)

Spirt
Stakanda ko‘rsatilgan miqdordagi nitrat kislotani olib, uni sovitib va aralashtirib turgan holda unga sulfat kislota oz-ozdan quyiladi. So‘ngra kislotalar aralashmasiga yaxshi ezib maydalangan naftalin aralashtirib turilgan holda oz-ozdan qo‘shiladi. Bunda reaktsion massaning temperaturasi 50°S dan oshmasligi kerak. Naftalin qo‘shib bo‘lingandan so‘ng reaktsion massa 1 soat 60°S da ushlab turiladi. So‘ngra stakanga 200 ml sovuq suv quyilsa, tangachasimon (- nitronaftalin hosil bo‘ladi. Undan kislotali suv to‘kib tashlanib, kislotali muhit yo‘qolguncha yana 2-3 marta 100 ml suv bilan 15 minutdan qaynatib, har gal suv to‘kib yuboriladi. Suyuqlantirilgan - nitronaftalin stakandagi 200 ml sovuq suvga aralashtirib turilgan holda sekin quyilganda u qizg‘ish-sariq donador sharchalar hosil qilib qotadi. Cho‘kma Byuxner voronkasida filtrlanib suyultirilgan spirtda qayta kristallantiriladi.

Miqdori 15 g.

Toza sarg‘ish ignasimon а- nitronaftalin kristallarining suyuqlanish temperaturasi 61°S.




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling