n-Bromtoluol sintezi
Reaktivlar: 11,5 ml toluol, 25 gr dioksandibromid (tayyorlanishini 151-betga qarang), natriy gidroksidning 2 n. eritmasi, dietil efir, kalsiy xlorid.
Ish mo’rili shkafda bajariladi!
Sig’imi 50 ml li uzun bo’yli, tubi yumaloq kolbaga 11,5 ml toluol va 25 gr yangi tayyorlangan dioksandibromid solinadi. Aralashma 40 minut davomida suv hammomida 30-4000C gacha (termometr hammomga tushirilgan) qizdiriladi (bunda vodorod bromid ajralib chiqadi). So’ngra uni aralashtirib turib 100 ml 2 N. natriy gidroksid eritmasiga ag’dariladi. Ajralib chiqqan og’ir moysimon suyuqlikni ajratgich voronkaga quyib, efir bilan ekstraksiya qilinadi (50 ml dan ikki portsiya). Ekstraktlarni qo’shib suv bilan yuviladi va kalsiy xlorid ustida quritiladi. Efir suv hammomida haydaladi va so’ngra suv sovitgich o’rniga havo sovitgich ishlatib 182-1840C da qaynaydigan n-bromtoluol fraksiyasi yig’iladi. n-bromtoluol miqdori 13 g. Mahsulot uzoq vaqt saqlanganda kristallanadi.
n-Bromtoluol – kristall modda, suvda erimaydi, spirtda, efirda eriydi. Molekulyar massasi 171,04; qaynash temperaturasi 1850C; suyuqlanish temperaturasi 28,50C; 1,390.
Do'stlaringiz bilan baham: |