O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


– ball to`plagan sinaluvchilarda tafakkur jarayonlari darajasi o`rta


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1604504
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
2. – ball to`plagan sinaluvchilarda tafakkur jarayonlari darajasi o`rta
3. – ball to`plagan sinaluvchilada tafakkur jarayonlari darajasi past 
hisoblanadi. 
Muhim belgini ajratish
Bu metodika tafakkur xususiyatlari, predmetlarining muhim belgilarini ajratish 
qobilyatini tekshirishda ifodalaniladi. Ajratilgan belgilar xarakteriga ko`ra, tafakkur 
uslubi, ya’ni aniq va mavhum tafakkurning ustunligi haqida bilish mumkin. Ushbu 
metodikani 3 -4 sinf o`quvchilarini tekshirishda qo`llash mumkin. 
Tajriba o`tkazish uchun maxsus qog`oz (blank) kerak bo`lib, unda so`zlar 
qatori keltirilgan bo`ladi. Har bir katorda bitta asosiy so`z va qavs ichida bitta unga 
tegishli so`z berilgan bo`ladi. Bu so`zilardan qavs oldida turgan asosiy so`zga 
ko`proq aloqador bo`lgan ikki so`zining tagiga chizish kerak. Tayyor blankalar 
sinaluvchiga tarqatilgach, tajribaning birini, asosiy talablar sinaluvchiga ko`rsatma 
sifatida tushuntiriladi. 
1. Bog` (daraxt, bog`bon, kuchuk, yer, qo`rg`on). 
Bunda bog` so`ziga ko`proq aloqador so`zlar – daraxt, bog`bon. 
2. Daryo ( sohil, baliqchi, balik, suv, suv o`tlari). 


69 
Daryo so`ziga ko`proq aloqador so`zlar – baliq, suv so`zlari hisoblanadi. 
3. Bo`lish (sinf, bo`linuvchi, qalam, bo`luvchi, qog`oz) 
Bo`lish so`ziga ko`proq aloqador so`zlar – bo`linuvchi, bo`luvchi so`zlaridir. 
4. Sport ( medal, orkestr, musobaqa, g`alaba, stadion) 
Sport so`ziga ko`proq aloqador so`zlar – musobaqa, stadion so`zlari 
hisoblanadi. 
Topshiriqni bajarishda sinaluvchini ko`rsatmani tushunganligi, yo`l qo`ygan 
xatolariga e’tibor qilinadi. Agar sinaluvchi topshiriqni bajarish shartlarini 
tushunmagan bo`lsa, tadqiqotchi dastlabki ikki misolda bajarish zarurligini ko`rsatib 
beradi. 
Barcha hollarda sinaluvchining topshiriqni qanday bajarganligini muhokama 
qilish zarur. Muhokama jarayonida sinaluvchi qo’shimcha fikrlar bildiradi, xatolarini 
to’g’irlaydi va javoblarini to’g’irlaydi. Natijalar sinaluvchining aniq vaziyatli 
tafakkur xususiyatlarini aks ettirish bilan birga, shoshmashosharlik natijasi bo’lishi 
mumkin. Ba’zi sinaluvchilar bilan muhokama jarayoni shuni ko`rsatadiki, 
sinaluvchining belgilagan javoblari aniq tahlil asosida bo’lmay , balki tasodifiy 
xarakterga ham egadir. Shuning uchun ham olingan natijalar asosida 
sinaluvchilarning izoh berishi va muhokama qilinishi zarur. 
Quyida sinaluvchi topshiriqni bajarish uchun taqdim etiladigan maxsus 
blankani keltiramiz. 
Ilovada keltirilgan. 


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling