O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan guruhiy va


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1604504
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan guruhiy va 
individual tadbirlar. 
Boshlang’ich sinf o’quvchisi tarbiyaviy ta’sirlarni tanlashda, bo’sh 
o’zlashtiruvchi o’quvchi ham jamoat topshiriqlaridan chetga qolmasligi, balki bunday 
topshiriqlarga faol ishtirok etishiga e’tibor qaratmog’i lozim. O’quvchilarda bu 
topshiriqlarni bajarish jarayonida ongli tartib intizom va javobgarlik hissi shakllanadi. 
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarda o’qishga qiziqishni ortirish uchun turli 
xil ommaviy tadbirlarga jalb etish lozim, bu ularda irodaviy sifatlarni shakllantiradi. 
Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarda 
o’qishda har xil turdagi yordam uyushtirishi lozim. Bunda yaxshi o’qiydigan 
bolalarga biriktirishi, har xil fanlar bo’yicha maslahatchilar guruhini tashkil e’tish 
lozim. O’qish va jamoat faoliyatlarida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning kichik 
muvaffaqiyatiga ham e’tibor berish, maqtash muhim. 
Ba’zi hollarda topshiriqlarni almashtirib turib, oldindan turlicha yordam 
ko’rsatib, o’ziga ishonch va hissiy faollikka undash uchun o’qishda va mehnatda 
muvaffaqiyat vaziyatlarini yaratish ham mumkin. Javobgarlik va tartib – intizom 
evaziga bazi o’quvchilarning o’zlashtirishi yaxshilanayotganligini doimo ta’kidlash 
lozim. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar, tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan ishlashda 
ba’zi hollarda majburlash va bo’ysunish choralarini qo’llashlari mumkin, lekin 
ulardan foydalanish vaqti – vaqti bilan bo’lib, tarbiyaviy ta’sirining boshqa usullari 


59 
bilan birgalikda olib boriladi. Talabchanlik, adolatli, to’g’ri va me’yoriy bo’lish 
lozim. 
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi shaxsining irodaviy intelektual va hissiy 
sohalarida o’zaro muvofiqlik yo’qligini hisobga olib, topshiriqlarini va o’z – o’zini 
tarbiyalash vositalarini topishda har kuni yordam ko’rsatish lozim. Bu ishlarni xulosa 
qilganda jamoa oldida qo’llab quvvatlash orqali ularni rag’batlantirishi mumkin. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling