O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika yo`nalishi 2 bosqich 421- guruh talabasi boltayev abbosning optika fanidan yozgan mavzu


Download 162.14 Kb.
bet6/10
Sana20.06.2023
Hajmi162.14 Kb.
#1630858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Sovuq yorug‘lik beruvchi xilma-xil hodisalar Lyuminessensiya deb ataladi. Lyuminessensiya – lotincha lyumen, ya’ni yorug‘lik so‘zidan olingan. Lyuminessensiyani vujudga keltiruvchi sabablar ham turli-tumandir.

H ashoratlarning (masalan, yaltiroq qurtlar), daraxt chirindilari, chiriyotgan go‘sht va hokazolarning shu’lalanishi odamzodga qadimdan ma’lum, bu hodisalar sovuq holda shu’lalanishning misoli bo‘la oladi. Bu yerda shu’lalanish kimyoviy protsesslar natijasida, asosan, oksidlanish natijasida paydo bo‘ladi Agar uran nitratning sariq kristallaridan ozrog‘ini sandonga qo‘yib, qorong‘i joyda bolg‘acha bilan ursak, urilganda chiroyli yashil tusda chaqnashini ko‘ramiz. Bunda kristallning sovuq holda yorug‘lik chiqarishiga mexanik ta’sir sabab bo‘ladi. Kristallning bolg‘acha urilganda atrofga sachrab ketgan parchalari yana bir oz vaqt nur sochib turadi, bu narsa lyuminessensiya hodisasiga juda xarakterlidir.






4-rаsm. Lyuminessensiya hodisasining hosil bo’lishi

Lyuminessensiyaning hosil bo‘lishi. Yorug‘lik manbai fotoni kristallning lyuminessensiya markazini uning yutish polosasi - sathlar bilan zich to‘lgan interval sathlaridan biriga o‘tkazadi. 10-8 s vaqt ichida lyuminessensiya markazi AA sathga o‘tib, energiyani kristall panjaraga beradi. Asosiy holat sathi ВВ ga o‘tishda bu sathdan kvant chiqadi. Lyuminessensiya yuz beradigan moddalar lyuminofor moddalar deb ataladi. Lyuminessensiya markazi uyg‘ongan holatdan pastroq energiya sathiga o‘tishida o‘rtacha sarflanadigan vaqt lyuminessensiya jarayonining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanadi. Lyuminessent nurlanish to‘xtatilgandan keyin, agar u tez, taxminan sekundning o‘n milliondan bir ulushi (10-8s) da so‘nsa, lyuminessensiyaning bunday xili fluoressensiya deb ataladi. 10-8 s - uyg‘ongan atomning o‘ziga xos yashash davridir. Agar oʻztashqi elektron qobiqning sathlari uyg‘ongan bo‘lsa, odatda, atom asosiy holatga o‘tgunga qadar shuncha vaqt (10-8 s) uyg‘ongan holatda bo‘ladi.


Download 162.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling