O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika yo`nalishi 2 bosqich 421- guruh talabasi boltayev abbosning optika fanidan yozgan mavzu
Download 162.14 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Boltayev Abbos Kurs ishi rahbari: Muhammadiyev Behruz Lyuminessensiya hodisasi va uning qoʻllanilishi MUNDAREJA
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kirish Mavzuning dolzarbligi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA YO`NALISHI 2 - BOSQICH 421- GURUH TALABASI BOLTAYEV ABBOSNING OPTIKA FANIDAN YOZGAN MAVZU: Lyuminessensiya hodisasi va uning qoʻllanilishi. Bajardi: Boltayev Abbos Kurs ishi rahbari: Muhammadiyev Behruz Lyuminessensiya hodisasi va uning qoʻllanilishi MUNDAREJA: Kirish…………………………………………………………………………2 I. bob. Lyuminetsensiya hodisasi……………………………………………5 1.1.Lyuminetsensiya hodisasi haqida umumiy ma’lumot……………….….5 1.2.Lyuminetsent tahlilining tasnifi………………………………………....9 II. bob. Lyuminetsent tahlil va titrashda eritmalar………………………….13 2.1.Lyuminetsent titrlashda eritmasini tayyorlash…………………………..13 2.2.Lyuminetsent tahlilning mohiyati………………………………..…..….16 Xulosa………………………………………………………………….……23 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...24 "Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimiz haqida to‘la tasavvurga ega bo’lishi, katta ma’naviyat olib ketishi zarur. O‘sha davrda ulug‘ ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. Bunga esa ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kirish Mavzuning dolzarbligi: Ma‘lumki, yorug‘lik hodisalari yorug‘likning modda bilan ta‘sirlashishida namoyon bo‘ladi. Bunday o’zaro ta‘sirlar ham moddada, ham modda bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lgan yorug‘likda kechuvchi ma‘lum o‘zgarishlar bilan bir qatorda kuzatiladi. Yorug‘lik qaytadi, sinadi va modda tomonidan yutiladi. Modda bilan yorug‘likning o‘zaro ta‘sirlashishida kimyoviy va biologik reaksiyalar yuz beradi. Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki mohiyatini chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan hodisalar qatoriga issiqlik nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti, majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga(fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan butun sistemaning mexanik energiyasiga(yorug‘likning bosimi) aylanish jarayonlari, shuningdek, yorug‘likning turli kimyoviy ta‘sirlari(fotoximiya, fotografiya, fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu ―yangi‖ tabiatidan kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi.Fizika sohasidagi g‘oyat buyuk revolyutsiya XX asrning boshiga to‘grikeldi. Issiqlikdan nurlanish (qizdirilgan jismning elektromagnit nurlanishi )spektrlarida energiyaning taqsimlanishi sohasida o‘tkazilgan tajribalardakuzatiladigan qonuniyatlar to‘g‘ri bo‘lmay chiqdi. Maksvell elektromagnitizmining ko‘p marta ko‘rilgan qonunlarini moddaning qisqa elektromagnit to‘lqinlar chiqarishi muammosiga tatbiq etishga urinilganda to‘satdan to‘polon qilib qoldi.Maskvell elektrodinamikasi ma‘nosiz shunday xulosaga olib kelgan ediki,bu xulosaga ko‘ra, qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar nurlayotganda enetgiya yo‘qotib, absolyut nolgacha sovishi kerak. Klassik nazariyaga binoan modda bilan nurlanish orasida issiqlik muvozanati bo‘lishi mumkin emas, ammo kundalik tajriba haqiqatda bunday emasligini ko‘rsatadi. Qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar chiqarishga o‘z energiyasining bir qisminigina sarf qiladi. Download 162.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling