O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


Download 102.39 Kb.
bet17/19
Sana18.09.2023
Hajmi102.39 Kb.
#1680381
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
5A110802-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura-www.hozir.org

24 

2:3 
Grafik ta’limni rivojlantirishning pedagigik

psixologik asoslari

Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish.Kasbiy pedagogika fanida nazariy dars –


rejali tashkillashtirilgan, aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib
turiladigan ta’lim va tarbiya jarayonidir. Bu jarayonda ma’lum bir soxa bo‘yicha nazariy
bilimlar tizimli ravishda bilim oluvchilarga etkaziladi. Bu jarayonda ta’lim beruvchi nazariy
bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘llari bilan tanishtiradi.
Nazariy dars asosan maxsus jixozlangan darsxonalarda o‘tkaziladi. Bu sinfxonalarda turli
texnik vositalar ishlatilishi mumkin.
Amaliy mashg‘ulot – aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib
turiladigan. Aniq bir topshiriqni bajarish uchun keraqli nazariy darsda
KASBIY TA’LIM METODIKASI
olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko‘nikmalarni shaqllantirish maqsadida olib
boriladigan rejali ditaktik xarakatga aytiladi.
Amaliy mashg‘ulot kasb-xunar ta’limining tarkibiy qismi bo‘lib o‘quv ustaxonalarida,
laboratoriyalarda, o‘quv paligonlarida ish o‘rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan
xolda o‘tkaziladi.
Kasb-xunar ta’limi tizimining shuki nazariya va amaliyot bir biridan aloxida, yani nazariy
ta’lim o‘quv auditoriyada, amaliyot ustaxona va laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazariy
darsda keraqli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariloq berilishini ta’mindash kerak.
Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim berivchi ish faqat ish topshiriqlariga tegishli qo‘shimcha
bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy masho‘ulotlarda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning
avvalgi bilimlarida kamchilikni aniqlasa, u keraqli nazariy bilimlarni beradi.
Darsni rejalashtirish – kutilayotgan o‘quv natijalariga erishish maqsadida o‘quv jarayoniga
tayyorgarlik ko‘rish: ta’lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv ditaktik vositalar
tayyorlash.
Barcha imkoniyatlarni xisobga olgan xolda, bir marta tuzilgan rejada o‘zgartirishlar
bo‘lmasligiga xarakat qilishi kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini
boshqarishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u
bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi xaqidagi aniq
tasavvurga ega bo‘lishi deganidir.
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish quyidagi darajalarda amalga oshirilishi
mumkin:
Butun ta’lim davri darajasida; Bir o‘quv yili darajasida;
Bir smestr darajasida;
Bir oy darajasida;
Bir xafta darajasida; Bir kun darajasida;
Nazariy darsning bir soat darajasida;
Ko‘pincha xar xil vaqt darajalari uchun mo‘jallangan rejalar bir vaqtning
o‘zida qo‘llaniladi.
Maksadlar va mazmunlarni rejalashtirish odatda maxsus bir soxa buyicha
buladi va uni ta’lim beruvchining uzi tuzadi. Buning uchun tanlangan maxsus soxa bir necha
mavzularga yoki material soxalariga bulinadi. Sung metodlar va rejalashtiriladi.
Bu munosabatda e’tiboringizni «Ta’lim beruvchining didaktik xatti- xarakatlari» modeliga
karatmokchimi
KASBIY TA’LIM METODIKASI





25 

Yukorida tasvirlangan ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modeli bir maxsus soxani


rejalashtirish maksadida kullanishi mumkin.azariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni tug‘ri
rejalashtirish uchun, ta’lim beruvchi o‘zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya’ni «Mavzuni ilm-
fanning eng so‘nggi zamonaviy talablariga muvofik o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men
yana aloxida tayyorlanishim kerakmi?» xamda «Biror ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi
yoki amaliy mashg‘ulotlarning rejasi bormi?» degan savolga javob berishi kerak. Bundan
keyin, ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniklab olishi
lozim.Buning uchun kuyidagi asosiy savollar kuyilishi lozim:
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ta’lim oluvchilarning dastlabki
bilimlari kay darajada?
• Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun kanday shart- sharoitlar mavjud?
• Kanday o‘kuv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘
• llbzda tutilmokda?
Rejalashtirish uchun yukoridagi savollarni o‘rganib chikish - nazariy dars va amaliy
mashg‘ulotning boshka barcha tayyorlash xarakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar
o‘rtasidagi bog‘liklikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq ko‘rsatadi.
Maksadlar: Nima uchun ?
Xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot oldindan belgilangan maksadlarga rioya
kilishi lozim. Odatda O‘kuv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bulgan aniq bir maqsadga
erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda
KASBIY TA’LIM METODIKASI
nazariy dars rejasiga kiritiladi va maksad erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar
yordamida tekshiriladi va mustaxkamlanadi.
Mazmunlar: Nima ?
Belgilangan o‘quv maksadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning mazmuni (shu jumladan
ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan keraqli dastlabki
bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshka tomondan topshiriklarni bajarish uchun kerakli
maxsus bilimlarni (amaliy mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak.
Metod: Kay tarzda ?
Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab olinishi kerakki,
ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu
munosabatda "an’anaviy" va "interfaol metodlar" deb atalgan metodlar ta’lim beruvchi
tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.\
SHaroitlar: Nimalar yordamida ?
SHaroitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar
tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar. ya’ni binolar, sinfxonalar, o‘kuv
ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jixozlanganlik darajasi, instrumentlar, chikim
materiallarning umumiy xolati va xokazo, chunki ular ma’lum sifat standartlariga javob berishi
kerak.
Boshka tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular o‘quv jarayondagi bilimlarni
o‘zlashtirilishiga yordam beradi. o‘quv maksadlariga mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari
mavjud. Lekin gap vositalarning ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv maksadiga erishish
uchun ma’qul keladigan vositalarni tanlab olishdadir.
Tashkillashtirish: Bu kanday amalga oshiriladi ?
YUkorida aytilgan xamma narsalar vakt omilini inobatga olgan xolda tashkil kilinishi kerak.
CHunki xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot uchun anik vaqt me’yorlari bor va
aynan shu vakt doirasida o‘quv maksadlarga erishish lozim. Buning uchun nafakat puxta reja,
balki unumli tashknllashtirish xam kerak. Vakt davri, vakt davomi va ukuv joyi -
tashknllashtirish jarayonida belgilanadi. Urgatish va urganishni tashkil kilishning xilma-xil
imkoniyatlari mavjud.
Natijalar: Maqsadga erishildimi ?





26 

Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilgan- erishilmaganligi


tekshirilishi kerak. Buning uchun baxolash vositalari, metodlari va mezonlari belgilanishi
lozim. Buning imkoniyatlari - mashkdar, ogzaki va yozma testlar xamda imtixonlar. Ular ta’lim
oluvchilarning kobiliyatlari, bilim, kunikma va malakalarini baxolash nmkoniyatini yaratadi.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
O‘qitish va o‘qish sikli- nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish omillariga
asoslangan bo‘lib, nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar rejalashtirish, amalga oshirish xamda
xulosa chikarish boskichlariga taallukli didaktik xatti- xarakatlarni tushuntiradi
Bu siklda nazariy dars va amaliy mashg‘ulot bir-biridan ajratilmaydi. 1-boskich:
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotga nisbatan inobatga olinishi kerak bo‘lgan
mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni o‘rganish. SHu o‘rinda 3 xil taxlil, ya’ni
adresatlar (ta’lim oluvchilar) taxlili, shart-sharoitlar taxlili va maxsus soxa (mazmun) taxlili
amalga oshirilishi lozim. Bu taxlillar odatda boshlanishida, natijalari esa keyinrok kerak buladi.
O‘qitish va o‘qish sikli.
2-boskich:
O‘quv dasturi asosida o‘quv maksadlarni belgilash yoki aniklash. Nazariy dars va amaliy
mashg‘ulot uchun maxsus o‘quv maksadlar belgilab oli
3- bosqich:
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot rejasini tuzish. Bu rejada barcha mazmunlar, mavzular,
rejalashtirilgan metodlar, tanlab olingan o‘quv-didaktik materiallarga muvofik xolda o‘quv
vositalar xamda umumiy vakt taqsimoti aks etadi.
Bu rejada nafakat ta’lim beruvchining xatti-xarakatlari, balki ta’lim oluvchilarning
rejalashtirilgan xatti-xarakatlari xam ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4-boskich:
O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash, chunki ular amalga oshirish bosqichining asosiy
dastlabki shartlaridan biridir. Agar tayyor materiallar bor bo‘lsa, ularning orasidan to‘g‘ri
keladiganlari tanlab olinadi. Agar tayyor o‘quv- didaktik materiallar yoki o‘quv vositalar
bo‘lmasa, ular ishlab chikarilishi kerak.
Odatda bosma o‘quv vositalar, masalan tarkatma materiallar, slaydlar va topshirik varakalari
kerak bo‘ladi, ularga qo‘shimcha ravishda esa matnli o‘quv adabiyotlari ishlatiladi. Xuddi
shunga o‘xshab darsdan oldin plakat loyixalari va plakatlarning o‘zi ishlab chikiladi.
5-boskich:
Rejalashtirish va tashkillashtirish asosida nazariy dars va amaliy mashg‘ulotni amalga oshirish
(o‘tkazish). Bu degani, barcha o‘quv vositalari bilan jixozlangan sinfxona xamda, kerak bo‘lsa,
ustaxonada joylashgan o‘quv burchagi va vaqt etarlicha bo‘lishi kerak.
6-boskich:
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot davomida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni baxolash. Bir
tomondan, bu - ta’lim oluvchilar keraqli bilimlarni o‘zlashtirib olganliklarining nazorati. YA’ni
«Ta’lim oluvchilar maksadga erishishdimi?» degan savolga javob berilishi kerak.
Boshka tomondan esa, ta’lim beruvchi uchun uz-uzini xamda ishining sifati kanday bulganligi
tekshirish. YA’ni «Men oldimga kuygan maksadlarimga erishdimmi?» degan savolga javob
berilishi kerak. Ikkala xolda xam o‘lchanadigan natijalar bo‘lishi muximdir.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni qanday rejalashtiriladi?
2. Pedagogik texnologiyada o‘qitish va o‘qish sikli.
3. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish qanday darajalarda
amalga oshirilishi mumkin?
4. Ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modelini izohlang.
5. Tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni qanday omillar asosida
aniq ko‘rsatadi?





27 

6.Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi va tuzilishini tushuntiring. 7. Dars qanday


rejalashtiriladi?
8. Maqsad-mazmun-usul-tushuntirib bering.
9. O‘qitish va o‘qish sikli deganda nimani tushunasiz?
10. O‘qitish bosqichlarini sanab bering.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
3-MAVZU:KASB-HUNAR TA`LIMI TIZIMI VA JARAYONI REJA
1. Ta`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha.
2. Predmet tizimi, operatsiya tizimi, operatsiya-predmet tizimi, motorlimashq tizimi,
operatsion-kompleks va boshqa tizimlar
3. Kasb-hunar ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish
Tayanch tushuncha va iboralar: didaktik tizimi, nazariy bilim, ) ishlab chiqarish ta`limi,
predmet (buyum) tizimi, operatsiya , motor-mashq tizimi , konstrukcion-texnologik tizim
Ta`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. Ta`lim tizimi deb, amaliy ko`nikma va
mehnat malakalarini to`g`ri tarkib topishini, kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta`minlaydigan
o`quv materialining maqsadga muvofiq tuzilmasiga, uni tashkil etish va izchilligiga aytiladi.
Kasb-hunar ta`limi o`zaro bog`langan ikki qismdan iborat:
a) nazariy bilim;
b) ishlab chiqarish ta`limi.
Ishlab chiqarish ta`limi va nazariy ta`lim bir-biridan farq qiladigan, lekin
o`xshashliklari ham bor. Ta`limning bu 2 xil turi ham ta`lim mazmunini ajratish, uning
qismlarini guruhlash, ularni o`rganish izchilligini belgilash zarurligi bilan bog`liqdir. Bunday
ajratish prinsiplari va gruppalash tartibi o`qitishning odatda ishlab chiqarish ta`limi tizimining
qaysi biridan qo`llanishiga bog`liq bo`ladi.
Kasb-hunar ta`limida predmet, operatsiya, operatsiya-predmet tizimi, motor mashq tizimi,
operatsion-kompleks va konstrukcion-texnologik tizimlar ma`lum. Dastlab predmet (buyum)
tizimi paydo bo`lgan. Bu tizimga o`quvchi o`zi o`zlashtirayotgan kasb uchun tegishli bo`lgan
buyumlarni tayyorlagan. Bunda buyumlar murakkabligi ortib borgan. Tayyorlash jarayoni
didaktik jihatdan alohida operatsiyalarga ajratilmagan. O`quvchi ayrim mehnat usullarini
bajarish qoidalari bilan maxsus tanishmagan, faqat
o`qituvchining ishi va boshqa harakatlarini takrorlashga intilgan. Bunday ta`lim natijasida
o`quvchilarni tanish buyumni tayyorlash uchun o`z bilim va malakalaridan foydalana
olmaydilar, har bir yangi buyumni tayyorlash jarayonida ishni qaytadan o`rganishga majbur
bo`ladilar. Mazkur tizimning asosiy kamchiligi ana shundan iborat. Buyum (predmet) tizimi
hunarmandchilik ishlab chiqarish usulini aks ettirgan va XIX asrning 2-chi yarmigacha keng
qo`llanilgan.
Manufakturalarning paydo bo`lishi va shunga ko`ra mehnatning taqsimlanishi
texnologik jarayonning operatsiyalarga bo`linishiga olib keldi, ya`ni mehnat ta`limining
operatsiya tizimi vujudga keladi. Bu tizim XIX asrning oxirida yuzaga keldi.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
Operatsiya tizimi bo`yicha o`qitishda o`quvchilar o`zlari egallaydigan kasbning mazmunini
tashkil qiluvchi mehnat operatsiyalarini o`rganishgan. Shu sababli ular har qanday buyumni
tayyorlash bir xil operatsiyalardan iborat, bundan faqat operatsiyalarning bajarilish tartibi va
ishlov berishning aniqligiga qo`yiladigan talablar bir-biridan farq qiladi, degan tushunchaga
ega bo`lishgan. Shunday qilib, operatsiya tizimi o`quvchilarni buyum tayyorlashga bog`lab
qo`ymay, kasb doirasidagi umumiy bilim, amaliy ko`nikma va malaka bilan qurollantirgan.
Ta`limning buyum tizimiga nisbatan operatsiya tizimining afzalligi ana shudir. Operatsiya
tizimi yordamida ishlab chiqarish texnologiyasini tushunish uchun shart- sharoitlar yaratadi,
ta`limni yangi izchil (oddiy operatsiyalardan murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini





28 

beradi, mehnat ko`nikmalarini va malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni


o`zlashtirib olishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Operatsiya tizimining kamchiligi shundan iboratki,
operatsiyalar umuman o`quv buyumlari tayyorlash jarayonida o`zlashtiriladi, ya`ni o`quvchilar
mehnati unumli mehnat xarakterida bo`lmaydi. Natijada ularning ishga qiziqishi susayadi.
Opreatsiya tizimi operatsiyalarni bajarish bilan buyumlar tayyorlashni uzib qo`yadi.
Operatsiya-predmet tizimi – XIX asrning 90-yillarida S.A.Vladimirskiy tomonidan taklif
etilgan. Bu tizim o`quvchilar tomonidan mehnat opreatsiyalarini o`ylab, tanlangan buyumlarni
tayyorlash jarayonida o`rganishni ko`zda tutadi. Buyumlar tanlashda katta e`tibor beriladi,
birinchi buyumni tayyorlashda eng yengil 3-4 operatsiyalar, boshqalarni tayyorlashda esa
murakkabroq operatsiyalar o`zlashtiriladi. Operatsiya-predmet tizimning yutug`i o`quvchi o`z
mehnati natijasini ko`radi, operatsiyalarni o`zi tanlaydi. Kamchiligi: mashg`ulotning birinchi
darsidanoq o`z ichiga bir necha operatsiyalar olgan buyumlar tayyorlash o`quvchilarda bu
operatsiyalarning mazmuni haqida to`g`ri tasavvur bo`lmasligiga olib kelardi. Shuning uchun
ham tizim keng tarqalmoqda.
Motor-mashq tizimi (CIT tizimi) – Ushbu tizimning kamchiligi motor mashq tizimi bo`yicha
o`qitish o`quvchilar ko`nikma va malakalarni ongli o`zlashtirishni nazarda tutmasdi.
Ko`nikmalarni shakllantirish maxsus apparatlar va haqiqiy mehnat jarayonini eslatadigan
mashqlarni qo`llash bilan amalga oshirilardi. Ko`p marta takrorlash natijasida mushaklarni,
ma`lum harakatlarni, ongning ishtirokisiz ham bajarishga “o`rgatish” mumkin, deb faraz
qilingan. Ta`limda bunday yondoshish ma`qullanmadi va tez uni rad qilindi. Motor-mashq
tizimining yutug`i shundaki, unda mehnat o`quv va malakalarini shakllantirishning didaktik
jihatdan asoslangan, psixofiziologik qonuniyatlarga mos keladigan ketma-ketligi: mehnat usuli
– mehnat operatsiyasi – mehnat jarayoni birinchi marta ishlab chiqilgan va qo`llanilgan.
Bu tizimda o`quvchilarga kasb ta`limi berish besh davrga bo`linadi:
KASBIY TA’LIM METODIKASI
1. Asosiy mehnat faoliyati va harakatlarini o`zlashtirish bo`yicha mashq mashg`ulotlari.
2. Mehnat usullarini o`zlashtirish bo`yicha mashqlar.
3. Mehnat operatsiyalarini bajarishga doir o`rganish mashqlari.
4. O`quvchilarni maxsus tanlangan buyumlar ustida ilgari o`zlashtirilgan
mehnat operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga birlashtirishga o`rganish.
5. Mustaqil davr, bunda o`quvchilar ayni kasbga doir xarakterli bo`lgan buyumlarni
tayyorlaydi.
Operatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining kamchiliklari va yutuqlari
o`rganilib, operatsion kompleks tizimi yuzaga keldi. Bu tizimga asosan
o`quvchi avval 2-3 ta ketma-ket operatsiyalarni o`zlashtiradi, so`ng shu operatsiyani ichiga
olgan kompleks ishlarni bajaradi. Mehnat operatsiyalarini o`zlashtirish va ularni kompleks
ishlarda qo`llash ta`limning 1-bosqichidagi asosiy vazifadir. Ikkinchi bosqichda o`quvchilar
ishlab chiqarishdagi unumli mehnatga qo`shiladilar. Masalan, kiyim tikishda qo`llaniladigan
barcha turdagi yengni, yoqani, mayda qismlarini tikishni o`rgatib bo`lingandan so`ng uni
kiyimda qo`llash bajariladi. Kamchiligi: o`quvchi o`zi ishining natijasini juda uzoq vaqtdan
so`ng ko`radi. Natijada qiziqish susayadi. Hozirgi vaqtda o`quv ustaxonalarida amaliy ishni
bajarish jarayonida operatsiya-buyum tizimidan foydalaniladi, chunki operatsiyani alohida
o`rganish rejalashtirilgan va dasturda ko`rsatilgan buyum xilini
mahalliy sharoitga qarab o`zgartirish mumkin.
Kasb-hunar ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish. Keyingi yillarda
o`quv ustaxonalarida konstrukcion-texnologik tizim bo`yicha mashg`ulotlar tashkil etiladi. Bu
tizimning etakchi g`oyasi o`quvchilarni ijodiy faoliyatini oshirishdan iboratdir. O`quvchi biror
buyumni tayyorlashdan avval uning loyihasi va ishlov berish jarayonini amalga oshirishi kerak
bo`lgan sharoitga olib kiriladi. O`quvchi biror kiyimni tikish uchun avval o`lchov olishi, asos
chizmasini chizishi, andoza tayyorlashi, modellashtirish, andozani gazlamaga joylashtirib,
buyumni bichishi va tikish kabi murakkab jarayonni bajaradi. Bu jarayonni bajarishda





29 

o`quvchilarni ijodiy faoliyatlari ortib boradi. O`quvchilarni ijodiy faoliyatlarini ortishi uchun


yaratiladigan hamma narsalar zo`r berib mehnat qilishni taqozo etadi. Ijodiy ishga idrok qilish
yo`li bilan emas, balki fikrlash faoliyati orqali erishiladi. Ijodiy ishlash jarayoni g`oyani paydo
bo`lishi, ijodiy masalani vujudga kelishi, masalan yechish, echimni amalda qo`llash
bosqichlariga bo`lish mumkin.
O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini amalga oshirishda pedagogic rahbarlik katta ahamiyatga
ega.
1. O`quvchilarni har xil savol va masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatlaridan
KASBIY TA’LIM METODIKASI
iborat faoliyatga qatnashtirish – o`quvchilarning ustaxonalardagi faoliyati har xil xarakterda
bo`lishi va shunga ko`ra turli darajadagi fikrlash faolligida amalga oshirish mumkin.
2. O`quvchilarni ijodiy g`oyaga keltirish yoki ular oldida to`g`ridan-to`g`ri ijodiy xarakterdagi
savol va masalalarni qo`yishi – o`quvchilarga texnik ijodkorlik uchun topshiriqlardagi
imkoniyatlari va ulardan foydalanishni anglatish lozim.
3. O`quvchilarni fan va ishlab chiqarish asoslariga oid bilimlarini faollashtirish va qo`llashga
undash – o`quvchilarga fan va ishlab chiqarish sohasidagi turli usul va uslublardan foydalanib,
bilim, amaliy ko`nikma va malakalarini shakllantirish.
4. O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rag`batlantirish – o`qituvchining maqtashi, eng yaxshi
ishlar ko`rgazmasini tashkil qilish, devoriy matbuotda o`quvchilarning yutuqlarini
ommalashtirish va hokazolar bilan ijodiy faoliyatni rag`batlantirish mumkin. O`quvchilarning
texnik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan mehnat topshiriqlari mazmuni bo`yicha
Konstruksiyalash yoki loyihalash; texnologik jarayonlarni tuzish; mehnatni to`g`ri tashkil etish
guruhlariga bo`linadi. Texnik ijodkorlikni rivojlantirishni eng sodda topshiriqlardan boshlash
va o`quvchilarning mustaqilligini orttirish, ular buyumlarni konstrukciyalay oladigan,
texnologiyani ishlab chiqa oladigan, o`z mehnatlarini uyushtiradigan bo`lishi uchun mazkur
topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib borishi kerak.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Buyum (predmet) tizimi qanday tizim?
2. Operatsiya tizimi qanday tizim?
3. Motor mashq tizimi bilan operatsion- kompleks tizimining farqli tomonlarini yozing.
4. Operatsiya buyum tizimining afzalliklarini yozing.
5. Operatsion-kompleks tizimi va konstruksion-texnologik tizimini taqqoslang.
6. Konstruksion-texnologik tizimining afzalliklarini yozing.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. “Sharq” Toshkent.,
1998 y. 64 b.
2. Davlatov K., Vorob`yov A., Karimov I. Mehnat va kasb ta`-
limi nazariyasi hamda metodikasi. “O`qituvchi” Toshkent., 1992 y.320 b. 3. Olimov Q.T. va
boshqalar Kasb ta`limi uslubiyati “Iqtisod moliya” Toshkent., 2006 y. 192 b.






Download 102.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling