O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


Seminar mashg‘ulotlarining mazmuni


Download 102.39 Kb.
bet16/19
Sana18.09.2023
Hajmi102.39 Kb.
#1680381
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
5A110802-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura-www.hozir.org

Seminar mashg‘ulotlarining mazmuni
Chet el tasviriy san’at o‘qitish metodlari tarixi haqida fikrlar.
Tasviriy san’at o‘qitishiga doir eng qadimgi va o‘rta asr boshlaridagi (Xitoy, Yaponiya,
Koreya) ma’lumotlar va ularning ko‘rinishi. Uyqonish davrining rassomlari Leonardo da
Vinchi va boshqalarning ta’limga qo‘shgan hissalarini o‘rganish.
Rossiyada tasviriy san’at o‘qitish metodlarining o‘ziga xos ko‘rinishlari.
Natural va geometral metodlari. I.D. Preysler, A.G. Sapojnikov, P.P. Chistyakov, D.N.
Kardovskiylarning tasviriy san’at o‘qitish metodlari.
O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda tasviriy san’atni o‘qitilishi
.
Sharq mi
niatyura maktablarining tarixi va ularning o‘qitish metodlari. K.Beqzod va uning
naqqoshlik maktabi. So‘g’d rangtasviri va uning O‘rta Osiyodagi miniatyura maktablariga
ta’siri. Mo‘gul (Boburiylar) rangtasvir miniatyurasi hamda ularning o‘ziga xos
xususiya
tlari. Xozirgi zamon tasviriy san’atida miniatyura janri va ishlash usullari
(Ch.Ahmarov).





19 

2:
2.Grafik ta’lim mashg‘lotlarida interfaol metodlardan 
foydalanish usullar 
TIL TA'LIMIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Abdishukur Musayevich Shofqorov Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: maqolada til ta'limida interfaol metodlardan foydalanish va interfaol
metodlarning ahamiyati yoritilgan. Ba'zi interfaol metodlarning qo'llanishi bo'yicha
mulohazalar yuritilgan.
Kalit so'zlar: interfaol metod, metod, ta'lim metodi, "grafik organayzer", ko'nikma, malaka.
USE OF INTERACTIVE METHODS IN LANGUAGE TEACHING
Abdishukur Musaevich Shofkorov Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
Abstract: The article discusses the use of interactive methods in language teaching and
the importance of interactive methods. Some interactive methods have been discussed.
Keywords: interactive method, method, teaching method, "graphic organizer", skill,
qualification.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan talablardan biri qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Bunda nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish asosida
ma'lum ko'nikma va malakalarni shakllantirish, o'quvchilar tomonidan egallangan bilimlar
darajasini baholash o'qituvchidan ta'lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi.
Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan
keng foydalanilmoqda. Bu metodlar o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim oluvchilarda o'quv-bilish
faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o'rganilayotgan mavzu,
muammolar bo'yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o'z fikrlarini himoya qilish,
dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g'oyalarni yanada boyitish, bildirilgan
mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag'batlantirish
imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
"Interfaol" tushunchasi ingliz tilida "interact" (rus tilida "interaktiv") shaklida ifodalanib,
lug'aviy nuqtayi nazardan "inter" - o'zaro, ikki taraflama, "akt" - harakat qilmoq, ish ko'rmoq
kabi ma'nolarni anglatadi. O'qituvchi interfaol metodni qo'llash orqali o'quvchilarning aniq
ta'limiy maqsadga erishishda o'zaro hamkorlikka
asoslangan harakatlarni tashkil etish, yo'naltirish, boshqarish, nazorar qilish, tahlil qilish va
xolis baholash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Interfaol metodlar o'qitishning texnik vositalari yoki kompyuterlardan foydalanish
sohasidagi tadqiqotlar deb qaralmaydi, balki bu ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillarni
tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo'llash, shuningdek
qo'llanilayotgan usullarni baholash yo'li orqali ta'lim jarayonining asoslari va uni
maqbullashtirish yo'llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir.
Til ta'limida bir qancha interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish mumkin. Bulardan,
"Konseptual jadval", "Klaster", "Venn diagrammasi", "Insert", "BBB" va shu kabi o'nlab
interfaol ta'lim shakllarini qo'llash maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Bu interfaol ta'lim
shakllari "Grafik organayzerlar" deb ham yuritiladi. Organayzer inglizcha "tashkil etuvchi,





20 

grafik tashkil etuvchi" ma'nosini bildiradi. Axborot texnologiyalari sohasi atamasi sifatida


ishlatiladi. Aniqrog'i, Power-point va shu kabi dasturlarda tayyorlanadigan vizual
ko'rgazmali namoyish usuli hisoblanadi. Tahliliy ma'lumotlarni ko'rgazmali taqdim etish
usullari va vositalari sifatida organayzerlar (grafik tashkil etuvchilar)ning vazifasi muhim
hisoblanadi.
"Grafik organayzerlar" dars mashg'ulotiga o'qituvchi tomonidan jadvallar to'ldirilib, tayyor
holda olib kirilsa, vosita bo'lib xizmat qiladi. Agar bu grafik tashkil etuvchilar dars
jarayoniga tayyor holda olib kirilmasdan, dars jarayonida shakllantirilsa, metod bo'lib
xizmat qiladi. Masalan, "So'z turkumlari" mavzusi yuzasidan "Klaster" tuzilib, uni
tarmoqlab, tayyor holda darsga olib kirilsa, bu o'qituvchi uchun ta'lim vositasi hisoblanadi.
"So'z turkumlari" mavzusi yuzasidan asosiy tushuncha yozilib, u o'quvchilar tomonidan
tarmoqlansa va bu dars jarayonida amalga oshirilsa, metod bo'lib xizmat qiladi.
Ba'zi "Grafik organayzerlar"ni qo'llash yuzasidan mulohaza yuritamiz.
"Konseptual jadval" grafik organayzeri. Konsepsiya lotincha conceptio -to'plash,
birlashtirish, tizim ma'nosini beradi. Hozirgi kunda qarashlar sistemasi, tushunish ifodasi
sifatida ishlatiladi.
O'rganilayotgan hodisa, tushuncha, qarash, mavzu va shu kabilarni ikki va undan ortiq
jihat bo'yicha taqqoslash imkonini beradi. Tizimli mushohada qilish, ma'lumotlarni
tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko'nikmasini rivojlantiradi. Konseptual jadvalda tuzish
qoidalari bilan tanishiladi. Taqqoslanadigan narsa aniqlanadi, taqqoslash amalga
oshiriladigan tavsiflar ajratiladi. Konseptual jadval o'ziga xos xususiyatga ega:
- yakka tartibda yoki miniguruhlarda konseptual jadval quriladi va u to'ldiriladi;
- vertikal yo'nalish bo'yicha - taqqoslash talab etiladigan narsalar (qarashlar, nazariyalar)
joylashtiriladi;
- gorizontal yo'nalish bo'yicha - taqqoslashni amalga oshirishdagi har xil tavsiflar
joylashtiriladi.
Mashg'ulotlar chog'ida grafik organayzerdan quyidagicha foydalaniladi:
- o'qituvchi yechimi topilishi lozim bo'lgan mavzuni aniqlaydi;
- o'quvchilar mavzu va grafik organayzerdan foydalanish qoidasi bilan tanishtiriladi;
- o'quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladi;
- guruhlar o'zlariga berilgan topshiriqni bajaradi;
- guruhlar yechimni sinf jamoasi hukmiga havola etadi;
- guruhlarning yechimlari sinfjamoasida muhokama qilinadi.
Kelishiklarning "Konseptual jadval" asosida yoritilishi
Kelishiklar Qo'shimchasi Kelishikdagi so'z so'roqlari Qo'llanilishi
Bosh kelishik - Kim? nima? qayer? Belgisiz
Qaratqich kelishigi -ning Kimning? nimaning? qayerning? Belgili, belgisiz
Tushum kelishigi -ni Kimni? nimani? qayerni? Belgili, belgisiz
Jo'nalish kelishigi -ga kimga? nimaga? qayerga? Belgili, belgisiz
O'rin-payt kelishigi -da Kimda? nimada? qayerda? Belgili, belgisiz
Chiqish kelishigi -dan Kimdan? nimadan? Belgili





21 

qayerdan?


O'quvchilar kelishik shakllari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lgach, "Konseptual jadval"ni
yuqorida ko'rsatilgan shaklda qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda "Konseptual
jadval" o'quvchilarga quyidagi ko'rinishda taqdim etiladi:
Kelishiklar Qo'shimchasi Kelishikdagi so'z so'roqlari Qo'llanilishi
Ko'rinib turibdiki, jadvalda vertikal yo'nalish bo'yicha kelishiklar joylashtirilishi, gorizontal
yo'nalish bo'yicha taqqoslashni amalga oshirish uchun kelishiklarga xos xususiyatlar
ifodalanishi lozim. Ulardan birini "Kelishikdagi so'z so'roqlari" deb nomlashimizga sabab
shuki, kelishik qo'shimchalari so'zga qo'shilib kelganda shu so'z shakli ma'lum so'roqqa
javob bo'ladi. Kelishik shakllari otga xos grammatik shakl bo'lganligi uchun uning
so'roqlarini ot so'z turkumining so'rog'i (kim? nima? qayer?)dan kelib chiqib shakllantirish
maqsadga muvofiq bo'ladi. Kelishiklarning olmosh, otlashgan so'zlarga qo'shilib kelishi va
bunda so'rog'ining o'zgarishi ikkilamchi holat hisoblanadi.
Konseptual jadvaTning "Qo'llanilishi" ustunida bosh kelishik belgisiz qo'llanishini ko'rsatib
o'tdik. Aslida kelishiklarning belgili va belgisiz qo'llanishi tushunchasida qo'shimchaning
mavjud yoki mavjud emasligi ma'nosi anglashiladi. "Kelishik qo'shimchalarining belgili-
belgisiz qo'llanishi - kelishikning qo'shimchaga ega bo'lganligini (aslida 20-yillarda "belgi"
termini "qo'shimcha" ma'nosini anglatgan) yoki ega bo'lmaganligini bildiradi.
"Konseptual jadval"dan foydalanishda o'quvchilarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash,
ma'lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi.
"Insert" grafik organayzeri. "Insert" - yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarning muayyan
tushunchalarga egaliklarini aniqlash, ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish
ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Insert so'zi inglizcha joylashtirmoq, belgi
qoy'moq ma'nosini beradi.
- mustaqil o'qish, ma'ruza tinglash jarayonida olinadigan ma'lumotlarni bir tizimga
keltirishga imkoniyat yaratadi;
- oldindan olingan ma'lumotni yangisi bilan o'zaro bog'lash qobiliyatini shakllantirishga
imkon beradi.





22 

Didaktika” so‘zi grekcha “Didasko” so‘zidan olingan bo‘lib, “O‘qitish, o‘rgatish” degan


ma’noni bildiradi. Didaktikaning o‘rganish ob’ekti o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining
rivojlanish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Ta’lim jarayonining
asosiy mohiyati tarixan to‘plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga etkazish, avlodlar
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ma’lum tizim orqali amalga oshirish bo‘lib hisoblanadi.
Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning
faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv
xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan
iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam
va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday bo‘lgan.
Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi,
shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu qda muhim o‘zgarishlar
olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning
ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa –
“o‘rganuvchi” mahnosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati,
tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl,
metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni
o‘rganuvchi fan. Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volg‘fgang Ratke (1571-1635
yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi YAn
Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi.
Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi.
Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning
ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf
KASBIY TA’LIM METODIKASI
dars tizimi borasida so‘z yuritadi.Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika
fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o‘rganadi. Ikki
faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va
tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar. Xozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni,
metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika qsi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim
metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning Ma’lum
bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi.
Har bir o‘qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil
etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan.
qarashlarning turlicha bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi
bilan bog‘liq.
Ko‘pchilik olimlar ta’lim obhekt deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari,
metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar.
Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida ehtirof etadi. Ta’lim yordamida
yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi -
o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar
yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi
borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan
munosabati, yahni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb ehtirof etuvchi qarashlar soni
nisbatan ko‘p.
Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya
nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq,
ta’limga pedagogik, yahni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat





23 

uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi


munosabatlar etakchi o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.
Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya
jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari
o‘quvchining bilimni o‘zlashtirishlarini tahminlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning
rivojlanishi, Ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash
uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaning vazifalari.quyidagilardan iborat ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish
shartlarini ta’riflash va tushuntirish; ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, yahni,
ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; ta’lim jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy
qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
Didaktika nazariy va bir vaqtning o‘zida mehyoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy
vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar,
ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan
qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini
anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash mehyorlarini aniqlash
asosida didaktika amaliy-mehyoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan fanga xos
bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar
aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar;
2) xususiy ilmiy, yahni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar. Didaktika uchun
“umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-
qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada
qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element”
kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
1) ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini
tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;
2) dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan
ta’lim jarayonining asosiy shakli;
3) bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor
hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib,
boyib borish jarayoni;
4) ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
5) o‘quv fani – ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan
qsi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
6) ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda Ma’lum
sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Didaktikada “idrok etish”, “o‘zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya)
hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo‘lgan
tushunchalar ham qo‘llaniladi.






Download 102.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling