O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti
Download 170.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Saodat Автореферат
8-rasm. G’o’zaning S-6524 navi Parvarishlash. Ma’danli o‘g‘itlar bilan g‘o‘za mavsum davomida azot 240 kg, fosfor 175 kg va kaliy 100 kg/ga me’yorlarda tajriba tizimiga muvofiq oziqlantirildi. Begona o‘tlarga qarshi tajriba variantlariga bog‘liq holda paxta maydoni 3-4 marta qo‘lda chopiq va 2-3 marta begona o’tlardan tozalandi. Tajriba ma’donida g‘o‘za shonalash davrida shira va tripsga qarshi 20% li «ENTO luchio» kimyoviy preparati 300 g/ga, shonalash va gullash davrlarida o‘rgimchak kanaga qarshi Agrogold preparati 250 g/ga miqdorida va oltingugurt kukuni qo‘llanildi. Tajriba dalasida g‘o‘za navini sug‘orish tadqiqotlarning Ish reja dasturi asosida tajriba tizimida belgilangan (rejimlarga) tartiblarga muvofiq egatlab va tomchilatib sug‘orish (TS) orqali amalga oshirildi . G‘o‘zani normal o‘sishi, rivojlanishi va mo‘l hosil to‘plashi uchun sug‘orish me’yorlari va muddatlarini to‘g‘ri belgilanish zarur. Bugungi kunda suv 15 resurslarining cheklanganligi, suvga bo‘lgan talabning ortishi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish o‘ta muhim tadbirlardan hisoblanadi. G‘o‘zani parvarishlashda sug‘orishni kechiktirib va sifatsiz o‘tkazilishi nafaqat hosildorlikni kamaytiradi balki, hosil sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqda to‘plangan namlik ma’lum bir me’yorda bo‘lganida o‘simlik tomonidan oson o‘zlashtiriladi hamda baravj o‘sib rivojlanadi. Shuningdek ekinlarni sug‘orishda tuproqning hisobiy ildiz qatlami rivojlangan qismini kerakli miqdorda va chuqurlikda namlatish uchun sug‘orish texnikasi va texnologiyalarini takomillashtirishni talab etadi. Olib borilgan dala tadqiqotlarida g‘o‘zani sug‘orish muddati va me’yorlari tuproq namligi bo‘yicha belgilandi. 2022 yilda hisobot davri davomida Toshkent viloyatida o‘tkazilgantajriba maydonida egatlab sug‘orilgan nazorat variantlarida hisobot davri davomida g‘o‘za 5 marta sug‘orilgan bo‘lib, bir martalik sug‘orish me’yori 850-1250 m3/ga ni, mavsumiy me’yori esa hisobot davrida 5300 m3/ga ni tashkil qildi. Sug‘orishlar tuproq namligi CHDNSga nisbatan 65-70-65 foizda tomchilatib sug‘orish variantlarida hisobot davri davomida 10 marta, 70-75-60 foizda esa 12 marta o‘tkazildi. Sug‘orish me’yorlari sug‘orish tartiblari bo‘yicha o‘rtacha 300- 390 m3/ga ni, sug‘orishlar oralig‘i 7-11 kunni, tomchilatib sug‘orish davomiyligi sug‘orish me’yoriga bog‘liq ravishda 6,0-8,0 soatni, mavsumiy me’yori tuproq namligi 65-70-65 foiz da esa 3595 m3/ga ni, 70-75-60 foiz saqlangan variantlarda esa 3873 m3/ga ni, tashkil qildi. O‘zbekiston xududida shakllangan tuproqlarning agrofizikaviy va suvfizikaviy xossalarining g‘o‘zani suv-oziqa tartibiga, o‘sishi rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini S.N.Rijov, N.I.Zimina (1969), V.P.Kondratyuk (1972), N.F.Bespalov (1970), A.K.Kashkarov va P.Z.Fayziyev (1972, 1973), K.Mirzajonov, B.Kamilov (1978, 1985, 1987), A.E.Avliyoqulov (1985), M.Damidov (1989, 1993) kabi maxalliy olimlar tomonidan o‘rganilgan. Madaniylashgan va eskidan sug‘orilib kelinayotgan bo‘z tuproqlar mintaqasi uchun ular xajmiy massaning maqbul ko‘rsatkichi sifatida 1,2-1,3 g/sm3 qabul qilganlar. Shuningdek bu olimlar tuproq haydov qatlamini xajmiy massasining eng yuqori ko‘rsatkichi og‘ir mexanik tuproqlarda kuzatilib 1,5 g/sm3 gacha yetishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tganlar. Download 170.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling