O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti
-rasm. Tomchilatib sug‘orish tizimida sug‘orish sektorlariga ajratish sxemasi
Download 170.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Saodat Автореферат
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-rasm. Tomchilatib sug‘orish tarmog‘ining qurilish sxemasi
- Yerni ekishga tayyorlash
- Ekish muddati
- S-6524 navi
6-rasm. Tomchilatib sug‘orish tizimida sug‘orish sektorlariga ajratish sxemasi
Sug‘orish vaqtida suv faqat bitta sektorga beriladi, ya’ni sektorlar navbat bilan sug‘oriladi. Natijada quvurlarning eng kichik diametrini hamda nasos agregati va filtrning talab darajasidagi kam quvvatli markasini tanlash imkoniyati yaratiladi. Tomchilatib sug‘orish tiziminining loyiha bo‘yicha yer ostida joylashgan suv yetkazib beruvchi magistral polietilen quvuri diametri 160 mm va yer sathidan 0,7 m pastda joylashtirilgan, yer ustida joylashgan mustahkamlangan egiluvchan tarqatuvchi quvurlari diametri 110 mm, tomizgichli sug‘orish shlanglari diametri 13 16 mm va har 30 sm masofada joylashgan tomig‘gichlarning suv sarfi 1,6 l/soat ni tashkil qiladi. 7-rasm. Tomchilatib sug‘orish tarmog‘ining qurilish sxemasi Sug‘orish vaqtida suv faqat bitta sektorga beriladi, ya’ni sektorlar navbat bilan sug‘oriladi. Natijada quvurlarning eng kichik diametrini hamda nasos agregati va filtrning talab darajasidagi kam quvvatli markasini tanlash imkoniyati yaratiladi. 1-jadval Tajriba tizimi Var № G‘o‘za navi Sug‘orish usuli Sug‘orish oldi tuproq namligi CHDNS ga nisbatan, % PSUYAITI Markaziy tajriba xo‘jaligi 1 S-65 24 (tajriba) TST 65-70-65 2 S-65 24 (tajriba) TST 70-75-65 3 S-65 24 (nazorat) Egatlab sug‘orish 70-70-60 Yerni ekishga tayyorlash . Dala maydoni noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida T-150 haydov traktori yordamida 28-30 sm chuqurlikda shudgorlangan. Shudgorlash oldidan fosforli (100%) va kaliyli (50%) ma’danli o‘g‘itlar me’yorlari ilmiy tavsiyalarga asosan qo‘llanilgan. Erta bahorda tajriba dalasida chigit ekishdan oldin tuproq yuzasi tekislani, chizellandi, borona va mola bosildi. 14 Ekish muddati Tipik bo‘z tuproqlar sharoitidagi tajriba dalasiga g‘o‘zani «S-6524» navi aprel oyining ikkinchi-uchinchi o‘nkunliklarida, navning sara chigitlari ekildi. G‘o‘zaning yangi va istiqbolli “S-6524” navi ekildi. Sug‘orish tuproq namligi CHDNSga nisbatan TST da 65-70-65 va 70-75-65 % xamda egatlab sug‘orishda 70-70-60% tartibda olib borildi. Tajriba tizimiga asosan, dala tajribasi 10 ta variant 3 qaytariqda olib borildi. Bunda egat uzunligi 80 m, kengligi 0,60 m, qatorlar soni 8 ta, shundan 4 tasi hisobiy qatorlar, qolgani himoya qatorlari sifatida qabul qilingan. Shuningdek, bir variant maydoni 8x0,60x80=384 m 2 , bir qaytariq maydoni 384x15=5760 m 2 , umumiy maydon 5760x3=17280 m 2 ga ni tashkil etdi. S-6524 navi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish a`grotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida V.Avtonomov, A.Avtonomov, V.Ristakov va boshqalar tomonidan yaratilgan. Nav o‘rtapishar bo‘lib, o‘suv davri o‘rtacha 125 kunni tashkil etadi, 1988 yildan davlat reyestriga kiritilgan. 2020 yilda viloyatda 25,0 ming gektarga ekish uchun rejalashtirilgan. Tupining balandligi 105-115 sm, birinchi hosil shoxlari 5-6 bo‘g‘inda paydo bo‘ladi. Bir dona ko‘sak vazni 4,0-5,0 g., 1000 dona chigit vazni 115-125 g. Tolasi IV-tipga mansub, tola chiqishi 33,5-34,5%, tola uzunligi 34,0- 35,2 mm, tola pishiqligi 4,7-4,8 gk, metrik raqami 6000-6100, nisbiy uzilish kuchi 27,7 gk/teks., mikroneyri 4,3-4,6. Download 170.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling