O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «bank ishi» kafedrasi


Inflyatsiya dinamikasi va prognozi


Download 248.01 Kb.
bet2/2
Sana29.10.2020
Hajmi248.01 Kb.
#137964
1   2
Bog'liq
KURS ISHI Ziyodullayeva NargizaBI 61


Inflyatsiya dinamikasi va prognozi. 2018 yilda inflyatsiya 14,3% ni tashkil etdi. Markaziy bankning qayd etishicha, yil oxirida inflyatsiya bosimi yuqoriligicha qoldi, bu omilning ham talab, ham chiqim tomondan ta’siri bilan izohlanishi mumkin. Misol tariqasida ichki talabning dinamikasi, tartibga solinadigan narxlarning o’sishi va valyuta kurslari dinamikasining ta’siri kabi omillarni keltirish mumkin. Qayd etilishicha, 2018 yil sentyabr oyida qayta moliyalash stavkasining o’sishi kreditlash sharoitlarining keskinlashuviga olib keldi, natijada kreditlashning o’sish sur’atlari normallashdi. 2019 yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya prognoz koridorining (13,5-15,5%) yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllandi va 15,2 foizni tashkil etgan.

Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo`jalik sub`ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar hamda ko`rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o`sadi. Odatda, talab inflyatsiya aholining to`liq ish bilan ta`minlangan holatda yuzaga chiqadi. Aholining daromadlarinig tez sur`atda o`sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlari bo`lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda alabnig har qanday o`sishi narx-navoning o`sishiga olib keladi. Bu inflyatsiyaning sabablari kuydagilar bulishi mumkin:

a) har xil jarayonlar va tarkibiy uzgarishlar tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida maxsulot ishlab chikarishga ketgan xarajatlar oshadi. Umuman xalk xujaligi buyicha ishlab chikarish hajmi, binobarin, tovarlar buyicha taklif kiskaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi kiskaradi.

b) har xil yangi xizmat turlari paydo buladi ishlab chikarishga nisbatan kam mehnat unumdorligida yukori ish haki olishga imkoniyat tugiladi. Natijada tovar va xizmatlarga bulgan baho oshib boradi,

v) aholini sotsial jihatdan himoyalash maksadida ish hakining oshishi, tovarlar bahosining oshishiga olib keladi va yana ish haki oshadi. va h.k. bu zanjir uzluksiz davom kilish mumkin.



Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an`anaviy turi talab oshib ketganda

yuzaga keladi. Ishlab chiqarish soxasi aholining talabini to`liq qondira olmaydi,

taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam

miqdordagi tovarlarga ko`p miqdorda pul massasi to`g`ri keladi.Talab

inflyatsiyaning vujudga kelishi sabablari quydagicha:


  • davlat qarzlarining o`sishi («defolt»ga olib kelish ehtimoli mavjud) va byudjet defitsitining mavjudligi; xarbiy texnika sotib olish va boshqa xarbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq

bo`lgan jarayonlar;

  • chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga

almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy valyutaga

nisbatan chet el valyutasining qadri oshadi;



  • xalq xo`jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan

bog`liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo`lgan

talabni oshiradi;



  • xalq xo`jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash

ham, qo`shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.
Xarajatlar inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi xom-ashyo va energetik resurslarga bo`lgan xarajatlarning o`sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar va bajariladigan ishlarning narx-navosini o`sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xom-ashyo va energetik resurslarga bo`lgan dunyo narxlarini ko`tarilishi hamda xorijiy valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini pasayishi xarajatlar inflyatsiyasining yuzaga chiqishini asosiy sabablari hisoblanadi. Xarajatlar inflyatsiyasida ma`lum bir mahsulotning narx-navosini o`sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narx-navoni o`sishiga olib keladi. Masalan, neft` mahsulotlariga bo`lgan dune bahosinig o`sishi natijasida unga bevosita bog`liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o`sib ketadi. Xarajatlar inflyatsiyasi taklif inflyatsiyasiga o`xshash, lekin bu inflyatsiyada ba`zi xarajatlarning o`sishi aniq olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog`liq bo`lmagan holatlarda yuzagachiqishi mumkin.

Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba`zi

mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi qayta moliyalashtirish stavkasining o`rnatilishi natijasida xo`jalik sub`ektlariga beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha foizlarni o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin. Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib borilayotgan pul-kredit va byudjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflyatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi.



Inflyatsiya nazariyalari. Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar uning monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini o`lash uchun dastak lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi:

PKt


IPTs = ------------ x 100 %

PKb


Bu erda: IPTs – iste`mol narxlarining indeksi;

PKt - iste`mol savatining joriy narxi;

Pkb - iste`mol savatining bazis narxi.

Inflyatsiya darajasining o`sishini bir bahosini o`sishi bilan aniqlash mumkin. Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so`m bo`lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so`mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan.

585 so`m

1 litr benzin = --------------- x 100 % = 117 %

500 so`m

Baholar indeksidan tashqari inflyatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot indeksi ko`rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma`lum bir davr mobaynida, odatda bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlarning umumiy miqdorining puldagi ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o`lchash uchun deflyatordan foydalaniladi. Deflyator – bu pul ifodalangan iqtisodiy ko`rsatqiyalarni o`tgan davrdagi baholar darajasiga nisbatan taqqoslash maqsadida qo`llaniladigan koeffitsientdir. Deflyator yordamida aniq bir muddatdagi haqiqiy ish haqi darajasini aniqlash mumkin.

Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning mohiyatini o`rganish va uni oqilona boshqarish bo`yicha turli nazariyalar mavjud. ulardan biri bo`lib Angliyalik taniqli iqtisodchi olim Djon Meynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. Dj.M.Keyns bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida davlat tomonidan faol moliya siyosati olib borish, talabni rag`batlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga oshirishi imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat:

1. mamlakat aholisining ish bilan ta`minlanganligi darajasi ishlab chiqarish

xajmi bilan aniqlanadi;

2. umumiy talab taklifga to`g`ri kelmaydi, chunki ma`lum pul mablag`lari

jamg`arishga sarflanadi;

3. ishlab chiqarishning xajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkorlikka asosan aniqlanadi;

4. investitsiyalar va jamg`armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda

jamg`arma aktlari mustaqil faoliyat ko`rsatadi.

Dj. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo`shimcha pul emissiyasi

aholining to`lovga qobiliyatlilik talabini oshiradi. Buning natijasida tovarlar va xizmatlarni ko`payishi uchun asos yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidanxaridorlarning pullarini olish maqsadida ishlab chiqarish hajmini ko`paytiradilar va muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasini mahsulotlar va xizmatlar bilan to`ldiradilar. Xalqaro amaliyotda Dj. Keyns tomonidan ilgari surilgan nazariya «tartibga solinib turiladigan inflyatsiya» nomini olgan.

O`tgan asrning 60 yillarida inflyatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos solindi. Ushbu maktabga AQShlik mashxur iqtisodchi, Nobel` mukofatining laureati, «Chikago iqtisodiy maktabi»ning boshlig`i Milton Fridmen asos soldi. Xalqaro amaliyotda ushbu maktab «monetarizm» deb nomlanadi. Monetarizm maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1) «Pullar ahamiyatga egadir», ya`ni kredit – pul sohasidagi o`zgarishlar mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatiga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi;

2) Mamlakat Markaziy banki iqtisodiyotdagi xo`jalik holatidan qat`iy nazar pul massasining barqaror o`sishini ta`minlab turishi lozim.

M. Fridmenning asosiy g`oyasi quyidagilardan iborat: mamlakat ig`tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat byudjetining holati, ishsizlik darajasi va boshqa makroekonomik ko`rsatqichlardan qat`iy nazar davlatning pul siyosatidagi asosiy vazifasi o`rtacha 3-5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g`oya Dj. Keyns g`oyasiga qarama-qarshidir. Dj. Keyns pul massasini o`sishidagi cheklovlar va talabni oldinga surgan bo`lsa, M. Fridmen esa taklif va pulmassasining doimiy o`sishini oldinga surgan.

Monetarizm maktabi tarafdorlari inflyatsiyaga qarshi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlaydilar:

- tadbirkorlikning to`g`ridan-to`g`ri rag`batlantirish (foydaga investitsiya qilingan qismidan soliqlarni pasaytirish);

- davlat xarajatlarini qisqartirish;

- investitsiyaga yo`naltirilgan jamg`armalarning o`sishini rag`batlantirish (mamlakat aholisining jamg`armalarini tijorat banklariga va qimmatli qog`ozlarga joylashtirish).

O`z mohiyatiga asosan monetaristik siyosat qat`iy siyosat bo`lib, uni amalga oshirishda qattiqlik va turli demogogiyaga nisbatan befarqlikni talab etadi. Shuni ta`kidlash lozimki, Dj. Keyns va M. Fridmen yaratgan nazariyalari inflyatsiya bilan oqilona kurash olib borishda mutloq to`liq javob bermaydi. Har ikkala nazariya o`zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlarga ham egadir.

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shundan dalolat bermoqdagi inflyatsiya qaysi shakl va turda yuzaga chiqmasin, u doimo ishsizlik muammosi hal etishlikni, ularning o`zaro bog`liqligini chuqur tahlil etgan avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips grafiklar yordamida inflyatsiya va ishsizlik haqiqatda ular o`rtasida teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi. Uning fikricha aniq olingan mamlakatda aholi o`rtasida ishsizlik darajasi past darajada bo`ladi. O`z vaqtida uning aksi inflyatsiya darajasi yuqori bo`lgan holatda, ishsizlik darajasi past bo`ladi. Biz buni quyidagi grafikda ko`rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha, inflyatsiya darajasi yuqori darajadagi mamlakatlarda haqiqiy ish haqi qiymati tushib boradi. Ushbu holat aholining turli toifalari narx-navo ko`tarilishi natijida yo`qotilgan haqiqiy ish haqini kompensatsiya qilish maqsadida ishlashga majbur bo`ladi. Buning natijasida, mamlakat aholisi o`rtasida ishsizlak darajasining pasayishi kuzatiladi.



Inflyatsiya ko`rsatkichlari. Inflyatsiyada nafakat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi. G`arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy kursatkichi kilib chakana baholarning uzgarishi (oshishi) kabul kilingan. Agar ma`lum davrda baholar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta kadrsizlangan deb hisoblanadi. Chakana baholar usishini h isoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniklanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning boshlangich nuktasi kilib (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar uzgarishi, urtacha yillik usishi sur`ati hisoblanishi mumkin.

Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yigindisi, ya`ni, tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy bahosi, ya`ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniklanishi mumkin. Baholar indeksini hisoblashda iste`mol tovarlar bahosining indeksi katta axamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksining bazis yildagi baholar indeksiga nisbatan oshish i- inflyatsiya - “Baholar darajasining oshishi” dan, baholar indeksining kamayishi-deflyatsiya- “Baholar darajasining kamayishi” dan dalolat beradi. Aytalik , basis davr 1990 yil bulsin (Baholar darajasi 100% deb olamiz) va1997 yilda baho darajasi 350. Demak 1990 - 1997 yillarda baholar 3,50 marta yoki 250% ga oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 sum turgan bulsa, 1997 yilda shu toavar 350 sum turadi.

Iste`mol tovarlar bahosi indeksidan tashkari ba`zi guruh tovarlar va xizmatlar masalan, kipim, oyok kiyimlar, transport, uy joy xizmatlari va bophalar buyicha baholar indekslarini hisoblash mumkin.

Inflyatsiyaning usish sur`atlari tugrisida gapirganda, uning rivojlanishini son jihatdan aniklanishning boshka yuli ham mavjud. Buning usul ―70 lar koidasi‖ deb ataladi. Agar har yili inflyatsiya darajasi ma`lum bulsa, baholar ikki karra oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniklash mumkin. Buning uchun ―70‖ ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bulish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bulsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiyasi darajasi 20% bulsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki karra oshishi kerak.Shuni ta`kidlash kerakki, bu usul hamma vakt ham, masalan, inflyatsiyaning usishi sur`atlari yukori, (har kuni, oyda uzgarib boradigan) bulsa, qulay hisoblanmaydi ―70 lar koidasi‖ aholi jamgarmalarining, real yoki milliy maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini tutri aniklab berishga imkon beradi.



3. Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari

Har bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi yo`nalishlarda yuzaga chiqadi:

1) Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga ishonchni yo`qotishga olib keladi;

2) Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar qo`llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Buning natijasida savdo va vositachilik do`konida tovarlar tez sotiladi;

3) Narx-navoning keskin va notekis o`zgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko`tarilishiga olib keladi;

4) Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat byudjeti daromadlari byudjet xarajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Byudjet daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va buning natijasida byudjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi;

5) Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. Chunki inflyatsiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning foiz darajasinig yuqori darajada o`rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi.

Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga karab uning sabablarini ichki va



tashqi sabablarga bulish mumkin.

Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xujalkk faoliyati bilan boglik turlariga bulinadi. Xujalik faoliyati bilan boglik omillar bu xujalikdagi va iktisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab .chikarishda yakka xukmronlikka yo’l qo’yish, iqtisodning tekislik rivojlanishi, investitsiyalashda nomutanosiblik, baholarni tashkil kilishda davlatning yakka xokimligi, kredit siyosatining notugri olib borilishi va boshkalar hisoblansa, pul bilan boglik omillarga davlat moliyasi sohasidagi krizislar; davlat byudjetning defitsiti, davlat karzlarining usishi, pul emissiyasi, pul muomalasi konunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga yul kuyish va boshkalar kiradi.

Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iktisodida bulgan krizislar, (xom-ashyo, yokilgi, valyuta buyicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshka davlatlar bilan tashki iktisodiy faoliyati, oltin va valyuta zahiralari bilan buladigan nokonuniy operatsiyalar va boshkalar bulishi mumkin.

Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:

- mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;

- tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining o`zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi.

Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi:

1) Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasid;

2) Mamlakat aholisi va davlat o`rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo`shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;

3) Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o`rtasida. Maxsulotlar va xizmatlarga bo`lgan narx-navoning notekis o`sib ketishi natijasida aholi o`rtasida ijtimoiy toifalarga bo`linishini (boylar, kambag`allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg`armalar va joriy iste`molning keskin o`zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar, nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar, bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi;

4) Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qo`shimcha zarar ko`radi.

Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qo`shimcha sug`urta va turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan.

Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga bo`lgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab chiqilgan inflyatsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi.



Inflyatsiyaning ijtimoiy oqibatlari ham bor: u nominal shuningdek real ish xakkining usish sur`atlari tovarlar va xizmatlarining keskin oshib borayotgan narxlaridan orqada qolishga sabab buladi. Inflyatsiyadan qat`iy belgilangan daromat oluvchi odamlarining xamma toifalari zarar ko’radi, ularning daromadlari yo kamayib boradi, yoki inflyatsiyaning sur`atlariga qaraganda kamroq sur`atlar bilan oshadi. Inflyatsiya ayniksa utish boskichida turgan iktisodiyotga juda ogir ta`sir kursatadi.Buning sababi bozor iktisodiyoti yulida goyat muxim kadam bulgan narx-navoni erkinlashtirish, ya`ni narxlar ustidan davlat nazoratini bekor kilish bilan boglangan.Bunday narxlarni erkinlashtirishning kanday natijalarga olib kelishini oldindanok aytib berish mumkin:xamisha takchil bulib kelgan tovarlarning narxlari oshib ketadi.Nima sababdan? Chunki davlat ushbu tovarlarning narxlarini sun`iy ravishda past kilib belgilab kelgan va talab xamisha taklifdan oldinda yurgan yoki xukumat karorlari keltirib chikargan iktisodiy buzilishlar xamda samarasizlik tufayli shu xol vujudga keladi. Agar utish davriga kelganda odamlar kulida kup mikdorda pul tuplanib kolgan bulsa (chunki ularni biron bir kimmatli narsaga sariflashning imkoni bulmagan), inflyatsiya yuki yana xam ogirrok bulishi mumkin.

Shunga karamay, utish davri vaktidagi ana shu mukarrar inflyatsiya xurujining butun mushkilotlari evaziga erishiladigan narsa xam ancha katta buladi.Talab va taklif vositalari davlat zanjirlaridan ozod bulib ishlay boshlashi mumkin.Yukori narxlar talab juda xam kuchli ekanligidan darak beradi va bozor dastlab garchi sekin xamda turtinib bulsa xamki, ishlab chikarishni oshirish bilan javob beradi. Garchi odamlar kulida tuplanib kolgan pullar uz kadrini yukotgan bulsada, ularning kulidagi pullar endi real pul bulib koldi va iste`molchilar dukonlarda paydo bula boshlagan tovarlarni sotib olishlari mumkin. Taklif kupayib borgan sari narxlar barkarorlashadi va navbat yuk bula boshlaydi chunki iste`molchi sotuvda borgan sari kuprok mikdorda xilma-xil maxsulotlar paydo bulayotganligiga ishonch xosil kiladi.

Tadbirkorlar va sarmoyadorlar yangi iktisodiy erkinlikka yangi bizneschilarni kashf etish xamda tovarlar va xizmatlar taklif kilishda raqobatlashuv bilan javob beradi shu tarika ish joylarini tashkil etadilar taklifni kupaytiradilar xamda narxlarning yanada normallashuvini keltirib chikaradi. Bunday utishning eng muxim joyi shundaki xukumat narx-navoni belgilashdagi uz rolidan voz kechadiva bozor kuchlariga tovarlar va xizmatlarni taklif kilish imkonini beradi. Bunday erkin bozor mustaxkamlangandan keyin inflyatsiya davom etishi mumkin lekin iktisodiy utishning ancha ogir bulgan ilk davridagiga karaganda boshkaraladigan va kamrok xafv tugdiradigan muammo bulib qoladi.

Inflyatsiyaning oqibatlari murakkab va xilma-xildir. Uning uncha katta bulmagan sur`atlari narxlarning va foyda me`yorning usishiga yordam beradi, shu tarika vaktincha kon`ekturani jonlashtiruvchi omil buladi. Inflyatsiya chukurlashib borgan sari takror ishlab chikarish jiddiy tusikka aylanadi, jamiyatdagi iktisodiy va ijtimoiy keskinlikni kuchaytiradi. Baxo bozor iktisodiyatidagi uzining asosiy vazifasini-iktisodiyot sub`ektlari uchun xolis axborot beruvchi belgi bulish vazifasini bajarmay kuyadi. Inflyatsiya puldan tovar kochib utishni faollashtirib bu jarayonni katta okimga aylantiradi, bulgan kizikishni yukatadi, mavoza ayriboshlashi kayta dunyoga kelishga erdam beradi. Inflyatsiyaning yukori suratlari fiskal tizimiga salbiy ta`sir kursatadi, chunki byudjetga tushayotgan soliklarning xakikiy mikdori pasayib ketadi. Inflyatsiya sharoitda axolining jamgarmalari kadirsizlanadi, kredit beradigan banklar va muassasalar xam zarar kuradilar.Uzok muddatli kredit berishning imkoni bulmay koladi, chunki kreditlash davri mobaynida kredit stavkalarini muttasil indeksatsiya kilib boorish zarur buladi.

Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo`lgan inqirozlar, (xomashyo, yoqilg`i, valyuta bo`yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar kiradi. Ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to`xtovsiz o`sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi, oqibatida pul birligining qadrsizlanishi inflyatsiyani keltirib chiqaradi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:

a) tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o`sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;

b) Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;

v) Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.

Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o`sib borishiga qarab inflyatsiyani bir necha turlarga bo`lish mumkin:


  • sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 5-10 % dan

oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko`proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo`lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo`lishi mumkin. Bu inflyatsiya, aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o`zgarish sezilmasligi mumkin:

  • shiddatli inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 10-100% (ba`zida

200% gacha) bo`lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko`proq uchraydi;

  • giperinflyatsiya.Baholarning o`sish sur`atlari yiliga 200%dan oshib ketadi.

4. Inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari.

Jaxonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflyatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to`plangan. Inflyatsiyani butunlay yo`qotish imkoniyati yo`q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo`lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to`liq yo`qotish mumkin emas. Shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflyatsiyaning butunlay yo`qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va uning salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.

Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.

Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig`imlar assoida yig`ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo`lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.

Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag`larini yig`ish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to`lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.

Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to`lovga qobiliyatli talab o`rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog`liq siyosatdir.

Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me`yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.

Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o`sishini ta`minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.

Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo`lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.

Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog`oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.

Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o`sish sur`atlarini pasaytirishga qaratilgan bo`lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:

1) Pul islohotlarini amalga oshirish;

2) Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;



Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to`liq yoki qisman o`zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta`minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval`vatsiya, deval`vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda reval`vatsiya usulidan foydalanildi. Reval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko`tarib qo`yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo`lib deval`vatsiya hisoblanadi.

Devalvatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo`yishdan iborat. Deval`vatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo`lib denominatsiya hisoblanadi.

Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi. Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi:

1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi;

2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi. Daromadlar siyosati o`z mohmiyatiga ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.

Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur`atlarda bulmasdan, sakrab turadigan bulishi mumkin. Lekin, ba`zi tovarlar bahosining tushishi yoki barkaror bulib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun moe deb tulik ishonch bilan uktira olmaymiz. Ba`zida davlat aralashuvi bilan aholi iste`moli uchun zarur bulgan ayrim bir tovarlar bahosining ma`lum davrda barkaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir okibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi tugrisida gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baxolar oshishi tushunchalarini tutri talkin kila olish kerak. Masalan, xamma vakt ham ba`zi tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyatsiya bulmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bulishi mumkin.

Shuningdek, bank tizimining samarali faoliyat yuritishi milliy valyuta barqarorligini ta`minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Markaziy bankning ushbu yo`nalishdagi asosiy vazifasi iqtisodiyotda moliyaviy vositachilik darajasini oshirish uchun zarur sharoitlarni, jamg`armalarni investitsiyalarga yo`naltirishning samarali tizimini yaratishdan iboratdir.

2019 yilda bank tizimida iqtisodiyotnin real sektoridagi jarayonlarni aks ettiruvchi sifat o`zgarishlari ruy berdi. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi banklarda omonatlarning keskin o`sishiga, tijorat banklari tomonidan aholiga kursatilayotgan xizmatlar ko`lamining, shu jumladan iste`mol kreditlari hajmining ortishiga olib keldi. Xususiy sektorni rivojlantirish banklar tomonidan kredit liniyalari ajratish, boshlang`ich kapitalni moliyalashtirish, tadbirkorlarga konsalting va boshqa xizmatlarni ko`rsatish orqali qo`llab-quvvatlanmoqda. Bank ishida yangi texnologiyalarni qo`llash tijorat banklarida hisob kitoblarni jadallashtirish, aktiv va passivlani yanada samarali boshqarishga o`tish, naqd pulsiz to`lovlarning yangi turlarini joriy etish imkonini berdi.

Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi karash olib borish tajribasida biz ta`kidlab o`tgan ikki yo`nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastalabki kunlaridan boshlab yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda qat`iy pul-kredit siyosati olib borilmoqda. Olib borilayotgan bunday siyosat natijasida inflyatsiya sur`ati belgilangan me`yorlarda ushlab turishga erishilmoqda. Prezidentimizning bu jarayonlar haqidagi quyidagi gaplari juda o`rinlidir.” Puxta o`ylangan qat`iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko`zda tutilgan prognoz ko`rsatkichlari chegarasida, ya`ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolindi.Ushbu omil mamlakatimizda inflyatsiya sur`atlarini aholi turmush darajasiga kam darajada ta`sir etayotganligidan dalolat beradi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchu nasosan quyidagi chora-tadbirlar amalga rshirilmoqda:

- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;

- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarningrag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;

- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va - qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;

- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;

- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.



Yuqorida ta`kidlab o`tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ma`lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.

3- jadval

2018 – yil birinchi choragida iste’mol narxlar indeksi (baholarning

o`sishi o’tgan oyga nisbatan, %)



Baholar va inflyatsiya. 2018 yil davomida narxlarni yuqori o‘sishi un va non mahsulotlari (24,8 foiz), go‘sht mahsulotlari (23,4 foiz), meva va sabzavotlar (14,5 foiz) hamda yo‘lovchi transporti (13 foiz) sohalarida kuzatildi.2019 yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya prognoz koridorining (13,5-15,5%) yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllandi va 15,2 foizni tashkil etgan. Qayd etilishicha, inflyatsiya sur’ati asosan yilning ikkinchi yarmida tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi (21,6 foizga o‘sishi), shuningdek, 2019 yil avgust oyidagi milliy valyuta devalvatsiyasi natijasida tezlashgan.

Birinchi yarim yillikda O`zMB tomonidan respublikada qat`iy pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi o`rtacha oylik inflyatsiya darajasining 0,7% dan – 0,1%ga kamayishiga sabab bo`ldi. (jadvallar). Mazkur davr moboynida inflyatsiyaning umumiy hajmiga pullik xizmatlarga tariflarning pasayishi, nooziq – ovqat mahsulotlariga narxlarning pasayishi ta`sir qildi. Oxirgi yillarda birinchi marotaba oziq ovqat mahsulotlariga narxlarning pasayishi kuzatildi(-4,4%)



4- jadval

Hududlar miqyosida iste`mol narxlari indeksining o`sishi birgina Samarqand viloyatida (0,04%) qolgan barcha viloyatlarda esa pasayishi kuzatildi.





Xududlarning nomi

Baholarning o`sishi

Oylik o`rtacha

O`zbekiston Respublikasi

-0,8

-0,1

Xorazm

-1,6

-0,27

Navoiy

-1,5

-0,25

Namangan

-1,5

-0,25

Buxoro

-1,3

-0,21

Jizzax

-1,2

-0,21

Sirdaryo

-0,8

-0,13

Samarqand

-0,7

-0,11

Qashqadaryo

-0,7

-0,11

Andijon

-0,5

-0,08

Toshkent shahar

-0,5

-0,09

Farg`ona

-0,3

-0,05

Toshkent

-0,3

-0,04

Surxondaryo

-0,2

-0,04

Qoraqalpog`iston Respublikasi

0, 5

0,07

2018-2019 yillarda o‘rtacha ish haqi darajasining sezilarli darajada to‘g‘rilanganligi hisobiga 2020 yilda aholi nominal daromadlarining mo‘’tadil darajada o‘sishining kutilishi talab omillari ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yilda YAIMning o‘sishi 5,6 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, global iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga qaramay, asosan rag‘batlantiruvchi soliq-byudjet va kredit siyosati, shuningdek, asosiy eksport xom-ashyo tovarlari narxlarining ijobiy dinamikasi o‘tgan yilda iqtisodiy o‘sish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minladi. Shu bilan birga, prognoz hisob-kitoblarga ko‘ra, 2018-2019 yillarda iqtisodiyotga ajratilgan kredit qo‘yilmalari va davlat xarajatlarini tez sur’atlar bilan o‘sishining iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlovchi ta’siri 2020 yilning birinchi yarim yilligida ham ma’lum darajada saqlanib qoladi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 2020 yilning ikkinchi yarmida nominal YAIM o‘sish sur’ati 2019 yilning mos davriga nisbatan biroz sekinlashadi. Fiskal va monetar siyosatning tartibga soluvchi ta’siriga qaramasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning o‘sishi va investitsion jarayonlarning faollashishi iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir qiladi.

Pul-kredit sharoitlari. 2019 yilning so‘nggi choragida pul bozorida foiz stavkalar turli omillar va bozor tendensiyalari ta’siri asosida shakllandi. Ularning o‘zgarish xarakteri yilning oldingi choraklaridan keskin farq qildi. Xususan, o‘rtacha tortilgan foiz stavkalar 2019 yil oktyabr oyidagi 15,2 foizdan noyabr oyida 16,4 foizga va dekabr oyida 17,5 foizgacha o‘sdi. Shu bilan birga, depozitlarning o‘rtacha muddatlarida o‘sish kuzatildi. 2019 yilning oktyabr-dekabr oylarida banklararo depozit operatsiyalari hajmi oldingi choraklar o‘rtacha ko‘rsatkichlariga nisbatan 2 barobardan ko‘proqqa oshdi. Shu bilan birga, inflyatsion kutilmalarda va inflyatsiyaning prognoz dinamikasida barqaror o‘sish sur’atlarining mavjud emasligiga qaramay, 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan depozit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari 18-20 foizgacha o‘sdi. Bu uzoq muddatli likvid resurslarning yetishmasligi hamda banklarning likvidlik bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlariga erishishga bo‘lgan xarakatlari bilan bog‘liq.

Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan obligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi va ichki moliya bozorini to‘yintirib borilishi hamda banklar tomonidan likvidlilik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar inflyatsiyaning prognoz trayektoriyasiga mos keladigan daromadlar egri chizig‘ining shakllanishiga olib keladi. Kreditlar ajratishning bozor mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tish orqali bozorda segmentansiyani pasaytirish choralari ham kreditlar bozorida foiz stavkalari o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga xizmat qiladi. 2019 yilda umumiy pul massasi 13,8 foizga, milliy valyutadagi pul massasi esa 14,4 foizga o‘sdi. Bunda pul massasi tarkibida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi, xususan:

• milliy valyutadagi muddatli depozitlar 43 foizga, shu jumladan, jismoniy shaxslar depozitlari 54 foizga oshdi; • aholi omonatlarining jami depozitlardagi ulushi 25 foizdan 31 foizgacha ko‘tarildi; • muomaladagi naqd pullar nisbatan pastroq sur’atlarda – 9,4 foizga o‘sdi. To‘lov tizimi va hisob-kitoblar infratuzilmasining rivojlanishi, shuningdek, milliy valyutaga va umuman bank tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanib borishi muomaladagi naqd pullar dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada 2019 yil davomida naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 27,6 foizdan 26,6 foizgacha pasaydi. 2019 yilda iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari hajmi qayta ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha 54,7 foizga o‘sdi. Xususan, milliy valyutadagi kreditlar 48,7 foizga (shu jumladan, aholiga ajratilgan kreditlar 63,5 foizga) hamda xorijiy valyutadagi kreditlar 62,6 foizga o‘sdi. Prognoz baholarga ko‘ra, 2020 yilda kredit qo‘yilmalarining o‘sish sur’ati nominal YAIM o‘sish sur’atlariga mos keladigan fundamental trendiga yoki muvozanatli o‘sishiga qaytadi va 20-25 foiz atrofida bo‘ladi.

Ilgari ajratilgan kreditlar qaytarilishi hisobiga yangidan beriladigan kreditlarni yanada samaraliroq loyihalarga yo‘naltirish orqali 2020 yilda kredit qo‘yilmalari prognoz doirasida o‘sishi ta’minlanadi. Bu ortiqcha talab paydo bo‘lishining oldini olish orqali iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda narxlar o‘sishini pasaytiruvchi va to‘lov balansini yaxshilovchi omil sifatida xizmat qiladi.

Makroprudensial siyosat sohasida asosiy e’tibor likvidlik, kapital yetarliligi va aholining qarz yuki darajasi bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashga qaratiladi.

Pul-kredit siyosati choralari iqtisodiyotga ta’sir kanallarini, xususan, kreditlar hajmining o‘sishi, jamg‘arish faolligi, inflyatsion kutilmalar va ayirboshlash kursi barqarorligi kanallarini yaxshilashga yo‘naltiriladi. Bunda pul-kredit operatsiyalarini amalga oshirish va kommunikatsiya siyosati instrumentlarini qo‘llashda amaliy jihatni oshirish rejalashtirilgan.

Xatarlar va noaniqliklar. Xizmatlar sohasida tannarx ko‘p hollarda ish haqi darajasiga va kommunal sohada esa energiya manbalari narxlariga bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu sohalarda noaniqliklar saqlanib kolmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotga elektr energiyasi va gazni uzluksiz yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish dolzarbligining oshib borayotganligi 2020 yilda ular narxlarining sezilarli darajada oshishini talab etishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, asosiy prognozni qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin. Biroq, ushbu omil bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha keyingi yig‘ilishlarda e’tiborga olinadi. Transport infratuzilmasi va bozorlardagi raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyotning turli sohalarini gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiyaning barqaror sekinlashishining asosiy omili hisoblanadi.

Markaziy bank inflyatsion omillar xususiyati va xatarlarni diqqat bilan o‘rganib boradi, inflyatsiyaning prognoz dinamikasiga nisbatan mustahkam ishonch hosil bo‘lgan sharoitda asosiy stavkani pasaytirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi




Xulosa

O`tgan yilninig yakuni bo`ycha respublikamiz davlat byudjeti ortig`i bilan bajarildi, ko`zda tutilgan defitsit o`rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorida profitsitga erishildi. Puxta o`ylangan qat`iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiyani ko`zda tutilgan prognoz ko`rsatkichlari chegarasida, ya`ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolishga erishildi. Joriy 2020 yilni oladigan bo`lsak, o`rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida – va shunga mos ravishda xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda ham – 1,4 barobar oshirish ko`zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o`sish ko`rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish mo`ljallanmoqda. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni koplash uchun qog’oz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chik;arishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chiqarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar salmogining usishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish lozim:

- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;

- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;

- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;

- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;

- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.

Yuqorida ta`kidlab o`tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga

oshirish ma`lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion

siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga



va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1. O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`g`risida» qonuni. 1996 y.25 aprel.

2. O`zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to`g`risida» qonun.

«Halq so`zi» gazetasi 1996 y.13 yanvar.

3. O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining «Pul mablag`larini bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qonuni. № 280. 2007 y. 5 avgust.

4. O`zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g`risida»gi qonuni. 2007 y. 4 aprel.

5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «Bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» Toshkent. 14.06.2010 yil.

6. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «Tadbirkorlik sub`ektlarini xuquqiy ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» Toshkent. 14.06.2010 yil.

7. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. «Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to`g`risida» Toshkent.

15.06.2010 yil.

8. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul-kredit ko`rsatkichlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori. 2008 y. 4 fevral.

9. Karimov I.A. O`zbekiston demokratik taraqqiyotining yangi bosqichida. T.:»O`zbekiston».2010.f.

10. Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barkarorlik to`g`risida. Toshkent. «O`zbekiston» 2010 y.

11. Abdullaev Yo, Abdullaeva Sh. «Bank ishi»,Toshkent. 2008y.

12. O`zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. 4-qism. Moliya va bank tizimidagi isloxotlar samarasi. A. Bekmuradov, R. Tojiev, X.Qurbonov, M. Alimardonov. T.: TDIU - 2010y., 62 b.

13. Tojiev R., Jumaev N. Markaziy bankining monetar siyosati. T.: TDIU nashriyoti. 2007.-107 b.

14. Tojiev R.R., Yakubova Sh. «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari» ma`ruza matni. TDIU.2010 y.

15. Toymuxamedov I.R. «Bank ishi» ma`ruza matni, TDIU. 2010 y.

16. Don Patinkin. Den`gi, protsent i tseni.-M.: Ekonomika, 2009.-375s.

17. Jarkovskiy S. «Bankovskoe delo» kurs lektsiy. M.: «F i S». 2009 g.

18. efimova M.R. Finansovo-ekonomicheskie raschyotı. Posobie dlya menedjerov: Ucheb. Pos.-M.: INFRA-M, 2009.-185s.

19. Lavrushin O.I. i dr. «Bankovskoe delo» M. F i S 2008g.

20. Lavrushin O.I. i dr. «Bankovskoe delo» M. F i S 2009g.

21. Pugachev F.N. Valyutno`e raschyotı vo vneshney torgovle Rossiyskoy Federatsii: Ucheb pos.-M.: MGIMO, 2009.-179s.

22. Sviridov O.Yu. Dengi, kredit. Banki.- M.: IKTs Mart Rostov R.D., Izd.tsentr Mart, 2009.- 288s.

23. Sokolov Yu.A., Amasova N.A. Sistema straxovaniya bankovskix riskov. Nauch izd.-M.: OOO izd Elit, 2008. –288s.

24. Suxova L.F. Praktikum po analizu finansovogo sostoyaniya i otsenki kreditosposobnosti banka-zayomщika.-M.: Finansı i statistika, 2008-152s.

25. Finansı.Pod red. G.B. Polyaka.-M.: YuNITI-DANA, 2009.-607s.

26. Shapkin A.S. Ekonomicheskie i finansovıe riski.-Izd. 3-e-M.: Dashkov i K, 2009.-120s.

27. V.Maxalliy, MDX va evropa mamlakatlarida chop etilgan monografiya va ilmiy maqolalar.

28. Akramov E.A. Ekonomicheskie reformı Respubliki Uzbekistan.-M:

TOO «Lyuks art», 2008 - 235 bet.

29. Bondareva Yu. Konkurentsiya na rınke bankovskix uslug. //Bankovskoe delo. №1. 2009.g.

30. Dadaboev X. «Novıy etap bazel`skogo soglasheniya po kapitalu»// Bozor, pul va kredit, 2007 y, 8 son

31. Karimov N.F. Tijorat banklarida ichki audit tizimini shakllantirish.//Bozor, pul va kredit. № 10.2010y

32. O`zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to`g`risida Nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar. 2009 y. 23 iyun.

33. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me`yoriy hujjatlari to`plami.T.: 2008.

34. Kredit axboroti milliy institutining ma`lumotlar bazasini shakllantirish hamda banklararo kredit byurosiga va tijorat banklariga kredit axbortlarni taqdim etish tartibi to`g`risida Nizom. 2009 y. 21 may.

Statistik to`plamlar va Internet yangiliklari.

1. O`zbekiston Respublikasining 2010 y yanvar-mart statistik axborotnomasi.

2. O`zbekiston iqtisdiyoti. Taxliiy sharx.. 2009 y. №7

3. Ekonomika Uzbekistana. Analiticheskiy obzor za 2009-2010 g.

4. http://www.bankofendland.co.uk/market/money/index.htm

5. http://www.bankofendland.co.uk/coreuproses.htm

6. www.Referat.ru

7. http://www.boj.or.jp./en/siryo.htm

8. www.federalreserve.gov.

TMI __________ fakulteti 2-kurs ______ guruhi talabasi _______________

______________________________________________________________mavzusidagi kurs ishiga ilmiy rahbar

TAQRIZI


Ilmiy rahbar : ____________________


Download 248.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling