O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti


Ekstraktsion jarayonning farmatsevtik tahlilda qo'llanilishi


Download 43.14 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi43.14 Kb.
#1002922
1   2   3   4
Bog'liq
azmov

3.Ekstraktsion jarayonning farmatsevtik tahlilda qo'llanilishi
Farmatsevtik sifat va miqdoriy tahlilda ekstraktsiya usullari keng qo'llaniladi.
Masalan, bromid Br- va yodid J- ionlarini ochishda avval ular tegishlicha molekulyar Br2 va J2 gacha oksidlanadi, so'ngra organik erituvchi, ko'p hollarda xloroform (yoki benzol) bilan ekstraktsiyalanadi. Bromning xloroformli ekstrakti sarg'ish-jigarrang, iodning xloroformli ekstrakti esa binafsha rangda bo'ladi. Oksidlovchi sifatida xlorlisuv (xlorning suvdagi eritmasi) yoki kaliy permanganat KMnO4 eritmasi va boshqalar ishlatiladi. Xlorli suv bilan oksidlanganda reaktsiya quyidagicha boradi:
2Br-+Cl2 Br2 + 2Cl-
2J-+Cl2 J2 + 2Cl-
Hosil bo'layotgan molekulyar brom yoki yod xloroform yoki benzolda yaxshi erigani uchun ularga suvli eritmadan ajralib o'tadi.Farmatsevtik miqdoriy tahlilda ekstraktsiya biror fizik-kimyoviy usul bilan uyg'unlashgan holda amalga oshiriladi. Ko'pgina dori-vositalarini aniqlash ekstraktsion-fotometrik usulda bajariladi. Masalan A vitamin miqdorini aniqlash uchun uning tahlil etiluvchi dori shakliga (kukun holida yanchilgan draje yoki tabletka) ishqor bilan ishlov berib olingan A vitamin suvli eritmasidan efir bilan ekstraktsiyalanadi, efir xaydaladi. Qoldiq propanol-2 da eritiladi va hosil bo'lgan eritmadagi A vitaminning miqdori spektrofotometrik usulda aniqlanadi.
E vitaminining dori shaklidagi (draje, tabletkadagi) miqdorini aniqlash usullarining birida avval tahlil etiluvchi namunaga ishqor bilan ishlov berib olingan suvli eritma efir bilan ekstraktsiyalanadi. Ekstrakt spektrofotometrik usulda tahlil etiladi.Ekstraktsion usullar, ayniqsa, dorivor o'simlik xom ashyosining tahlilida, hamda qaynatma, tindirma, damlama, dori modda ekstraktini tayyorlashda juda keng qo'llaniladi. Mazkur holda ekstrakt, ma'lum talablarga muvofiq ekstraktsiya usulida tayyorlangan, dori shakli ma'nosini anglatadi.
Davlat Farmakopeyasining XI nashrida damlama va qaynatmalarga – «dorivor o'simlik xom ashyosidan suv bilan ajratib olingan suyuq dori shakllari, hamda quruq yoki suyuq ekstraktlarni(kontsentratlarni) suvdagi eritmalari» deb ta'rif berilgan.Farmakopeyaga ko'ra ekstraktlar – dorivor o'simlik xomashyodan olingan kontsentrik ajratmalardir. Tindirmalar – dorivor o'simlik xom ashyosidan, isitilmasdan ekstraktsiya usulida olingan rangli, spirtli yoki suvli-spirtli ajratmalardir.Damlama va qaynatma maydalangan dorivor o'simlik xom ashyosini suv bilan ekstraktsiyalab tayyorlanadi, ekstraktlar esa suv, etanol yoki boshqa ekstragentlar yordamida olinadi.
Damlama va qaynatma tayyorlash uchun ekstraktsiya quyidagicha bajariladi. Dorivor o'simlik xom ashyosini maydalangan namunasiga kerakli xajmda xona xaroratidagi suvdan qo'shib qaynab turgan suv hammomida (damlama – 15 daqiqa, qaynatma – 30 daqiqa) aralashtiriladi, xona xaroratida damlama ~45 daqiqa, qaynatma ~10 daqiqa davomida sovitiladi, fil`trlab tiniq fil`trat olinadi, kerak bo'lsa suv bilan suyultiriladi.Olingan damlama va qaynatmalar tarkibidagi farmakologik faol moddalarning miqdori farmakopeya maqolasida ko'rsatilgan turli analitik usullar vositasida aniqlanadi.

Download 43.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling