O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkеnt arxitеktura qurilish instituti


-mavzu. Yer osti suvlari dinamikasi asoslari


Download 39.13 Kb.
bet3/6
Sana14.12.2022
Hajmi39.13 Kb.
#1005237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9 Мухандислик геологияси фан дастури 3

12-mavzu. Yer osti suvlari dinamikasi asoslari
Yer osti suvlari harakatining asosiy turlari va qonunlari. Filьtratsiya va infiltratsiya. Suvlarning suvga to‘yingan mintaqadagi harakati. Filtratsiyaning chiziqli qonuni (A.Darsi) va uning chegaralari. Turbulent harakat va uning qonuniyatlari. Shezi-Krasnopolskiy qonuni. Yer osti suvlarining tezligi va yo‘nalishini aniqlash. Suvli qatlamlarda suvning harakati. Filьtratsion oqimlarning turlari va ko‘rsatkichlari. Filьtratsion oqimlarning chegaralari va chegaraviy sharoitlari. Suv yig‘uvchi inshootlar sarfini hisoblash.


13-mavzu. Yer osti suvlarining rejimi va balansi
Yer osti suvlari rejimi va uning asosiy elementlari. Rejim hosil qiluvchi sharoitlar va omillar. Rejim hosil qiluvchi omillarga asoslangan rejim guruhlari va turlari. Tabiiy va buzilgan rejimlar guruhlari. Balans tushunchalari.


14-mavzu. Yer osti suvlari zahiralari va resurslari. Yer osti suvlarini muhofaza qilish
Yer osti suvlari zahiralari va resurslarining sinflari. Tabiiy va sun'iy zahiralar va resurslar. Yer osti suvlarining ekspluatatsion zahiralari va resurslari. Ekspluatatsion zahiralarning toifalari. Yer osti suvlari zahiralarini baholash va uning ahamiyati. Yer osti suvlarining o‘ziga xos foydali qazilma konlari. Suv resurslarini muhofaza qilish haqidagi qonun va qarorlar. Yer osti suvlarini ifloslanishdan va kamayib ketishdan muhofaza qilish. Ifloslanish turlari va ularni baholash. Suvlarni muhofaza qilish tadbirlari.
15- mavzu. Geologik, gidrogeologik qidiruv tadqiqot ishlari
Geologik, gidrogeologik qidiruv-tadqiqot ishlarining mazmuni, vazifalari, turlari, hajmi, usullari. Qidiruv tadqiqot ishlarining hisoboti. Injenerlik nshootlarini loyihalash, qurish va ishlatish jarayonida injener-geologik kidiruv ishlarining ahamiyati va tutgan o‘rni. Injenerlik inshootlarining qurilishida geologik muhitni muhofaza qilish muammolari.



  1. Amaliy mashg’ulоtlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1.Quruqlik suvlari hosil bo‘lishiga iqlimiy omillarni ta'siri.


2.Tabiiy suv havzasining ifloslanish darajasini aniqlash.
3.Suvning barqarorligini aniqlash.
4.Daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha ko‘p yillik qatlamini aniqlash.
5.Geomorfologik, tektonik, geologik, gidrogeologik va muxandis-geologik xaritalari.
6.Daryo vodiysining geologik, geomorfologik qirqimini tuzish.
7.Gidroizogips va sizot suvlari yotish chuqurligi xaritasini tuzish.
8.Yer osti suvlari filьtratsiyasini modelga solish usullari.
9.Yer osti suvlarining harakat qonuni va Darsi qonunini o‘rganish.
10.Yer osti suvlari kimyoviy tahlili natijalarini qayta ishlash.
11.To‘da quduqlardagi tajribalar.
12.Filtratsiya koeffisientini aniqlash.
13.Keng tarqalgan tog‘ jinslari uchun injener-geologik tavsif berish va hisoblar o‘tkazish.
14.Burg‘i qudug‘i loyihasini ishlab chiqish.
15.Injenerlik inshootlarining qurilishida geologik muhitni muhofaza qilish muammolari.
Amaliy mashg’ulоtlar multimеdia qurulmalari bilan jihоzlangan auditоriyada bir akadеmik guruhga bir prоfеssоr-o’qituvchi tоmоnidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulоtlar faоl va intеrfaktiv usullar yordamida o’tilishi, mоs ravishda munоsib pеdagоgik va aхbоrоt tехnоlоgiyalar qo’llanilishi maqsadga muvоfiq.



Download 39.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling