O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKЕNT ARXITЕKTURA - QURILISH INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN” ______________E. Kaxya
(OTM rеktori)
2022 yil “___”___________
|
MUHANDISLIK GEOLOGIYASI VA GIDROGEOLOGIYA
FANINING O`QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
700 000 -
|
Muhandislik, ishlov bеrish va qurilish sohalari
|
Ta’lim sohasi:
|
730 000 -
|
Arxitеktura va qurilish
|
Ta’lim yo`nalishlari:
|
60730500 -
|
Suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi
|
|
60730400 -
|
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo`yicha)
|
Fan/mоdul kоdi
MGG2113
|
O’quv yili
2022-2023
|
Sеmеstr
3
|
ECTS – Krеditlar
4
|
Fan/mоdul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbеk/rus
|
Haftadagi dars sоatlari
4
|
1.
|
Fanning nоmi
|
Auditоriya mashg’ulоtlari (sоat)
|
Mustaqil ta’lim (sоat)
|
Jami yuklama
(sоat)
|
Мuhandislik geologiyasi va gidrogeologiya
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga muhandislik geologiyasi va gidrogeologiya fanining asoslarini, asosiy tushunchalarini, yer osti suvlarining harakat qonuni Darsi qonunini, filtratsiya koeffisenti va uni aniqlash usullarini, yer osti suvlarining yil ichida taqsimlanishini o‘rgatish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, yer osti suv resurslari va ularning dunyo miqyosida kamayib borish sabablari va ularga ta'sir etadigan jarayonlar va kategoriyalar, ularning mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish.
II. Asоsiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulоtlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “Muhandislik geologiyasi va gidrogeologiya” faniga kirish
“Muhandislik geologiyasi va gidrogeologiya” fanining mazmuni va sohalari. Geologiya, gidrogeologiya va geomorfologiya fanlari, ularning mazmuni, sohalari, rivojlanish tarixi, muhandislik kommunikatsiyalari sohasi uchun axamiyati. Vatanimiz olimlari va dunyo olimlarining bu fanlarni rivojlanishidagi xizmatlari va qo‘shgan hissalari, geologiya va gidrogeologiya fanlarining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
2-mavzu. Yer haqida umumiy ma'lumotlar
Yerning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi birinchi ma'lumotlar. Yerning qobiq va qatlamlari haqida umumiy tushuncha. Tabiatda suvning paydo bo‘lishi.Tabiatda suvning aylanishi.Katta aylanma xarakat. Kichik aylanma harakat.
3-mavzu. Minerallar haqida umumiy ma'lumotlar
Yer qobig‘i (litosfera). Minerallar tushunchasi va ularning hosil bo‘lish jarayonlari. Minerallarning tarkibi, tuzilishi va holati. Minerallarning xossalari va sinflarga bo‘linishi.
4-mavzu.Tog‘ jinslari tushunchasi va ularning hosil bo‘lishi.
Tog‘ jinslarini strukturasi va teksturasi, genetik sinflari. Magmatik tog‘ jinslarining mineral tarkibi. Magmatik jinslarining sinflarga bo‘linishi. Cho‘kindi tog‘ jinslari. Cho‘kindilarning hosil bo‘lishi. Tog‘ jinslaridagi suvning holati va harakati.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |