Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q. N. Abdullabekov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI M. SH. Shermatov GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI ASOSLARI O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi kasb-hunar kollejlarida geologiya qidiruv ishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etgan TOSHKENT 2005 2 O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan T a q r i z c h i l a r : akademik Q. N. Abdullabekov, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, prof. Y. E. Ergashev, geologiya- mineralogiya fanlari nomzodi T. M. Mannonbekov M a s ’ u l m u h a r r i r: akademik Q. N. Abdullabekov M.Sh. Shermatov. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari. O‘quv qo‘l- lanma. T.: O‘MKHTM, «Bilim» nashriyoti, 2005. — 312 bet. O‘quv qo‘llanmada «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlarining asoslari bayon qilingan. Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Geologiya qidiruv ishlari» bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja va dastur asosida yozilgan. Yosh, bo‘lajak mutaxassislarning geologiya ilmi- ni o‘rganishga endigina kirishayotganliklarini hisobga olib, ularga eng avvalo, geologiya yo‘nalishidagi fanlar to‘g‘risida, «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlarining mazmuni, vazifalari, ularning rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan munosabati, mamlakatimiz xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni hamda cheksiz olam — koinot, shu olamning bir bo‘lagi Quyosh sistemasiga kiruvchi planeta- lar, jumladan, Yerning shakli, qiyofasi va ba’zi bir fizik xususiyatlari to‘g‘risida, uni tashkil qilib turuvchi tog‘ jinslar, minerallar, ularning shakllanishi, paydo bo‘lishi, o‘zgarishi, tarkibi, xossa va xususiyatlari to‘g‘risida, Yerning ichki va tashqi qismidagi mavjud kuchlar ta’sirida vujudga keluvchi tabiiy va texnogen jarayonlar to‘g‘risida bilim berish mo‘ljallangan. Yer osti suvlari, tog‘ jinslari, ularni o‘rganishning gidrogeologik, injener- geologik usullari berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma geologiya yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining shu sohadagi bakalavrlari, magistrlari hamda ilmiy tekshirish institut xodimlari, aspirantlar ham foydalanishlari mumkin. © O‘MKHTM, 2005-y. © «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2005-y. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling