Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
3303000000-138
Sh - 2005 M 361(04) -2005 3 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 14 yilligiga hamda O‘zbekistonda gidrogeo- logiya va injenerlik geologiyasi fanlarining asoschilaridan biri, atoqli olim, akademik G‘ani Orifxonovich Mavlonov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlanadi. KIRIS H «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlari Yer to‘g‘risida- gi fanlar ichida o‘z o‘rganish obyekti (yer osti suvlari va tog‘ jinslari) bo‘yicha insonlarning hayoti va mehnat faoliyatlari uchun eng zarurligi bilan ajralib turadi. Bu ikki tabiiy manba, borliq jonzod va o‘simliklar dunyosining vujudga kelishi, rivojlanishini aniqlovchi yagona omillardan bo‘lib hisoblanadi. Yer osti suvlari Yer kurrasida yashovchi insonlar ist’emol qiladigan kundalik eng yaxshi suvning 25—30 % ni tashkil qiladi 1 . Xalq xo‘jaligining birorta sohasi yo‘qki, u yerda yer osti suvlari ishlatilmasin. U qishloq xo‘jaligida, sanoatda, meditsinada keng miqyos- da qo‘llaniladi. Mineral tuzlar, yod, brom olishda ishlatiladi. Dunyo- ning juda ko‘p mamlakatlarida termal yer osti suvlaridan eng arzon isitish manbayi sifatida ham foydalaniladi. Ba’zi nodir minerallar (sul- fidlar va b.) qazilma boyliklarning paydo bo‘lishi ham yer osti suvlari bilan, ularning harakati bilan bog‘liq. Tog‘ jinslari 2 barcha imorat va inshootlarning zamini, odamzod uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining birdan-bir manbayidir. Tog‘ jinslari mustahkam bo‘lsa, imorat va inshootlar ham mustahkam, umri boqiy bo‘ladi. Shuning uchun yer osti suvlari va tog‘ jinslarining paydo bo‘lish qonuniyatlarini bilish, ularning tarkibini, xossa va xususiyatlarini o‘rganish, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish «Geologiya qidiruv ishlari» yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar uchun eng zarur vazifa hisoblanadi. Yuqoridagilarni hamda talabalarning gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi sohalarga endigina qadam qo‘yayotganliklarini hisobga olib, muallif ushbu darslikni yozishda ularni, eng avvalo, geologiya yo‘nalishidagi fanlar bilan, «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi» 1 V. I. Vernadskiy taxminicha, yer qobig‘idagi (yer sathidan 16 km chuqurlikdagi) yer osti suvlari 460 mln km 3 ni tashkil etadi. Vonxons (Gollandiya) yer osti suvini Yer shari yuzasiga chiqarilsa, 90 m qalinlikdagi suv qatlami hosil bo‘ladi, degan fikrni aytadi. Fransuz mataxassisi Rene Koyaning ko‘rsatishicha, yer bag‘riga qazib tushilgan burg‘u quduqlarining chuqurligicha bo‘lgan chuqurlikdagi tog‘ jinslari g‘ovaklarida 8 mln km 3 hajmdagi suv mavjuddir. 2 Tog‘ jinslari deganda Yer sathining yuqori qismini tashkil etib turuvchi, bir necha minerallar majmuasidan tuzilgan, ma’lum tarkibga, xossa va xususiyatga ega bo‘lgan tabiiy geologik jismlar tushuniladi. 4 fanlarning mazmuni va vazifalari, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, vujudga kelish va rivojlanish tarixi, hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bilan tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Darslikda, shuningdek, Yer planetasi, atmosfera, gidrosfera, biosfera, tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi minerallar to‘g‘risida, suv, uni tabiatdagi doimiy harakati to‘g‘risida, yerning ichki va ustki qismida sodir bo‘ladigan kuchlar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va hodisalar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Darslikni «Tog‘ jinslari», «Tog‘ jinslarining tarkibi, fizik-mexanik, suvli xususiyatlari», «Yer osti suvlari», «Gidrogeologiya va injener-geologik tekshirish ishlarining mazmuni va vazifalari», «Xalq xo‘jaligi imorat, inshootlarni loyihalash va qurish jarayonida bajaraladi- gan injener-geologik va gidrogeologik ishlar», qismlarini yozishda iloji boricha yangi ma’lumotlarga va yangi uslub va usullarga murojaat qilindi. Talabalarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida deyarli hamma boblarning oxirida takrorlash uchun savollar berilib boriladi. Bo‘lajak yosh mutaxassislarni geologiyaga oid eng asosiy atamalar, so‘zlarning ma’nosi bilan tanishtirish maqsadida, darslikda qo‘llanil- gan ba’zi so‘z va atamalar, ularning lug‘aviy matni iloji boricha darslik- ning shu betida berib borildi. Muallif darslikni yozishda o‘zining 45 yildan ortiq vaqt mobaynida- gi ilmiy, ilmiy-pedagogik faoliyati jarayonida to‘plagan tajribasiga, o‘z ustozlari va hamkasblari bilan birgalikda chop etgan asarlari, risolalari va darsliklaridan (G‘. O. Mavlonov, A. I. Islomov — «Gidrogeologiya va injener-geologik hodisalar nima va ular qanday o‘rganiladi», 1970; A. A. Soatov — «Daryo vodiylari va terrasalari», 1972; O. Nurmatov — «To‘rtlamchi davr yotqiziqlari», 1980; E. V. Qodirov, X. A. Akbarov va b. — «Tabiiy muhitni muhofazalashning geoekologik asoslari», 1999; va b.) keng foydalandi, uni sodda, ommabop, oddiy tilda yozilishiga harakat qilindi. Shuningdek, kitobning ba’zi boblarini yozishda akademiklardan G‘. O. Mavlonov, E. M. Sergeev, A. N. Sultonxo‘jayev, K. N. Abdulla- bekov va professorlardan N. N. Maslov, V. D. Lomtadze, G.S.Zolota- rev, A. F. Frolov, I. V. Korotkix, A. S. Xasanov, M. M. Mamatqulov, Y. Ergashev hamda G. V. Bogomolov, M. V. Sedenko, V. G. Muzaffa- rov, I. S. Boboxo‘jayev, S. Z. Zoxidov, SH. SH. Shoraxmedovlarning ishlaridan ham foydalanildi. Ushbu kitobni bosmaga tayyorlashda bergan maslahatlari uchun muallif kitobning mas’ul muharriri akademik Q.N.Abdullabekovga hamda o‘zining hamma kasbdoshlariga, jumladan, professorlardan K.P. Po‘latov (marhum), E. V. Qodirov va Y. Ergashevlarga o‘z minnat- dorchiligini bildiradi. Kitob ba’zi kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi ham mumkin. Kitob to‘g‘risida aytilgan va bildirilgan har qanday fikr va mulohazalarni muallif chin qalbidan qabul qiladi. Nasib qilsa, uni keyingi qayta ishlangan nashrlarida hisobga oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling