Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Geomorfologiya fani. Ma’lumki, planetamizning yuzasi pasttekis-
liklardan, tepaliklardan, dengiz va okeanlardan, daryo vodiylaridan,


1 1
jarlardan, baland tog‘lardan iborat. Yer yuzasi Yerning paydo bo‘lgan
davridan boshlab hozirgacha doimo o‘zgarib kelgan. Bir vaqtlar hozirgi
tog‘lar o‘rni dengiz, dengiz o‘rni esa tog‘ bo‘lgan, hozir sharqirab oqib
turgan daryolar butunlay boshqa tomondan oqqan, hozirgi oqayotgan
o‘rni esa qoya toshlar bilan band bo‘lgan. Masalan, Chirchiq, Ohangaron
daryo vodiylari bo‘ylab tog‘ tomon sayohat qilgan bo‘lsangiz, bu
daryolarning etak tomonlari (Sirdaryoga quyilish rayonlari) pasttekislik-
lardan iboratligini, toqqa tomon esa balandlashib borishini, daryoning
ikki qanotida esa bir-biridan turli balandlik va kenglikdagi supacha
ko‘rinishidagi sathlarning daryo o‘zaniga nisbatan balandlashib, kengligi
esa kamayib borishini ko‘rasiz. Yer yuzasining ana shunday o‘zgarishini
turli ko‘rinishdagi, shakldagi yuzalarni, past-balandliklarni, ularning
paydo bo‘lishi, rivojlanishi tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini geomor-
fologiya fani o‘rganadi.
Foydali qazilmalar geologiyasi fani yer qobig‘i qatlamlaridagi foydali
qazilmalarni, ularning paydo bo‘lishini, tarqalish, joylashish sharoitlari
qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu fan qazilma boyliklarning turiga, paydo
bo‘lishiga, yer qobig‘i jinslarida tarqalishiga qarab rudali va ruda bo‘l-
magan qazilma boyliklar geologiyasi hamda yoqilg‘i (neft, gaz, ko‘mir,
yonuvchi slaneslar) qazilma boyliklar geologiyasi bo‘limlariga ajraladi.
Seysmologiya fani. Seysmologiya so‘zi yunoncha «seysmo»
(«Seismos» — yer silkinishi) va lotincha «logos» — fan yoki yer silki-
nishi to‘g‘risidagi fan ma’nosini anglatib, yer ostida turli sabablarga
ko‘ra paydo bo‘lgan kuchlar ta’sirida yer qobig‘i qatlamlarining harakatga
kelishi u yoki bu darajada tebranishi natijasida Yer shari qa’rida yuz
bergan zilzila, uning paydo bo‘lish qonuniyatlarini hamda keltirib
chiqargan oqibatlarini o‘rganadi.
Yer qimirlash fani mamlakatimiz hududida o‘zining bir necha yuz
yillik tarixiga ega bo‘lsa-da, uning rivojlanishi 1966—1967-yillarga —
1966-yili yuz bergan Toshkent zilzilasidan keyingi davrga to‘g‘ri keladi.
Zilzila tabiatda yuz beradigan hodisalar ichida eng ashaddiysi bo‘lib,
odatda to‘satdan
1
yuz beradi. Sanoat markazlari, gidrotexnik inshoot-
lar, katta-katta shahar-qishloqlarni vayron qiladi. Kishilarni sarosimaga
soladi. Yer shari bo‘ylab yiliga 1 000 000 dan ortiq zilzilalar yuz berib,
bundan taxminan 10 000 tasi kishilar sezadigan qimirlashlar, jumladan
1 tasi dahshatli (11—12 balli) bo‘lib, kishilar qurgan deyarli hamma

Kishilar ko‘zi o‘ngida to‘satdan yuz beradigan zilzilalar Yerning ichki qismidagi
kuchlar ta’sirida, ya’ni uzoq vaqtlar davomida yer qobig‘i qatlamlarining siqilishi, bukilishi,
harakati natijasida tayyorlanadi. Tog‘ jins qatlamlari shunday darajagacha siqiladiki, oxiri
yorilishiga, sinishiga sababchi bo‘ladi. Ana shu yorilgan jins qatlamlarning bir qismi
ikkinchi qismiga nisbatan harakatga keladi. Natijada radius bo‘ylab bo‘ylama va
ko‘ndalang yo‘nalishda harakat qiluvchi to‘lqinlar vujudga keladi. Bu to‘lqinlar Yerning
yuza qatlamlariga yetib kelishi va to‘qnashishi oqibatida uning ustki qismini va ana shu
qismidagi mavjud imorat va inshootlarni silkinishga, harakatga kelishiga, ba’zan vayron
bo‘lishiga sabab bo‘ladi.


1 2
inshootlar vayron bo‘ladi, daryolar o‘z oqimini o‘zgartiradi, yer yuzasida
katta-katta yoriqlar vujudga keladi, 10 tasi halokatli (9—10 ball), 100
tasi juda kuchli (7—8) bo‘lib, daraxtlar butun tanasi bilan silkinadi, uy
tepasidagi trubalar yoriladi, imorat devorlarida esa katta-katta yoriqlar
paydo bo‘lib, suvoqlari ko‘chib tushadi. Qolganlari kuchli (6—7 ball),
o‘rtacha kuchli (5—6 ball) va kuchi 5—6 balldan kam zilzilalar hisob-
lanadi. Zilzila sodir bo‘lganda uning o‘chog‘ida (giposentrda) juda katta
energiya sarf bo‘ladi. Faqat sezilarli va o‘rtacha kuchli zilzila yuz ber-
ganda zilzila o‘chog‘idagi energiya miqdori, sobiq SSSR Fanlar akade-
miyasining muxbir a’zosi Yu. V. Rizinchenkoning taqqoslashicha, tax-
minan ikkinchi jahon urushi oxirida AQShning Xirosimaga tashlagan
atom bombasi energiyasiga tenglashadi. Mutaxassislarning aniqlashicha,
zilzila o‘chog‘i qanchalik chuqur bo‘lsa (50—60 km), uning epitsentr
hududida bajargan ishi shuncha kam bo‘ladi va aksincha.
Shuning uchun ham tabiatda yuz beradigan bu hodisani o‘rganish,
uning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash, kerakli chora va tadbirlar
ko‘rish xalq xo‘jaligimiz uchun katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda
seysmologiya fani va bu fan bo‘yicha ishlayotgan mutaxassislarning asosiy
vazifasi zilzilaning qay vaqtda bo‘lishini oldindan aytib berishdir. Bu
sohada G‘. O. Mavlonov nomidagi O‘zbekiston FA Seysmologiya
instituti ilmiy jamoasi ancha-muncha ishlarni amalga oshirmoqdaki,
bu ishlar yaqin kelajakda o‘z samaralarini ko‘rsatib qolishiga aminmiz.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling