Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Gruntshunoslik fani. Yerning ustki qobig‘i qatlamlarida vujudga
keluvchi hamma jarayon va hodisalar, ana shu qatlamlarni tashkil etuvchi
tog‘ jinslari — gruntlarga
1
bog‘liq holda sodir bo‘ladi, rivojlanadi va
o‘zgaradi. Gruntlarning tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyat-
larini, ularning holati, vujudga kelish, o‘zgarish qonuniyatlari va
masalalari bilan gruntshunoslik fani shug‘ullanadi.
Shaharlar injenerlik geologiyasi. Shaharlar hududi o‘ziga xos tabiiy
va texnogen omillarning mavjudligi bilan, bu omillarning bir-biriga
bo‘lgan ta’sir darajasining nihoyatda yuqoriligi bilan xarakterlidir.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda shaharlar aholisi tez sur’atlar bilan o‘sib bor-
moqda. Sanoat va aholi yashaydigan binolar, har xil yer usti va yer osti
injenerlik inshootlari (suv berish, gaz, kanalizatsiya tarmoqlari, ko‘prik-
lar, yer osti o‘tish yo‘llari, metropoliten va b.) barpo etilmoqda. Bu
inshootlarning hammasi shahar maydonida tarqalgan u yoki bu tog‘
jinslarining ustida yoki qatlamlari oralig‘ida qad ko‘tarmoqda, joylash-
tirilmoqda. Natijada yer osti suvlarining sathi ko‘tarilmoqda, tabiiy hara-
kat yo‘nalishining buzilishiga, tog‘ jinslarining tabiiy holati, tarkibi, fizik
va mexanik xususiyatlarining o‘zgarishiga, texnogen jarayon va hodisa-
larni (zaxlash, cho‘kish, sho‘rlanish, yuvilish, surilish va h.k.) sodir
bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun shaharlar injenerlik-
geologiyasining asosiy maqsadi shahar hududida tarqalgan tog‘ jinslari-
ning, yer osti suvlarining tabiiy holatini va odamlarning xo‘jalik va
injenerlik faoliyati oqibatida o‘zgarganlik darajalarini va vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan texnogen jarayonlarning tarqalish va o‘zgarish qonu-
niyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlardan qutulish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab
chiqadi va kerakli chora-tadbirlar belgilaydi.
Qazilma konlar injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasi fanining
bu tarmog‘i qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududining injener-
geologik sharoitini, ya’ni ana shu hududning geologik tuzilishini, tog‘
jinslarini, ularning tarkibi, xossa va xususiyatlarini, gidrogeologik
sharoitini, yer sath tuzilishini, tabiiy geologik va texnogen jarayonlarning
tarqalish, joylashish holatlarini o‘rganadi, qazilma konlarini ishlatish

Gruntlar deganda yer qobig‘ining yuqorigi qatlamlarini tashkil etuvchi, qurilish
materiali hamda imorat va inshootlarning zamini sifatida ishlatiladigan hamma tog‘ jinslari
tushuniladi.


2 1
davrida ularning o‘zgarishini, yangidan vujudga kelish, rivojlanishini
bashorat qiladi, chora- tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi.
Qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududi ba’zan o‘zining
injener-geologik sharoitining nihoyatda murakkabligi bilan ajralib turadi.
Bu hududlarda aksariyat tub-qoya tog‘ jinslari tarqalgan bo‘lib, ba’zan
serdarz, tektonik uzilma va yoriqlarga boy, ayrim-ayrim qismlarga
(bloklarga) bo‘lib tashlangan, nurash jarayoniga uchragan, burmalangan
bo‘ladi. Bu esa qulash, surilish, yuvilish kabi jarayonlarning vujudga
kelishini tezlashtiradi va kon maydonida qurilishi lozim bo‘lgan insho-
otlar (imoratlar, yo‘l, trassalar, shaxta, shtolnya va b.) uchun joy tanlash
ishlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday holatlarda maxsus yirik
masshtabdagi injener-geologik tekshirish ishlari olib boriladi. Olingan
natijalar har tomonlama tahlil etiladi va u yoki bu qurilish inshootlari
uchun aniq joy tanlanib buyurtmachilarga topshiriladi. Bunda yana asosiy
e’tibor qurilish maydonining yer sath tuzilishiga, yog‘adigan yog‘inning
yil mobaynidagi miqdoriga, turiga, ular bilan bog‘liq bo‘lgan qor
ko‘chkisi, suv toshqini, yuvilish jarayonlarining vujudga kelish ehtimoli,
yer osti suvlarining harakat yo‘nalishining qay darajada o‘zgarishi mum-
kinligi ham har tomonlama baholanadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling