Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Mineral suvlar gidrogeologiyasi
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrogeoekologiya
- Injenerlik geologiyasi 1 fani.
Mineral suvlar gidrogeologiyasi — ma’lum kimyoviy va fizik tarkibi
bilan shifobaxsh xussiyotga ega bo‘lgan yer osti suvlarining paydo bo‘lish, tarqalish, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. Shifobaxsh yer osti suvlari zaxiralarini aniqlaydi va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini ishlab chiqadi; Gidrogeoekologiya — yer osti suvlarining sifati, tozaligi masalalari bilan, uni har xil kimyoviy, organik omillar ta’siri ostida o‘zgarishdan muhofazalash yo‘l-yo‘riqlari bilan shug‘ullanadi, kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Injenerlik geologiyasi 1 fani. Bu fan yer qobig‘i qatlamlari — litosfera- ning eng yuqorigi odamzod yashaydigan va faoliyat ko‘rsatadigan qismini qurilish nuqtayi nazaridan, ya’ni u yoki bu imorat va inshoot quriladigan hududning injener-geologik sharoitni (geologik, yer usti sath tuzilishi, mavjud yer osti suvlari, ularning tarkibi, xossa va xususiyatlari, tog‘ jinslari tarkibi, xossa va xususiyatlari, geologik va texnogen jarayon va hodisalarni 2 ) vujudga kelish, rivojlanish, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, kerakli ilmiy va amaliy xulosalar chiqaradi. Bu fanning asosiy vazifasi ana shu yer qobig‘i qatlamlarida uzoq geologik davrlar mobaynida yuz bergan va hozirgi vaqtda yuz berayot- gan tabiiy geologik va tabiiy bo‘lmagan injener-geologik (texnogen) jarayon va hodisalarni o‘rganishdir. Bu jarayon va hodisalarni bundan keyingi davrlarda, ya’ni shu hududda u yoki bu inshoot qurilib bitkazil- gandan, ishga tushirilgandan keyin yuz beradigan hodisalarning qay darajada sodir bo‘lishini oldindan aytib berishdan, kerakli chora-tadbirlar belgilashdan iborat. 1 «Injenerlik geologiyasi» so‘zi birinchi marotaba N. Ries va T. Watsenlar tomonidan 1915-yili ularni shu nomli asarida qo‘llanilganligi taxmin qilinadi (P. N. Panyukov, 1978). 2 Geologik jarayon va hodisalarga tektonik zilzila, nurash, surilish, cho‘kish, qulash, g‘orlarning paydo bo‘lishi, sel hodisalari hamda shamol va dengiz to‘lqinlari natijasida vujudga keladigan jarayon va hodisalar kiradi. Bu jarayon va hodisalardan ko‘pchiligi kishilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtiroki bilan, ularning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlar bilan vujudga kelishi, o‘zgarishi ham mumkin. Bunday holatlarda ularni injener geologik yoki texnogen jarayon va hodisalar deb yuritiladi. 2—M.Sh. Shermatov 1 8 Har qanday inshoot, ya’ni sanoat, kishilar yashaydigan binolardan tortib temir yo‘l, avtomobil trassalari, gidrotexnik inshootlar — to‘g‘on- lar, suv omborlari, ko‘priklar, aerodromlar qurilishi kerak bo‘lgan joy oldindan o‘rganiladi. Geologik, geomorfologik tuzilishi, gidrogeologik, tektonik sharoiti to‘g‘risida mavjud ma’lumotlar to‘planadi va har tomonlama tahlil qilinadi. Shundan keyingina u yoki bu maydonda u yoki bu tipdagi inshoot qurish mumkin, degan taxminiy ko‘rsatma beriladi. So‘ngra ana shu taxminga mo‘ljallangan joyda keng ko‘lamdagi injener-geologik tekshirish ishlari boshlab yuboriladi. Avvalgi taxmin qilingan xulosalar tekshiriladi va ana shu taxminiy xulosalar tekshirish natijalari bilan tasdiqlangan joyda imorat va inshoot qurish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida yagona haqiqiy ko‘rsatma beriladi. Agar qurilish ishlari boshlab yuborilsa, ana shu hududda doimiy (statsio- nar) kuzatish, tekshirish ishlari olib borilaveradi. Chunki har qanday inshoot qad ko‘targan joyning avvalgi tabiiy holati shu inshoot qad ko‘tarishi jarayonida va qurilib bo‘lgandan keyin u yoki bu darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha yer osti suvi sathining ko‘tarilishiga, cho‘kish hodisasining sodir bo‘lishiga va rivojlanishiga, tog‘ jins qatlamlarining o‘pirilishiga,yorilishiga, surilishiga, qulashiga yoki suv omborlari qurila- yotgan bo‘lsa, yer osti bo‘shliqlari, jins kovaklari bo‘ylab sizib singib ketishi kabi hodisalar yuz berishi mumkin. Tarixda bunday hodisalar bo‘lganligi to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Masalan, Amerika- dagi Xele-Bar, Ispaniyadagi Mariya-Kristana, Monte-Xake kabi yirik to‘g‘onlar ishdan chiqqan yoki butunlay vayron bo‘lib ketgan. Shunday qilib, injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish obyekti niho- yatda keng. Tekshirish ishlarini olib borishda geologiya, tektonika, gidro- geologiya, geofizika, geomorfologiya, kimyo, fizika va matematika fanlarining usul va uslublaridan keng foydalanadi. Injenerlik geologiyasi fani o‘zining yechadigan masalalariga va vazifalariga qarab quyidagi yo‘nalishdagi tarmoqlarga bo‘linadi (2.2- rasm): regional injenerlik geologiyasi, injenerlik geodinamikasi, grunt- shunoslik, shaharlar injenerlik geologiyasi, qazilma konlar injenerlik geologiyasi, lyossshunoslik, injenerlik seysmogeologiyasi, injenerlik geoekologiyasi va b. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling