Reja: - Neft haqida umumiy ma’lumotlar.
- Neftkimyo sanoati va uning vujudga kelish tarixi.
- Uglevodorod xomashyosiga qo’yilgan talablar.
- Neft mahsulotlarining olinish usullari.
- Neftni atmosfera bosimida fraktsiyalarga ajratish.
- Neftdan vinilatsetilen olish.
Neft haqida umumiy ma’lumotlar. - Neft so’zi forscha — yonib ketish, alangalanish ma’nosini anglatadi. Yer qa’rining cho’kindi qismida tarqalgan neft tashqi ko’rinishiga ko’ra o’ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik bo’lib, turli tusdagi jigarrang ko’rinishga ega. Neft yer qobig’ining turli chuqurlikdagi qatlamlarida, turli – tuman g’ovak va boshqa tog’ jinslari orasida uglevodorod gazlari bilan birgalikda 1,2-2 kilometrdan 5-6 kilometrgacha chuqurlikda yotadi.
Neftning organik qoldiqlaridan hosil bo’lish mexanizmi ulardan kislorod bilan azotning yo’qolib, uglerod bilan vodorodning yig’ilishiga asoslanadi. Yer qa’rida neft hosil bo’lishi organik hayotning keng rivojlana boshlagan davri, ya’ni taxminan bundan 350-400 million yil oldin boshlangan. - Neftning organik qoldiqlaridan hosil bo’lish mexanizmi ulardan kislorod bilan azotning yo’qolib, uglerod bilan vodorodning yig’ilishiga asoslanadi. Yer qa’rida neft hosil bo’lishi organik hayotning keng rivojlana boshlagan davri, ya’ni taxminan bundan 350-400 million yil oldin boshlangan.
- Neftning o’rtacha molekular massasi 220-300 (ba’zan 450-470 gacha ham yetadi) va neftning zichligi 770-920 kg/m3 bo’lib, 830 kg/m3 dan past bo’lgan turi yengil, 831-860 kg/m3 atrofidagisi — o’rtacha va 860 kg/m3dan yuqorisi – og’ir neft deb yuritiladi. Neftning yonish issiqligi 43000-45500 kJ/kg.
Neftkimyo sanoati va uning vujudga kelish tarixi. - Neftkimyo sanoati XX asrning 30–40-yillarida rivojlana boshladi. Neftkimyoviy ishlab chiqarishlar Hamdo’stlik mamlakatlarida ikkinchi jahon urushi arafasida vujudga keldi. 1936-yil Bokuda etilenni sulfat kislota ishtirokida gidratatsiya qilish yo’li bilan etil spirti ishlab chiqarish bo’yicha birinchi sanoat qurilmasi ishga tushirildi. 1970-yil esa neft xomashyosini piroliz qilish orqali etilen va propilen ishlab chiqarish qurilmasi birinchi bor ishga tushirildi. Ushbu qimmatli xomashyolarni olish hozirgi paytda ham asosiy usul bo’lib kelmoqda.
Neftkimyo sanoati – kimyoviy sanoatning yangi sohasi bo’lib, arzon xomashyo hisoblangan neft va gaz uglevodorodlarini qimmatli kimyoviy moddalar – plastmassalar, kauchuklar, sintetik smolalar hamda tolalar, sintetik yuvish vositalari va bir qancha boshqa moddalarga aylantirib beradi. - Neftkimyo sanoati – kimyoviy sanoatning yangi sohasi bo’lib, arzon xomashyo hisoblangan neft va gaz uglevodorodlarini qimmatli kimyoviy moddalar – plastmassalar, kauchuklar, sintetik smolalar hamda tolalar, sintetik yuvish vositalari va bir qancha boshqa moddalarga aylantirib beradi.
- Neftni qayta ishlash sanoati neftkimyoga xomashyo tayyorlab berganligi sababli neftkimyoviy ishlab chiqarish neftni qayta ishlash zavodlari bazasida yoki unga qo’shni holida rivojlanadi. Shu bois yirik neftkimyoviy kombinatlar Ufa, Samara, Volgograd, Аngarsk, Оmsk, Sho’rtan va boshqa shaharlarda qurildi.
Uglevodorod xomashyosiga qo’yilgan talablar. - Neftkimyo sintezi uchun xomashyoni tayyorlashda qaynash haroratlari o’zaro yaqin bo’lgan yohud juda past haroratda qaynaydigan komponentlarni bir-biridan ajratish zarurati bor. Shu sababli komponentlarni ajratishda umum qabul qilingan rektifikatsiya va absorbsiya jarayonlari qatori adsorbsiya, azeotrope va ekstrfaol haydash, selektiv erituvchilar yordamida ekstraksiya qilish, kristallizatsiya va termodiffuziyalar ishlatiladi. Аyrim hollarda xemosorbtsiya jarayonini ishlatishga to’g’ri keladi.
Neft mahsulotlarining olinish usullari. - Neftni haydash jarayoni, shu jumladan, eng yengil va tiniq neft mahsulotlarini (benzin, kerosin, dizel yonilg’isi) olish jarayoni atmosfera bosimi ostida bajariladi. Neftni birlamchi qayta ishlash usuli (haydash usuli) fizikaviy usul bo’lib, neft tarkibidagi uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab ajratiladi. Neftni haydash deganda, uni qaynash darajasigacha qizdirib, tarkibida bo’lgan uglevodorodlar bug’ holiga keltiriladi, so’ngra ular sovitilib, suyuqlikka aylangach yig’ib olish tushuniladi. Haydash natijasida distillat va qoldiq hosil bo’ladi.
- Neftni qayta ishlash qurilmasining sxemasi
Neftni atmosfera bosimida fraktsiyalarga ajratish. - Neftni haydash jarayoni asosan, uni ma’lum haroratgacha qizdirib, tarkibidagi uglevodorodlarni bug‘ holatga o‘tkazib, keyin sovutish natijasida suyuq holatga ya’ni distillyatlar va qoldiq hosil qilishdir. Haydash vaqtida qaynash haroratlari bilan farq qiladigan ikki komponentdan tashkil topgan aralashma t1 qaynash haroratigacha qizdiriladi. Bunda oson qaynaydigan mahsulot bug‘lanadi va tizimdan chiqarilib sovutiladi.
- Neftni atmosferali haydash qurilmasi texnologik sxemasi
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |