Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Kristallografiya fani. Tabiatdagi mavjud hamma minerallar asosan
uch ko‘rinishda: gaz (metan), suyuq (toza simob) va qattiq (kvars, topaz,
korunda va h.k.) ko‘rinishda uchraydi. Hamma minerallarning 98
protsentga yaqini kristallangan holda uchraydi. Shu bilan birga ba’zi
minerallar ham borki (opal, yantar va boshqalar), ular kristallanmagan
bo‘ladi.
Kristall deb ma’lum shaklga ega bo‘lgan ko‘p qirrali jismga aytiladi.
Tabiatda kristallar eritma qotishmalarning sovishi, qattiq moddalarning
qayta kristallanishidan, gaz va bug‘larning ma’lum sharoitda bir holatdan
ikkinchi holatga o‘tishi jarayonida hosil bo‘ladi. Kristallarni tashkil qilib
turgan atom va molekulalar bir-birlari bilan qonuniy ravishda joylashgan
bo‘ladi va ana shu joylashish natijasida ma’lum ko‘rinishga ega bo‘lgan
kataklarni vujudga keltiradi. Atom yoki molekula turgan nuqta katak-
larni birlashtirib turuvchi tugunlarga o‘xshaydi. Tugunlardagi zarrachalar
xarakteriga qarab kristall kataklari uch holatda bo‘lishi mumkin. Birin-
chi holatda panjara tugunlarida faqat atomgina joylashgan bo‘ladi.
Ikkinchi holatda kristall kataklarning panjara tugunlarida faqat ionlar
joylashgan bo‘ladi, uchinchi holatda, panjara tugunlarida molekula
joylashgan bo‘ladi. Ana shu kristall kataklarining tuzilishi va katak
tugunlaridagi zarrachalarning bir-biriga yaqin yoki uzoq joylashishi u
yoki bu kristallning fizik, mexanik, optik xususiyatlariga ta’sir qiladi.
Yoki boshqacha qilib aytganda, tugunlardagi zarrachalar bir-birlariga
qanchalik yaqin, zich joylashgan bo‘lsa, u kristall shuncha qattiq hamda
yuqori hajm og‘irlikka ega bo‘ladi. Yoki tugunlardagi zarrachalar bir-
biridan qanchalik uzoq bo‘lsa, u kristall shuncha yumshoq va kichik
hajm og‘irlikka ega bo‘ladi. Shunga o‘xshash kristall panjaralari tugun-
larining gorizontal va vertikal tomonga bo‘lgan masofalarning ham har
xil bo‘lishi kristallarning xossa va xususiyatlarining ham har xil bo‘li-
shiga sababchi bo‘ladi.
Tabiatda to‘g‘ri geometrik shakldagi kristallar juda kam uchraydi.
Ko‘pincha noto‘g‘ri geometrik shaklda bo‘ladi yoki boshqacha qilib
aytganda, bir qirrasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi-yu, boshqa qirrasi yaxshi
rivojlanmagan, to‘mtoq bo‘ladi, ammo bunday kristallarning tashqi
ko‘rinishi to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lmasa ham, ularning ichki
tuzilishi atom, ion, molekulalarning o‘zaro joylashishi ma’lum qonuni-
yatga bo‘ysungan holda bir-birlari bilan ma’lum uzoqlikda joylashgan
va shu kristallga xos umumiy xossa va xususiyatlarni o‘zida saqlagan
bo‘ladi.
Umumiy qilib shuni aytish kerakki, kristallografiya fani yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan kristallarni, ularning paydo bo‘lishi, tashqi shakli va
ichki tuzilishini, ya’ni atom, ion, molekulalarning joylashish qonuniyat-
larini o‘rganadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling