Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy geologiya fani.
BIRINCHI QISM
1-BOB GEOLOGIYA YO‘NALISHIGA KIRUVCHI FANLAR Geologiya fani. Geologiya so‘zi grekcha geo — yer, logos — fan yoki yer to‘g‘risidagi fan demakdir 1 . Geologiya fani birinchidan, yer qatlamlari tarkibini, xossa va xususiyatlarini, ikkinchidan, yerning ichki qismida sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni, uchinchidan, yer ustki ko‘rinishini o‘zgartirish jarayonlari, qonuniyatlarini hamda yer qobig‘ini tashkil qiluvchi tog‘ jins qatlamlarini, ularning yotish holatlarini, yotqizilish sharoiti, qalinliklarini, shu qatlamlarda uchraydigan hayvon, o‘simlik qoldiqlarini tahlil qilib o‘rganish, xulosalar chiqarish natijasida ana shu tog‘ jins qatlamlari yoshini aniqlash, shu bilan birga Yer kurrasining u yoki bu qismida dengiz va quruqlikning o‘rin almashish vaqtlarini, sabablarini, to‘rtinchidan, yer qobig‘i qatlamlarini va ana shu qatlamlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer osti boyliklarini kishilik jamiyati man- faatlari uchun foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Geologiya fanining uzoq o‘tmishi, rivojlanishi, taraqqiy etishi, kishilarning bu fanga bo‘lgan munosabatlarining doimo o‘zgarib, o‘sib borishi geologiya fanini bir qancha mustaqil fanlarga ajralishiga olib keldi. Bu fanlarning eng asosiylari quyidagilar: Umumiy geologiya fani. Yerning ichki va tashqi qismida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan geologik jarayonlarning rivojlanish va so‘nish qonuniyat- larini, kelib chiqadigan oqibatlarini o‘rganadi. Tarixiy geologiya fani. Planetamizning uzoq tarixiy o‘tmishini, unda bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlarni va bu o‘zgarishlarni keltirib chiqargan sabab- 1 Bu yerda shuni ham aytib o‘tish kerakki, yer shaklini, tabiiy sharoitini, fizik-kimyoviy tuzilishini, Quyosh sistemasiga kiruvchi planeta ekanligini va shunga o‘xshash boshqa tomonlarini o‘rganadigan qator fanlar ham mavjudki, bu fanlar o‘zlarining oldiga qo‘y- gan vazifasi, hal qiladigan masalalari bilan geologiya fanidan farq qiladi. Lekin bu fanlarning hammasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, birining rivojlanishi albatta ikkinchisining rivojlanishiga sababchi bo‘ladi, mulohaza yuritishga, yangiliklar yaratishga olib keladi, bular geografiya, geodeziya, astronomiya, kimyo, fizika va boshqa qator fanlardir. Geologiya, geografiya, geodeziya fanlari birgalikda «Yer fanlari» majmuasini tashkil qiladi. 6 larni, yer qobig‘ini tashkil qilib turgan tog‘ jins qatlamlarini, yuqoridan pastga qarab tarqalishini, yotish holatlarini tahlil qiladi va o‘rganadi. Bu fan o‘ziga stratigrafiya, paleogeografiya ilmlarini birlashtiradi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling