Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
Mineralogiya fani. Biz yashab ijod qilayotgan Yer sharining qaysi
bir qismini olmaylik, hamma joyda shag‘al toshlarni, qum, tuproqlar- ni, granitni uchratamiz, ular biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, tog‘ jinslari deb ataladi. Ana shu tog‘ jinslarini, masalan, granitlarni, chaqiq shag‘al toshlarni sinchiklab qarasak, oq, ko‘k, jigarrang, qora va shunga o‘xshash rangdagi donalarni — minerallarni 1 ko‘ramiz. Faqat biz har kuni ko‘zi- miz bilan ko‘rib turgan tuproq qatlamlarining o‘zi 50 dan ortiq har xil minerallardan tuzilgan. Mineralogiya fani ana shu tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan minerallar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, minerallarning kimyoviy tarkibini, fizik xossa va xususiyatlarini, paydo bo‘lish sharoiti qonuniyat- larini hamda ularning ichki tuzilishini o‘rganadi. Hozir tabiatda 4 000 dan ortiq mineral borligi ma’lum bo‘lib, u yoki bu tog‘ jinslari bir-birlaridan o‘z tarkibidagi minerallarning soniga, miqdoriga ularning joylashish tartibiga, donalarining katta-kichikligiga qarab turli nom bilan atalishi yoki ana shu minerallarning xossa va xususiyatlariga qarab tog‘ jinslarining xossa va xususiyatlari o‘zgarishi mumkin. Tabiatda tog‘ jinslari o‘zlaridagi minerallarning soniga qarab polimineralli va monomineralli bo‘ladi. Polimineralli tog‘ jinslari bir qancha minerallardan tashkil topgan bo‘lib, bularga sog‘ tuproq (lyoss), gil tuproq, granit, porfir va shularga o‘xshash tog‘ jinslari kiradi. Sog‘ tuproqdagi minerallarning eng ko‘p qismini kvars (23—35%), dala shpati (12—29%), muskovit (4—8%), biotit (2—3%) tashkil qiladi. Monomineralli tog‘ jinslari asosan bir mineraldan tashkil topgan bo‘ladi. Agar tog‘ jinslari tarkibidagi minerallar miqdori 5 protsentdan ortiq bo‘lsa, tog‘ jinsi hosil qiluvchi mineral hisoblanadi, agar minerallar miqdori 5 protsentdan kam bo‘lsa, tog‘ jinslarini hosil qilishda ahamiyat- ga ega emas. Fanda bunday minerallarni oksessor (sirkon, rutil, anatoz va boshqalar) minerallar deb ataladi. Tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan minerallar kimyoviy tuzilishiga qarab murakkab yoki oddiy bo‘lishi mumkin. Sodda minerallarga galenit (Rb/S), kinovar (NgS), gemotit (Fe 2 O 3 ), kvars (SiO 2 ), rutil (TiO 2 ), magnezit MgCO 3 ) va boshq. kiradi. Murakkab minerallarga muskovit KAl 2 (OH) 2 [AlSiO 3 O 10 ], kaolinit Al 4 (OH) 8 [Si 4 O 10 ], montmorillonit Al 2 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]•nH 2 O ni misol qilib ko‘rsatish mum- kin. Ba’zan minerallar bir kimyoviy elementdan tuzilgan bo‘lishi ham mumkin, bu minerallar grafit (C), sof mis (Cu), sof oltin (Au), sof oltingugurt (S) va boshqalardir. Bunday minerallar yer qobig‘ining ham- masi bo‘lib 0,1 protsentini tashkil etadi va sof elementlar deb ataladi. 1 Minerallar tabiiy kimyoviy birikma bo‘lib, yerning chuqur hamda uning yuza qismlarida sodir bo‘ladigan har xil fizik, kimyoviy, biokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling