Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Petrografiya fani. Petrografiya grekcha so‘z bo‘lib, tog‘ jinslarini
yozaman ma’nosini anglatadi. Aniqrog‘i, petrografiya fani yer qobig‘i


8
qatlamlarini tashkil qilgan tog‘ jinslarining mineralogik tarkibini,
tuzilishini, paydo bo‘lishini, yotish holatlari qonuniyatlarini o‘rganadigan
fandir.
Geotektonika fani. Tekislik rayonlaridan baland tog‘ mintaqalari
tomon yurib, yo‘l-yo‘lakay kuzatib borsak, avvalo, oyog‘imiz ostida
vaqtincha (yomg‘ir, qor), doimiy oqar (daryo) suvlar olib kelib to‘sha-
gan sog‘ tuproqlarni, qum tuproqlarni, shag‘al tuproqlarni, shag‘al
toshlarni, so‘ngra toqqa yaqinlashgach, qattiq ohaktoshlarni, qumtosh-
larni, granit qoyalarni ko‘ramiz. Toqqa yetib borgach, tog‘ni tashkil
qilgan qattiq tog‘ jinslariga (ohaktoshlarga, granit qoyalariga, gil tuproq
qatlamlariga qumtoshlarga) nazar solib sinchiklab tekshirsak, bu
jinslarning egilib, burmalar hosil qilib yotganligini, son-sanoqsiz
yoriqlarni, ba’zan bir xil litologik tuzilishidagi qatlamning ikkinchi
litologik tuzilishidagi qatlamlar ustida yotganligini, yoki qumtosh
qatlamlarining ohaktosh qatlamlari ustiga mingashib qolganligini,
bo‘shoq cho‘kindi tog‘ jins qatlamlarining esa juda yupqalashib, ba’zan
butunlay yo‘q bo‘lib ketganini ko‘ramiz. Xo‘sh, nima uchun tog‘ oldi
rayonlarida bunday bo‘shoq cho‘kindi tog‘ jins qatlamlari qalin va bir-
biri bilan qat-qatlashib yotibdi-yu, tog‘ rayonlarida esa ular yo‘q bo‘lib
yoki qalinligi bir necha santimetrga borib qolgan, yoki nima uchun
tog‘ rayonlaridagi qattiq jinslar bunchalik burmalanib, egilib ketgan.
Bu hodisalarning hammasiga birdan-bir asosiy sabab shu hududda sodir
bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan yerning ichki qatlamlarida vujudga kel-
gan kuchlar va bu kuchlar natijasida paydo bo‘lgan harakatlar, ya’ni
tektonik harakatlar bosh sababchidir.
Ana shu harakatlarning hamma joyda bir tekisda paydo bo‘lmasligi,
ta’siri bir xil emasligi natijasida ayrim joylarning ko‘tarilishi, ayrim
joylarning cho‘kishi, bukilishi, yorilishi, burmalanishi, ko‘tarilayotgan
joylarda yuvish, yemirilish jarayonlarining avjga chiqishi, bukilayotgan,
cho‘kayotgan joylarda esa yuvilish materiallarining olib kelib yotqizilishi
hodisalari yuz beradi. Masalan, Farg‘ona vodiysining markaziy qismida
10—15 million yillar mobaynida pasayish, bukilish harakatlari yuz ber-
gan, vodiy atrof rayonlarida esa ko‘tarilish hodisasi sodir bo‘lgan.
Natijada vodiy atrofidan yuvilib olib kelingan materiallar vodiy marka-
ziga 6 000—7 000 metr qalinlikda yotqizilgan.
Yer sharining qaysi bir joyini olmang, o‘sha joyiga ko‘tarilish yoki
bukilish, cho‘kish hodisasi xosdir. Butun planetamizda bu hodisa ikki
xil ko‘rinishda yuz beradi. Birinchisi, katta masshtabda yuz berib, butun
dunyo okeani bilan quruqlikning doimiy ravishda o‘rin almashishi, ya’ni
dengizning quruqlikka bostirib kirishi yoki quruqlikning dengiz tomon
kengayib borishi sodir bo‘ladi.
Ikkinchisi, Yer sharining u yoki bu uchastkasi uchun xos bo‘lib,
ana shu hudud ma’lum qismining ikkinchi boshqa qismiga nisbatan
egilishi, bukilishi, cho‘kishi yoki ko‘tarilishi yuz beradi, natijada bun-


9
day joylarda mahalliy yorilish, sinish, darz ketish jarayonlari hosil bo‘ladi.
Geotektonika fani yerning ichki qismlarida paydo bo‘ladigan kuchlar
natijasida yer qobig‘i qatlamlarida vujudga keladigan harakatlarni va
ana shu harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan yer qobig‘ida yuz bergan va
yuz berayotgan o‘tmish va hozirgi vaqtdagi o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Tektonik harakatlar o‘tmishi va hozirini o‘rganish, kelajagi to‘g‘ri-
sida fikr-mulohazalar yuritish fan uchun, xalq xo‘jaligimizning bundan
keyingi ravnaqi uchun juda katta ahamiyatga ega. Chunki tektonik
jihatdan noqulay deb topilgan maydonda haddan tashqari ko‘p tekto-
nik uzilmalar, yoriqlar, murakkab burmalar bo‘lishi mumkin. Vaqt o‘tishi
bilan, ayniqsa, zilzilalar vaqtida ana shu yoriqlar bo‘ylab yer qobig‘ining
ma’lum bir qismining ikkinchi qismiga nisbatan harakatga kelishi
natijasida sanoat, gidrotexnik, temir yo‘l va boshqa inshootlarning vayron
bo‘lishi yoki unga putur yetishi mumkin. Shuning uchun ham biron
hududga inshootning u yoki bu turi qurilishi kerak bo‘lsa, o‘sha yerda
injener-geologlar birga tektoniklar ham tekshiruv ishlarini olib boradilar.
Geotektonika fani ham yer qobig‘i qatlamlarida yuz bergan va yuz
berayotgan o‘zgarishlar xarakteriga qarab, ana shu o‘zgarishlarni ay-
rim-ayrim o‘rganadi. O‘tmishda, ya’ni neogen — to‘rtlamchi davr mo-
baynida yuz bergan o‘zgarishlarni geotektonikaning ajralmas bo‘lagi
bo‘lgan 

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling