O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti talabasi shermatov sherbekning kurs ishi


Download 148.5 Kb.
bet1/7
Sana30.01.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1141017
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sherbek kurs ishi TO\'LIQ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI FILOLOGIYA FAKULTETI TALABASI SHERMATOV SHERBEKNING
KURS ISHI
Mavzu: Arxeologik yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni
Bajardi:“Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha ta’lim” yo’nalishi talabasi SHERMATOV SHERBEK
Ilmiy rahbar: “TARIX” kafedrasi o’qituvchisi, JUMAYEV ABDUMO’MIN
DENOV 2023

M U N D A R I J A
KIRISH……………………………………………………….………4-5
ASOSIY QISM………………………………………………..…………

  1. O‘lka tarixini o‘rganishda arxeologik ma’lumotlarning ahamiyati…………………………………………………....……5-10

  2. O‘zbekistonda arxeologik yodgorliklarning o‘rganiIishi………………………………………………...….…11-15

  3. O‘lkamizdagi qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharlari va me`moriy obidalari.………………………...……………......…16-22

  4. Eneolit, bronza va ilk temir davri me’morchiligi………..…...23-28

  5. O‘zbekistonning antik davri me’moriy yodgorliklari…..……29-34

XULOSA………………………………………..…………………35-36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………...……...37

KIRISH
Arxeologik maiumotlar o‘qituvchilaming ma’ruzalari davomida bergan bilimlariga yanada aniqlik kiritib mazmunini boyitadi, ikkinchidan esa ma’lum davr yoki hudud tarixini chuqurroq anglashga va o‘rgamshga imkon beradi, uchinchidan, alohida mavzulami o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. To‘rtinchidan, ko‘rsatish vositasi vazifasini o‘taydi. Tarixiy o‘lkashunoslik fanida arxeologik materiallaming qo‘llanilishi o‘quvchilaming ibtidoiy odamlar mashg‘uloti, ularning mehnat qurollari, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlikka o‘tish jarayoni, qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharsozligi, qadimgi davr davlatchiligi va ulaming shakllari, qadimgi va o‘rta asr davridagi madaniyati, san’at, me’morchilik, xalqning turmush tarzi haqidagi bilimlami aniqroq va mustahkamroq o‘rgamshga ko‘maklashadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda arxeologiya fanining o‘lka tarixini o‘rganishdagi о‘rni kattaligi yuqoridagi ma’lumotlardan bevosita xulosa chiqarishimizga imkon yaratadi.
Arxeologiya o‘lka o‘tmishini o‘rganishda muhim manba sifatida yoshlarga atrof-muhit tarixini aniq dalillar asosida chuqur o‘rganishga imkon beradi. O‘lkashunoslik o‘quvchilarga darsdan olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lash, davr materiallarini mustahkamlashga ko‘maklashadi. Ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Vatanni anglamoq, vatanni sevmoq mavhum tushunchalar boiib qolmasligi uchun yoshlarga o‘zlari yashab turgan oikani, ya’ni ko‘cha, qishloq, shahar, viloyat tarixini o‘rgamshga va mehr-muhabbat uvg‘otishga sharoit yaratib berishimiz kerak. Buning uchun tarixiy oikashunoslikka ko‘proq e’tibor berib, uning muhim manbalaridan biri boigan arxeologik materiallardan foydalanishni kuchaytirish zarur. Arxeologik materiallar tarix fanining vazifasini bajarish sohasida ham muhimdir. Masalan, Vatanimiz tarixini aniq dalillar asosida o‘rganish va o‘tmishni moddiy manbalar asosida tanishtirish natijasida o‘quvchilar o‘z xalqining tarixi va madaniyati haqida aniq maiumotlarga ega boiadilar. Bu esa yosh avlodda o‘z xalqining o‘tmishi va madaniyatiga nisbatan hurmat bilan qarashga yordam beradi. Arxeologik tadqiqot ishlari natijasida topib o‘iganilgan moddiy manbalami shartli ravishda ikki turga boiish mumkin: Tabiiy manbalar (paleoantropologik, paleozoologik, paleobotanik )-inson va hayvon suyaklari, o‘simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlardan iborat bo‘lib , ularni asosan antropologlar, zoologlar, botaniklar va geologlar o‘rganadilar. Inson tomonidan yaratilgan manbalar. Ular mehnat qurollari, yaroq-aslahalar, sopol idishlar, san’at va zeb-ziynat buyumlar, qoyatosh rasmlari, qadimgi g‘or makonlar, qadimgi va o‘rta asrlar davri qishloq va shahar xarobalari va hokazolardir. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, yozma manbalami asosan tarixchilar, moddiy manbalami arxeologlar o‘rganib, moddiy topilmalar yozma manbalaiga tayangan holda ilmiy tahlil qilinadi O‘rta Osiyo qadimgi sharq tarixining ajralmas qismini tashkil etib, kishilik jamiyatining ilk markazlaridan biri hisoblanadi.
O‘rta Osiyo xilma-xil tabiiy sharoit, o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy. Iqlim sharoiti asosan mo‘tadil bo‘lganligidan insonning yashashi juda qulaydir. Bu hol esa ibtidoiy va qadimgi kishilar diqqat-e’tiborini tortmasligi mumkin emas edi. Shu tufayli odamlar bu olkada juda qadim zamonlardan boshlab yashaganlar. O‘lkaning hamma yerida ibtidoiy va qadimgi davr kishilari qoldirgan xilma-xil tosh asr makonlari, g‘orlari, bronza davri qishloqlari va mozorlari, temir davri qal’alari va shaharlaming xarobalari, qoyatoshlarga ishlangan rasmlar, sug‘orish inshootlarining qoldiqlari, qadimiy mudofaa devorining qoldiqlari juda keng tarqalgan.Yer tagida yotmagan moddiy manbalar ham bor. Masalan, o‘rta asr xazinalaridan qolgan buyumlar, naqshinkor eski binolar va hokazolar mana shunday manbalardir. Arxeologiya ishlab chiqarish qurollarining tarixini ish qurollari va ular bilan yasalgan buyumlari orqali o‘rganadi. Tosh, metall, sopol va yog‘ochdagi yozuvlari o‘rganadigan epigrafika fani, tanga pullarni o‘rganadigan numizmatika fani, muhrlarni o‘rganadigan sfragistika fani, gerblarni o‘rganadigan geraldika fani kabi arxeologiyaning bir qancha alohida tarmoqlan bor. Arxeologiya tarixga oid fan bo‘lib, qazishmalardagi kuzatmalami izohlab berish uchun geologiya, botanika, zoologiya va antropologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi va u bilan birga o‘zi ham o‘sha tabiat fanlariga qimmatli materiallar beradi.

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling