O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Milet maktabi. Gretsiya mutafakkirlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana07.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#19577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Milet maktabi. Gretsiya mutafakkirlari 
ta’limotida ijod  
 
  
 Eramizdan  oldingi  VI  asrda  Yunonistonda    quldorlik  tuzumi  ancha 
rivojlangan  edi.  Yunonistonning  Milet,  Efes,  Fokiya  kabi  shaharlarida 
hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi. Natijada, Osiyo, Afrika, Misr bilan 
bo‘lgan madaniy va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi greklar madaniyatiga 
ta’sir etdi. 
Milet  materialistik  maktabining  asoschisi  Fales  (eramizdan  oldin  624-
547 yilda yashagan)dir. Fales geometriya, astronomiya, matematika fanlarini 
rivojlantirdi.  Bu  davrda  falsafa  fani  inson  bilimlarining  yig‘indisini  ifoda 

 
24 
qilardi.  Gretsiya  falsafasi  tarixida  Fales  birinchi  bo‘lib,  tabiatdagi 
hodisalarning rivojlanish manbaini qidirdi.  
Falesning fikricha, tabiat hodisalari asosida suv yotadi. Undan tashqari, 
Falesning  shogirdi  Anaksimandr  (eramizgacha  610-546  yillarda  yashagan) 
dunyoning  asosida  suv  emas,  cheksiz  shaklga  ega  bo‘lgan  apeyron  yotadi, 
deb tushuntirdi. Uning fikricha, hamma narsa shu apeyrondan kelib chiqqan 
va yana apeyronga qaytadi. Apeyron harakati esa qarama-qarshilikning kelib 
chiqishi asosida bo‘ladi. 
Mavjudot  Anaksimandrning  fikricha,  rivojlanish,  taraqqiyot  xudolariga 
bog‘liq  emas.  Anaksimandr  birinchi  bo‘lib  odamning  paydo  bo‘lish 
masalasiga  qiziqadi  va  uni  balchiqlardan  paydo  bo‘lgan,  deydi.  U  birinchi 
bo‘lib, geografik karta tuzgan, quyosh  soatini  yasagan. 
Milet  maktabining    keyingi  vakili  Anaksimen  (eramizdan  avval  585-
525  y.  da  yashagan)dir.  Anaksimenning  fikricha,  dunyo  havodan  tashkil 
topgandir.  Anaksimen  ijodida  ateistik  qarashlar  bor  edi.  Kosmik  o‘zgarish 
xudosiz, borliqning doimiy o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladi. Milet maktabi 
vakillarining ta’limoti materialistik xarakterga egadir. Ularning ta’limoticha, 
dunyoning asosida moddiy bir narsa - modda yotadi. Ular tabiatning qonuniy 
rivojlanishini modda va uning xarakteriga bog‘laydilar.  
  Grek  dialektikasini  Pifagor  maktabi  rad  etdi.  Milet  faylasuflari 
dunyoning asosiga materiyani qo‘ysalar, Pifagor maktabi esa sezish mumkin 
bo‘lmagan  abstrakt  raqamni  -  sonni  qo‘yadi.  Bu  idealistik  falsafa  stixiyali 
materializmga qarshi chiqdi. Bunga sabab, bilish jarayonining qiyinchiliklari 
natijasi edi.  
Pifagor,  eramizdan  oldin  (580-550)  yashagan.  Pifagor  maktabi 
matematika  bilan  qiziqqani  uchun  tabiat  qonuniyatining  miqdoriy 
xususiyatlarini  anglashga  qaratdi.  Bu  maktab  g‘oyalarida  idealistik  diniy 
falsafiy  qarash  bilan  ilmiy  tafakkur  elementlari  uchraydi.  Pifagorchilar 
o‘zlarining  ta’limotlarida    dunyoqarash  sohasi  bilan  miqdor  kategoriyasini 
kiritdilar. 

 
25 
Afina  faylasuflari  materiyaning  ichki  tuzilishi,  moddiy  elementlar 
xarakterini,  uning  rivojlanish  sabablarini  tushuntirishga  uringanlar.  Bu 
faylasuflar Levkip va Demokritlardir. 
Levkip  (500-440)  birinchi  bo‘lib  ateistik  qarashni  olg‘a  surdi.  Dunyo 
uning  fikricha,  bo‘linmaydigan  moddiy  element-atomlardan  tuzilgan. 
Atamos  -  bo‘linmaydigan,  grekcha  so‘z.  U  dunyodagi  narsalarning  paydo 
bo‘lishi  va  yo‘qolishini  zaruriyat  va  sababiyat  bilan  bog‘laydi.  Bu  ta’limot 
Demokrit falsafasining ham negizini tashkil qiladi. 
Efess shahrida  Geraklit (475-374)  yashab o‘tgan. Geraklit dunyoning 
asosida olov yotadi, dunyo mana shu olovning qonuniy alangalanib va so‘nib 
turishidan iborat deydi. Geraklit hech qanday xudo ham, odam ham dunyoni 
yaratmagan,  dunyo  o‘z-o‘zidan  qonuniyat  bilan  so‘nuvchi,  tirik  olovdan 
iboratdir, deydi. Geraklitning materialistik ta’limoti ham stixiyali xarakterga 
ega, farazlardan iborat edi. Chunki o‘sha davrda dialektika va materializmni 
fan darajasiga ko‘tarishga imkoniyat yo‘q edi. 
Qadimgi  Yunonistonda  turli  oqimlar  paydo  bo‘lib,  ulardan  biri 
sofistlardir. 
Sofistlar  (donishmandlar)  qadimgi  grek  falsafasida  muhim  o‘rinni 
egallaganlar.  Avvalgi  grek  faylasuflari  barcha  o‘zgaruvchan  rang-
baranglikdagi  birlik  haqidagi  masala  bilan  mashg‘ul  bo‘lganlar.  Ular  urf-
odatlarning  turlichaligini,  axloqiy,  siyosiy,  huquqiy  jarayonlarning  falsafiy 
jihatlarini  asoslashga  urindilar.  Ammo,  muhim  bir  fikrga  kela  olmaganlar. 
Grek faylasuflarining ba’zilari bitta universal umumiy axloq va bitta siyosiy 
ideallik  mavjud,  deb  tushuntirsalar,  ba’zilari  bu  holatlarni  jamiyat  yoki 
yagona  bir  odam  dunyoga  keltirgan,  deb  fikr  bildirganlar.  Qisqasi,  har  bir 
faylasuf  o‘zicha  olamdagi  narsa  va  hodisalarni  tahlil  qilganlar  va  ijod 
qilganlar.  Keyinchalik,  jamiyatdagi  axloqiy  -  huquqiy  sohalar  bilan  bog‘liq 
jihatlarning hal etilishi alohida kishi faoliyati bilan bog‘liq, degan to‘xtamga 
kelganlar.  Aslida  axloq,  huquq,  did,  huzur-halovat,  siyosat,  boshqaruv  kabi 
jarayonlar  haqidagi  fikrlar  xilma-xil.  Tahlili  ham  turlicha.  Shunday 
bo‘lishidan  qat’i  nazar,  faylasuflar  bu  savollarga  javob  topish  uchun  ijod 
qilgan. Bunday faylasuflarni sofistlar deb yuritganlar.  

 
26 
Sofistlar  o‘z  ijodlarida  ko‘proq  axloqiy,  siyosiy,  huquqiy  sohalar  bilan 
shug‘ullanishgan.  Sofistlarga  zamonaviy  jihatdan  yondashadigan  bo‘lsak, 
ular  bir  vaqtning  o‘zida  muallif,  jurnalist,  yozuvchi,  shoir  umuman  ziyoli 
kishilar  bo‘lganlar.  Ular  ko‘proq  bahslashishni  olg‘a  surib,  haqiqatga 
erishmoqchi  bo‘lganlar.  Sofistlar  narsa  va  hodisalarni  aqliy  (ratsional) 
dalillash  san’atidan  foydalanib  asoslashga  harakat  qilganlar.  Sofistlar 
munozara  va  muzokarada  foydalanish  mumkin  bo‘lgan  ayyorlik  va 
mug‘ombirlik,  makkorlik  usullaridan  foydalanib  borliqni  tushuntirganlar. 
Shu holatga boshqalarni ham yetaklaganlar. Ularning yirik vakillari Gorgiy, 
Frasimax va Protogorlardir.  
Gorgiy  taxminan  miloddan  avvalgi  483-374  yillarda  yashagan.  U 
mashhur notiq edi. Uning “Tabiat to‘g‘risidagi yoki mavjud bo‘lmagan narsa 
to‘g‘risida” nomli asari bo‘lgan.  
Qadimiy  falsafa  sohasidagi  ijodkorlardan  yana  biri  Frasimax  Suqrot 
zamondoshidir.  Miloddan  oldingi  470  yillar  atrofida  tug‘ilgan,  deb  taxmin 
qilinadi.  Frasimax  o‘zining  huquq  va  adolat  to‘g‘risidagi  qarashlari  bilan 
barchani  lol  qoldirgan.  Frasimaxning  fikricha,  huquq    zo‘rlarga  xizmat 
qiladigan  narsadir.  Huquq  bu  kuch  qudratdir.  Bunday  tushunchaga  zid 
keladigan fikr axmoqona go‘llikning o‘zi xolos, deya ta’kidlagan u. 
Protogor miloddan avvalgi 481-411 yillarda yashab ijod qilgan. Uning 
fikricha,  “Inson  qanday  bo‘lsa,  shu  holida  mavjud  bo‘lgan.  Inson  jamiki 
narsalarning borlig‘i va yo‘qligi bilan ma’lum darajada mavjud narsalarning 
mezoni  hisoblanadi”.  Yana  quyidagi  fikrni  bildiradi:  “Xudolar  to‘g‘risida 
men ularning na mavjudligi, na mavjud emasligi yoki ularning qanday tusda 
ekanligi  haqidagi  bilimga  ega  bo‘la  olmayman  chunki  idrok  etilmaslik  va 
inson hayotining qisqaligi bilishga to‘sqinlik qiladi”. 
Sofistlar etika, ijtimoiy fanlar va epistemologiya bilan aloqador bo‘lgan 
sohalarni  baholashda  ilg‘or  bo‘lganlar.  Bunday  fikrlar  hozirgi  davrda  ham 
dolzarb. Chunki bular muammoli sohalardir. Ularning fikrlarida nisbiylik va 
mutlaqlik,  huquq  va  hokimiyat,  altruizm;  individ  va  jamiyat;  aql-idrok  va 
his-tuyg‘ular  kabi  atamalar  mavjud  bo‘lganki,  bular  haqida  hozirgi 
faylasuflar ham fikr yuritadilar.  

 
27 
Qadimgi  grek  falsafasini  rivojlantirishda  Suqrot  ijodi  alohida  o‘rin 
tutadi.  U  miloddan  avvalgi  469  yilda  tug‘ilib,  399  yilda  vafot  etgan.  Uning 
ta’limotida  ham  epistemologik  (epistemologiya-bilim,  uning  tuzilishi, 
tuzilmasi  va  rivojlanishini  o‘rganadigan  falsafiy-metodologik  ta’limot)  va 
etnik  -  siyosiy  muammolar  markaziy  o‘rinni  olgan.  U  sofistlarning  ko‘p 
qarashlarini  rad  qilgan.  Uning  ijodida  umumiy  ne’mat  (oliy  ezgulik)  va 
adolat  hisoblanadigan  qadriyatlar  va  me’yorlar  mavjud.  Suqrot  falsafaning 
bilish  muammosini  hal  etishga  intildi.  Uning  talqinida  bilim  -  bu  bizning 
o‘zimiz  va  o‘zimiz  o‘zimizning  mavjudligimizni  ko‘radigan  vaziyatlar 
haqidagi bilimdir. Suqrot ijodida shu narsa  xarakterliki, u bilimni tajribaga 
murojaat  etish  yo‘li  bilan  izlamagan.  U  bilimni  tushunchalarni  tahlil  etish 
yo‘li  bilan  o‘zlashtirishga  harakat  qilgan  va  boshqalarni  ham  shunga 
chaqirgan. Suqrot ijodida adolatlilik, mardlik, saxovatlilik, yaxshi hayot kabi 
tushunchalar markaziy o‘rin egallagan. 
Falsafa  tarixidagi  yana  bir  yirik  grek  faylasufi  Aflotundir.  Qarama-
qarshi  falsafiy  fikrlar  asosida  Aflotun  falsafasi  paydo  bo‘ldi  (Aflotun 
eramizdan  avvalgi  427-349  yillarda  yashagan).  Afina  aristokratiyasining 
vakillari  platonchilar  idealistik  qarashini  oldinga  surdilar.  Aflotun  ijodi 
asosida g‘oyalar yotadi. Uning fikricha, narsalar asosida g‘oya yotadi, sezgi 
qabul qiladigan narsa, ideya dunyosining ko‘lankasidir. 
Aflotunning fikricha, hayotda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan g‘oyalar 
mavjud  bo‘lib,  bu  g‘oyalar  o‘zgarmaydi.  Sezgi  organlarimizda  ifodalangan 
narsalar  paydo  bo‘lishi  va  yo‘qolishi  doimiy  o‘zgaruvchan  emaslikdandir. 
Eng  oliy  g‘oya  bu  xudo  to‘g‘risidagi  g‘oyadir.  Bu  narsa  idealizm  bilan 
dinning birligini ko‘rsatadi. 
Aflotun  bilish  nazariyasini  ham  idealistlarcha  tushuntirdi.  Uning 
fikricha,  bilim  g‘oyalar  orqali  paydo  bo‘ladi,  tasavvur  narsalar  orqali  hosil 
bo‘ladi.  Abstrakt  tafakkurni  sezgilarga  bog‘liq  bo‘lmagan  g‘oyalar 
dunyosida  yashovchi,  ruhni  “eslash”  jarayoni  natijasi,  deb  tushuntirdi. 
Aflotun bilish bu – eslashdir, degan g‘oyasini o‘rtaga tashladi. U dialektikani 
ilohiy 
bilimning 
mantiqiy 
nazariyasi, 
deb 
hisoblaydi. 
Umumiy 
tushunchaning  ahamiyatini  ta’kidlashi,  kishi  tafakkurining  faol  rolini 

 
28 
(idealistik  bo‘lsa  ham)  ishlab  chiqishi  Aflotun  ijodining  ratsional  mag‘zini 
tashkil etadi. 
Aflotun “ideal davlat” ta’limotini ma’qullab, bu davlat fuqarolarini uch 
tabaqaga: 
1) davlatni idora qiluvchi faylasuflar - dono; 2) davlatni ichki va tashqi 
dushmanlardan  asrovchi  qo‘riqchi  askarlar  -  jasoratli;  3)  jismoniy  mehnat 
bilan shug‘ullanuvchi dehqonlar, hunarmandlar,  itoatkorlarga bo‘ladi. 
 Qadimiy  Grek  faylasuflaridan  yana  biri  bu  Arastudir.  Arastu 
(eramizgacha  384-322  yillar)  fanlar  klassifikatsiyasini  birinchi  bo‘lib  tuzib 
berdi (falsafa, matematika, fizika). Uning fikricha, falsafa borliq to‘g‘risidagi 
fan, matematika va fizika borliqning ba’zi xususiyatlari to‘g‘risidagi fandir.  
Arastu  Aflotunning  davlat  nazariyasini  tanqid  qildi  va  quldorlik 
tuzumini tan oldi. U o‘z ijodida falsafa fanini amaliy faoliyatdan ajratib oldi, 
ya’ni bilim moddiy manfaatdan yiroq bo‘lsa, ilmiyroq bo‘ladi, deydi. Arastu 
ob’yektiv  tabiatni  bilishni,  bilimning  asosiy  sharti  deydi,  lekin  u  izchil 
materializm  pozitsiyasiga  o‘ta  olmadi.  Materiya  Arastuning  fikricha,  passiv 
imkoniyat, shakl faol o‘zgarish manbaidir. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi 
bog‘lanishni  ko‘rsatib,  harakat,  o‘zgarishning  manbai  ekanligini  aytsa-da, 
lekin harakat, buyumlarning ichki ziddiyatlarida ekanligini ko‘ra olmadi. 
 U  bilish    jarayonini  materialistik  asosda  tushuntiradi.  Bilish  manbai 
tabiatning  o‘zidir,  deb  ob’yektiv  borliqni    qo‘yadi.  Sezgilar  orqali  olingan 
hissiyot  narsa  va  hodisalar  siymosidir,  deydi.  Lekin  sezgini  chegaralab 
qo‘yadi.  Sezgilar  umumiy  shaklni,  ya’ni  shakllar  shaklini  -  xudoni  bilishga 
imkon bera olmaydi. 
Arastu o‘z ijodida sezgilar asosida topilgan bilimni tafakkur orqali hosil 
qilingan  bilimdan  ajratib  qo‘yadi.  Arastu  kategoriyalar  klassifikatsiyasini 
ishlab chiqdi. U imkoniyat va voqelik, materiya va shakl, mohiyat va hodisa 
kategoriyalarini dialektika asosida tushuntirishga urindi, lekin to‘la dialektik 
asosda  hal  qila  olmadi.  Din  arboblari  uning  sodda    dialektikasini  uloqtirib, 
metafizikasini olib qoldilar.  
Qadimgi  Gretsiyada  eramizdan  oldingi  II  asr  oxiri  I  asrning  boshida 
Demokrit tarafdorlari ko‘proq materialistik fikrlarni olg‘a surdilar. 

 
29 
Demokrit  (eramizdan  oldin  460-370  yillarda  yashagan)  ensiklopedik 
olim edi. Demokrit atom ko‘zga ko‘rinmaydi, deb harakat bilan materiyaning 
bir-biriga  bog‘liqligini  ko‘rsatadi.    Demokrit  olam  cheksiz  dunyo,  yer  bir 
sayyora,  deydi.  Olam  uning  fikricha,  bo‘shliq  bo‘lib,  fazoda  atomlarning 
to‘qnashishi  natijasida  turli  dunyolar  kelib  chiqqan.    Bu  dunyolar  paydo 
bo‘ladi,  yo‘qoladi,  deydi.  Olam  haqidagi  fikrida  ateistik  qarashlar  bor,  u 
yerda  zaruriyat  mavjuddir,  deydi.  Demokrit  diniy  ta’limotlarga  qarshi  tan 
bilan  ruhning  o‘lishini  ko‘rsatadi.  Undan  tashqari,  bilish  jarayonining 
dialektik  bosqichini  materialistik  asosda  tushuntirdi.  Bilish  jarayonida 
birinchi  bosqich  sezgi,  deb  biladi.  Sezgi  organlarimizga  ta’sir  etib, 
ongimizda tasavvur paydo  qiladi. Bilim uchun tafakkur kerak, deb o‘rgatadi. 
Demokrit    ijodi  ateizm  tarixida  ham  katta  rol  o‘ynadi.  Uning  fikricha, 
xudoga 
ishonish 
kishilarning 
tabiat 
kuchlari 
oldidagi 
ojizligidir. 
Demokritning  siyosiy,  iqtisodiy  sohadagi  ijodi  ham  demokratik  edi. 
Falsafada  ikki  yo‘l  “Demokrit  yo‘li”  bilan  “Aflotun  yo‘li”  orasida  kurash 
ketgan.  Demokrit  yo‘lini  tutganlardan  biri  Epikurdir  (341-270).  U,  kishi 
baxtiyor  bo‘lishi  uchun  tabiat  va  uning  qonuniyatlarini  bilishi  kerak,  deydi. 
Falsafani  uch  qismga  fizika,  logika  (kanonika)    va  etikaga  bo‘ladi.  Epikur 
fizikasida  atomizm  himoya  qilinadi  va    rivojlantiriladi.  Atomlarning 
birlashuvini o‘ziga xos erkin irodaning oqibati, deb ko‘rsatadi. Garchi bu fikr 
idealistik  xarakterga  ega  bo‘lsa-da,  stixiyali  ravishda  materiyaning  o‘z 
ichidagi harakatini e’tirof etadi. Epikur ham o‘z ijodida bilishning birdan-bir 
manbai  sezgilarda,  deb  biladi.  Uning  bilish  nazariyasi  oddiy,  lekin 
materialistik  xarakterga  egadir.  U  ham  xudoni  inkor  etmaydi,  balki  tabiat 
mahsuli,  deb biladi. 
Gretsiya  falsafasining  yana  bir  vakili  Rimlik  Piy  Lukretsiy  Kar  (99-
55)dir.  U  Epikur  ta’limotini  davom  ettirdi.  Qadimgi  materialistlar  singari 
Lukretsiy  ham  materiyaning  ob’yektivligini  ilmiy  ravishda  tushunish 
darajasiga  yetmadi.  Lukretsiy  narsalarning  sifatini  ob’yektiv  xarakterga 
egaligini,  fazo  va  vaqt  masalasini    ham  materialistlarcha  tushuntirdi.  Sezgi 
masalasini  ham  to‘g‘ri  hal  qilgan.  Uning  ijodi,  falsafasi  feodalizm 
jamiyatining  tarixiy  kelib  chiqishi  va  tarixiy  taraqqiyotning  oldinga 

 
30 
surilishidan  darak  berar  edi.  Feodalizm  jamiyatida  sinf,  ijtimoiy  tabaqalar 
o‘rtasidagi to‘qnashuvlar mafkura kurashida o‘z ifodasini topdi.  
Feodalizm  davrining  mafkurasi  din  edi.  Shuning  uchun  bu  davrdagi 
qarashlar  ham  diniy  tusda  bo‘lgan.  Rimda  feodalizm  davrida,  idealizmning 
turli  oqimlari,  materializm  va  ateizmga  qarshi  kurashdilar.  Ular  – 
skeptitsizm,  agnostitsizm,  neoplatonizmlardir.  Ob’yektiv  idealizm,  Arastu 
idealizmi va metafizik ta’limotining davomi edi.  
 
Yevropa Ug‘onish davrida ijod. 
 
 
Ishlab  chiqarish  kuchlarining  o‘sishi  feodal  tuzumni  surib  chiqadi.  Bu 
jarayon  burjuaziya  (boylar)  inqilobi  bilan  tugallandi.  Lekin  bu  davrdagi 
falsafiy dunyoqarash shunday keskin kurashlarga duch keldiki, Kopernikning 
nazariyasini  xudosizlikda  ayblash,  Jordano  Bruno(1548-1600)ning  o‘tda 
kuydirilishi,  Galiley  asarlarining  olovda  kuydirilishi  ham  fan  va  umuman 
materialistik  falsafaning  progressiv  taraqqiyotiga  to‘sqinlik  qila  olmadi. 
Tabiat  hodisalarini o‘rganuvchi  tabiiy  fanlar  shakllana  boshladi.  Endi  tabiat 
fani  bilan  falsafa  orasidagi  munosabat  o‘zgara  boshladi,  ya’ni  tabiiy 
fanlarning o‘sishi materialistik falsafaning o‘sishiga olib keldi. 
N.  Kopernik  (1473-1543)  geliotsentrik  tizimni  ishlab  chiqdi.  Ya’ni,  er 
shari  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanishi  bilan  kun  va  tunning  bo‘lishi,  Quyosh 
atrofida  aylanishi  bilan  yil  fasllarining  o‘zgarib  turishini  isbotlab  berdi. 
Ptolomeyning  Quyosh  sistemasining  markazi  yer  degan  fikri  noto‘g‘ri 
ekanligini  ko‘rsatib,  geliotsentrik  tizimini  yaratdi.  Ptolomey  ta’limoticha, 
Quyosh  yer  atrofida  aylangandek  ko‘rinadi,  aslida  mohiyati  unday  emas. 
Kopernikning progressiv g‘oyalari va ijodi falsafa tarixida katta rol o‘ynadi. 
Undan  keyingi  o‘tgan  olim  Jordano  Bruno  Kopernik  nazariyasidan 
materialistik  xulosa  chiqardi.  Bruno  dinga  qarshi  kurashuvchi  progressiv 
olim  edi.  Bruno  ijodida,  olam  hisobsiz  yerlar,  quyoshlar  sistemasidan 
iboratdir.  Lekin,  Bruno  yashagan  davr  uning  progressiv  fikrlarini 
rivojlantirishga yo‘l qo‘ymadi. Uning faoliyati inkivizatsiya katolik cherkovi 
sudi davridagi sudda qoralanib  o‘zi esa o‘ldirildi. 

 
31 
Yangi  davr  falsafasi  XVI-XVII  asrda  Angliyada  kelib  chiqdi.  Angliya 
materializmining  asoschisi  F.  Bekon  (1561-1626)  edi.  Bekon  falsafasi 
Angliya boylarining intilishini ifodalaydi. Bekon tajribaga asoslangan bilim - 
haqiqiy  bilim,  deydi.  Undan  tashqari,  inson  tabiatni  o‘rganishi  va  o‘ziga 
bo‘ysundirishi  kerakligini  uqtirdi.  Dunyoda  bilimning  asosiy  quroli 
tajribadir,  deydi  o‘z  ijodida.  Bilim  jarayonidagi  tafakkurning,  nazariyaning 
rolini  inkor  etmaydi.  Narsa  va  hodisalarning  sababiy  bog‘lanishini  aniqlash 
haqiqiy  bilim  garovidir,  deydi.  Elementlarning  sifat  muayyanligini 
ta’kidlaydi.  Materiya  bilan  harakat  o‘rtasidagi  uzluksiz  bog‘lanishni  e’tirof 
etadi. 
Bekon  falsafasida  dialektika  elementi  bo‘lishiga  qaramay,  uning 
materializmi asosan mexanistik edi. 
Angliya  materializmining  ikkinchi  vakili  Tomas  Gobbs  (1588-1679) 
bo‘lib,  uning  falsafiy  ijodi  Bekonnikiga  o‘xshardi.  Bekonning  dinga 
yondashgan  tomonlarini  tuzatib,  uni  rivojlantirdi.  Gobbs  ijodi  mexanistik, 
metafizik tusda edi. Gobbs moddiy dunyoni bir-biridan real bilib, falsafaning 
predmeti  shu  olamni  o‘rganishdir,  deydi.  Gobbs  taraqqiyotni  faqat  miqdor 
o‘zgarishlaridir,  harakat  esa  mexanistik  tashqi  turtki  natijasidir,  deydi.  U 
moddalarning xossalari,  sifati  yorug‘lik,  hid,  rang,  issiqlika  xos bo‘lmasdan 
balki  tasavvurlarimizdan  iborat,  deb  tushuntiradi.    Gobbsning  ijodi  uning 
tafakkur  bilan  materiya  haqidagi  fikrida  ko‘rinib  turadi.  Tafakkur 
materiyadan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, degan edi  u. 
Gobbs  bilish  nazariyasida  moddiy  dunyoning  kishiga  ta’sir  qilishi 
natijasida  hosil  bo‘lgan  hissiyotlar  to‘g‘risida  to‘g‘ri  fikr  bergan.  Lekin, 
uning  xatosi, tafakkur  mexanistik funksiyani  bajaradi, deb izchil  bo‘lmagan 
materializmga yo‘l qo‘yadi. 
XVII  asrda  Fransiya  Angliyaga  nisbatan  rivojlanishi  jihatidan  ancha 
orqada  qolgan  mamlakat  edi.  Demak,  Fransiya  falsafa  sohasida  ham 
Angliyaga  nisbatan  orqada  edi.  Lekin,  Fransiya  o‘ziga  xos  yo‘llar  bilan 
rivojlandi. 

 
32 
Fransiyada  rivojlangan  ijod  dualistik  tasnifga  ega  edi.  Fransiyadagi 
dualistik  oqim  vakili  Rene  Dekart  (1596-1650)dir,  o‘zining  “Metod 
to‘g‘risida mulohazalar” asarida bilish uslubini yaratishga uringan. 
Dekart  o‘zining  falsafasida  matematika  aksiomalariga  va  hatto 
«xudoning  qudratiga»  ham  gumonsirash  kerak,  deydi.  Tafakkur  Dekart 
ijodida birdan-bir voqelik hisoblanadi. U shuning uchun ham «Men tafakkur 
qilaman,  demak  men  yashayman»  degan  qoidasini  keltirib  chiqardi. 
Tafakkurni materiyaga qarshi qo‘yadi. Bu narsa falsafaning bosh masalasini 
idealistlarcha  hal  qilishga  olib  keldi.  Bilish  nazariyasida  asosiy  uslub  qilib 
deduksiyani  oladi.  Ya’ni,  tafakkur  umumiydan  xususiyga  qarab  harakat 
qiladi va mantiqiy yo‘llar bilan haqiqatni ochishga imkon beradi. 
Dekart  ijodidagi  dualizm  ong  bilan  materiyaning,  tan  bilan  ruhning 
mustaqil  yashashini  isbotlashda  o‘z  ifodasini  topadi.  Dunyoning 
moddiyligini  inkor  etadi  va  dunyo  ikki:  ruhiy  va  moddiy  substansiyalardan 
iborat, deydi Dekart. 
  Dekart shunday kamchiligi bo‘lishiga qaramay falsafa tizimini yaratdi. 
U fan sohasida yangi kashfiyotlar ochdi. Masalan, Quyosh tizimining paydo 
bo‘lishi  to‘g‘risidagi  fikrlari,  cheksiz  olam,  havo-olov-yerga  o‘xshash  uch 
element haqidagi fikrlari shunga misol bo‘la oladi. 
 
Dekartning dualizmini tanqid qilish asosida Benedikt Spinoza (1632-
1677)  falsafasining  tizimi  vujudga  keldi.  Spinoza  Gollandiya  boylarining 
manfaatini  ifodalaydi.  Spinoza  falsafasi  tizimini  Dekart  rad  etib,  dunyoning 
asosida  moddiy  substansiya  (birinchi  asos,  materiya)  yotadi,  deya  e’tirof 
etadi. 
Spinozaning  fikricha,  tabiatda  ikki  substansiyaning  bo‘lishi  mumkin 
emas.  Undan  tashqari,  substansiya  o‘zidan  tashqaridagi  sababga,  xudoga 
bog‘liq  emas,  balki  u  o‘zining  sababidir.  Substansiya  zamonda  abadiy, 
makonda  cheksizdir.  Spinozaning  substansiya  to‘g‘risidagi  fikri,  cheksiz 
materiya  haqidagi  materialistik  ta’limotdir.  Lekin  shunga  qaramay  Spinoza 
substansiya  niqobiga  o‘rab  diniy  fikrni  yurgizadi.  Uning  xudosi  dindorlar 
xudosiga o‘xshamaydi. 

 
33 
Spinoza ijodida, zaruriyat ta’sirida harakat qiluvchi xudo erkin irodaga 
ega  emas  va  o‘z  oldiga  hech  qanday  maqsad  qo‘ya  olmaydi,  bu  narsa 
tabiatning o‘zginasidir. Shu davrda vujudga kelgan sub’yektiv idealistlar (J. 
Berkli  (1685-1753),  D.  Yum  (1711-1776))    dinga  yangi  yo‘l  ochib, 
materializmga qarshi fikrlarni ilgari surishga harakat qilishgan edi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling