O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt kimyо-tеxnologiyаsi instituti
Download 1.6 Mb.
|
Органика лаб.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintez uchun berilgan kimyoviy moddalarni fizik-kimyoviy konstantalari
- Amaliy qisim jadvali
- Nazorat savollari
- BIR VА KO’P АSОSLI KАRBОN KISLОTАLАR
- Kerakli reaktivlar
Ikkilamchi reaksiyalar:
13.Rasm Sirka aldegid sintezi uchun asbob Ko‘rinib turibdiki, etil spirtining kuchli oksidlovchilar ishtirokiida oksidlanishi murakkab jarayon. Demak, tajribani shunday o‘tkazish kerakki, natijada maqsaddagi mahsulot ko‘p chiqsin. Buning uchun sintez o‘tadigan asbob o‘ziga hos qilib yig‘iladi. Sovitgich bir vaqtning o‘zida ham qaytar ham to‘g‘ri bo‘lib xizmat qiladi. Sovitgich ichidagi suv harorati 30 0C bo‘lishi shart shunda sovitgich orqali faqat sirka aldegid o‘tib (T=21 0C), muz solingan stakanga joylashgan qabul idishiga yigiladi. Sintez uchun berilgan kimyoviy moddalarni fizik-kimyoviy konstantalari:
Amaliy qisim jadvali
Nazorat savollari Aldegidlar va ketonlarning umumiy formulasini yozing. Sirka aldegid olishning uch xil usulini taklif qiling. Spirtdan kaliy bixromat ishtirokida bir mol sirka aldegidi uchun kerak bo‘ladigan reaktivlarni elektron balans usuli bilan xisoblang. Sirka aldegid sintezining asosiy reaksiya tenglamasini yozing. Sirka aldegid sintezining qo‘shimcha reaksiya tenglamasini yozing. BIR VА KO’P АSОSLI KАRBОN KISLОTАLАR Tuzilishidа kаrbоksil guruhi bo’lgаn оrgаnik birikmаlаrgа kаrbоn kislоtаlаr dеyilаdi. Kаrbоksil guruhining sоnigа qаrаb ulаr bir vа ko’p аsоsli kislоtаlаrgа bo’linаdilаr. Kаrbоksil guruhi to’yingаn uglеvоdоrоd qоldig’i bilаn bоg’lаngаn bo’lsа to’yingаn kislоtаlаr, аgаr kаrbоksil guruhi to’yinmаgаn uglеvоdоrоd qоldig’i bilаn bоg’lаngаn bo’lsа to’yinmаgаn kislоtаlаr dеyilаdi. Agar kаrboksil gruppa bilan bog‘langan qoldiq benzol halqasining qoldig‘i bilan bog‘langan bo‘lsa, bular aromatik kislotalar deyiladi. Karbon kislotalar va ularning xosilalari sirt aktiv moddalar, polimerlar (lavsan), gerbitsidlar va boshqalar olishda keng qo‘llaniladi. Karbon kislotalar spirtlar bilan efir hosil qilish (eterifikasiya) reaksiyasiga kirishadi. Bu reaksiya qaytar jarayon bo’lib, muvozanat kislota katalizatorligida o’ngga, ishqor ishtirokida esa chapga siljiydi. Tajribada etrifikatsiya reaksiyasini ko‘rib chiqamiz. 17- tajriba. Sirka kislota izoamil efirini hosil qilish Laboratoriya ishidan maqsad: Ushbu laboratoriya ishida talabalar, karbon kislotalar mavzusidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun laboratoriya sharoitida sirka kislotasining izoamil spirti bilan etrifikatsiya reaksiyasini tajriba orqali ko‘radilar va shu amaliy ish davomida o‘zlarining bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishiradilar. Kerakli reaktivlar: Konsentrlangan sirka kislota, izoamil spirti konsentrlangan sulfat kislota, Jihozlar: suv hammomi, probirkalar. Ishni bajarish tartibi: Probirkaga 2 ml izoamil spirt, 2ml konsentrlangan sirka kislota va 0,5 ml konsentrlangan sulfat kislota soling. Aralashmani yaxshilab aralashtiring va qaynab turgan suv hammomida 5-10 minut isiting, shundan so‘ng uni suv solingan probirkaga quying. Efir suyuqlik sirtiga qalqib chiqadi. Undan ananas hidi keladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling