Tajribalarda ishlatiladigan moddalarning fizik – kimyoviy harakteristkalari
Labaratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va malumotnomalar fanni chuqur o‘zlashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Albatta labaratoriyani o‘quv zaliga aylantirmasdan, zarur vaqtlarda adabiyotlardan foydalanish kerak. Bu unga mavzuga oid nazariy va amaliy bilimlarni bajarish hamda uning moxiyatiga to‘la tushinib yetishga yordam beradi. Labaratoriya ishiga tayyorgarlik ko‘rishda turli konstanta va moddalarning fizik xossalari, xidi va zaharli-zaharli emasligini bilib olish maqsadga muoviqdir. Mana shu tayyorgarlikdan so‘ng labaratoriya ishini bajarishga kirishmoq darkor. Yuqoridagilarni inobatga olib labaratoriya ishlarini bajarishda ko‘p qo‘llaniladigan moddalarning fizik kimyoviy konstantalarini qisqa keltirishga harakat qilindi.
Etanol (Spirt)- С2Н5OН rangsiz tiniq suyuqlik, Ts -1120С, Tqay 78 0С, d420 0.7893 g/sm3, yondirilganda och alanga berib yonadi, suv , efir, xloroformda cheksiz eriydi. Sintetik kauchik, etil efir, lak-bo‘yoq sanoatida, farmatsevtika sanoatida ishlatiladi. 100% toza etil spirt absolyut spirt deb ataladi.
Toluol (metilbenzol) С6Н5-СН3 rangsiz tiniq suyuqlik, Ts-950С, Tqay -110.6 0С, d420 0.866 g/sm3 , dud chiqarib yonadi, bug‘i nerv sistemasini zaharlaydi, suvda erimaydi, spirt va efirda yaxshi eriydi.
X lorid kislota HCI rangsiz gaz, bo‘g‘uvchi, xavodan 1.25 marta og‘ir, 1 l suvda 150С da 454.6 l eriydi, suvdagi eritmasi xlorid kislotadir. Quruq xlorid kislotada kislotalik xossalari bo‘lmaydi, metallarga ta'sir etmaydi, elektr tokini o‘tkazmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |